Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192
Bog'liq
-qullanma

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


86 
14. SURILISHLAR. NURASH JARAYONI. SHAMOLNING 
GEOLOGIK ISHI. EOL YOTQIZIQLAR. KARSTLANISH HODISASI. 
14.1. Surilishlar 
Tog’ jinslari massalarining suv o’tkazmaydigan qatlamining o’z og’irligi 
kuchi ta’sirida surilishlari ro’y beradi. Surilishlar uchun ko’chayotgan tog’
massasini aylanmasligi va ag’darilmasligi xarakterlidir. Ko’chayotgan tog’ 
massasining ko’pchilik nuqtalari traektoriyalari, surilish yuzalari yo’liga mos 
keladi. 
Surilish hodisasi geologik jarayon bo’lib, tog’ jinslarining mustahkamligi 
buzilishi va tabiiy omillar oqibatida o’z muvozanat turg’unligini yo’qotishi 
oqibatida ro’y beradi. Surilish hodisalari yer sharining hamma joyida tarqalgan 
bo’lib, xalq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi, unga qarshi kurash tadbirlari ko’p 
mablag’ talab etadi. 
Surilish natijasida tog’ yon bag’irliklari, dengiz va dar’yo qirg’oqlari, soy 
bo’ylari hamda ochiq usul bilan kavlanayotgan konlarning chetlari buziladi, yer 
rel’efi o’zgaradi, tekis qiyaliklar o’rniga tik yonbag’irliklar vujudga keladi.
Surilishlar hajmi, hosil bo’lish sharoiti harakat tezligiga qarab turlicha
bo’ladi. Ba’zan surilayotgan ko’chki shunday tezlikda harakat qiladiki, undan 
odamlar saqlanib kolaolmaydilar. Masalan; Ohangaron vodiysidagi 1991 yili sodir 
bo’lgan surilish natijasida ko’plab odamlar tuproq ostida qolib ketdilar. 
O’zbekistonning kon sanoati rivojlangan Ohangaron, Olmaliq, Oltintopkan 
tumanlarida, Yuqori Chirchiq tumanidagi Xumson, Bog’iston, Xo’jakent, 
Chibortog’a va boshqa qishloqlarda, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining 
tog’li tumanlarida ham kuchli surilishlar ruy berib kelmoqda. Surilish har - xil 
morfologik tuzilishga va dinamik harakatga ega. Surilish morfologiyasi deganda 
ularning ichki va tashqi tuzilishini tushunamiz. Surilishga uchragan yon 
bag’irliklar tashqi va ichki qiyofasining tuzilishi turlicha bo’lib, u yon 
bag’irliklarning geologik va geomorfologik tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Surilib, 
ko’chib tushayotgan jinsning hajmi har - xil bo’lib, bir necha kub metrdan, bir 
necha million kubmetrgacha yetadi. 


87 
Surilishning yuzasi, surilish uyimi, surilish bazisi, surilish terrassasi, 
(supachasi), uzilish devori, surilish tanasi, surilish tili deb ataluvchi elementlari 
bo’ladi. 
• Surilish yuzasi yoki surilish chizigi deb, surilayotgan massaning ma’lum
bir yuza buyicha harakat traektoriyasiga aytiladi (14.1- rasm). 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling