Muhandislik geologik tadqiqotlar


 Tektonika. Yerning tuzilishida tektonik hodisalar o’rni


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   192
Bog'liq
-qullanma

12.1. Tektonika. Yerning tuzilishida tektonik hodisalar o’rni. 
Yerning ichki, (endogen) kuchi ta’sirida yer qobig’ida harakatlar ro’y 
beradi va buni tektonik harakat deb ataladi. Tektonik harakatlar tufayli yer 
qobig’i massasini ko’chishi kuzatilib, oqibatda yerning ayrim qismlari 
ko’tarilishi, pastga tushishi va ezilishi mumkin. Tektonik harakatlarni va ular bilan 
bog’liq bo’lgan yer qobig’ini deformatsiyasini o’rganuvchi geologiya bo’limi -
tektonika yoki geotektonika deb ataladi. Zamonaviy rel’efning asosiy negizlarini 
hosil etgan yangi tektonik jarayonlarni o’rganuvchi geotektonika bo’limi –
neotektonika yoki geotektonika deb ataladi. Ko’pchilik tadqiqotchilar fikricha 
neotektonik jarayonlari hosil bo’lishi sabablari - to’la o’rganilmagan. Taxminlarga 
ko’ra - tektonik harakatlarga ichki issiqlik to’plamidan hosil bo’ladigan 
zo’riqishlar sabab bo’lishi mumkin. Yer qobig’idagi deformatsiyalar va tektonik 
harakatlarga dengiz sathidan 7 - 8,9 km ko’tarilib turadigan baland tog’ tizmalari 
yoki okeandagi 6 - 11 km chuqurliklar, 4km balandlikdagi And tog’larida dengiz 
qoldiqlaridan tashkil topgan dengiz yotqiziqlari bo’lishi; baland dengiz va daryo 
terrasa (supachalari) misol bo’la oladi. Masalan; Qora dengiz, Kavkazoldi 


63 
sohillaridagi eng Qadimiy terrasa hozirda 900 m balandlikda joylashgan. Dengiz 
yotqiziqlarining tarqalish xarakteri, ularni ayrim maydonlarda to’planish vaqti - 
vaqti bilan ro’y berishi, dengizni bir necha marta quruqlikka kirib borishi va 
qaytishi bilan izohlash mumkin. Yer qobig’ining tektonik harakatlar bo’yicha 
siljuvchan va turg’un hududlar bo’lib, ular shunga mos ravishda geosinklinal va 
platformalar deyiladi.
Geosinklinallar - Yer qobig’ining 10 – 25 km qalinligidagi 
yotqiziqlarning geodinamik kuchlanishlarining katta o’zgarishi va yuqori 
harakatchanligi zonasini bildiradi. Hozirda geosinklinallar yer qobig’ining asosiy 
tektonik elementlariga kiradi. Dastlabki rivojlanishda geosinklinallar tubi egilgan
dengiz basseynlardan iborat bo’lgan va qalin cho’kindi tog’ jinslarini tashkil 
etgan. Vaqtlar o’tishi bilan endogen jarayonlarda tektonik kuchlar to’plangan, 
cho’kindi qatlamlar o’zga-rishga uchrab, bukilmali tog’ tizmalari Al’p, Karpat, 
Qrim, Kavkaz, Pomir va boshqa tog’lar hosil bo’lgan. Geosinklinalli hududlar 
uchun seysmik hodisalar (yer qimirlashlar) va vulqonlar bo’lishligi xosdir.

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling