Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Qumtoshlar (kvartsitlar) - qumlarning zichlanib, ko’rinishi o’zgargan 
jinsdir. U zich tuzilishli, kvartsli sement bilan sementlangan, qayta kristallangan 
kvartsdan iborat. Tashqi ko’rinishidan - oq, qizil, to’q olcha rang bo’ladi, zichligi - 
yuqori, 2700 kg/m
3
atrofida, suv shimuvchanligi 0,2% dan kichik, siqilishga 
bo’lgan mustahkamligi- 400 MPa gacha, qattiqligi 7 ga teng bo’lib, uzoqqa 
chidaydi.
Qumtoshlar tashqi yuzalarni puxta qoplamalash uchun, ko’priklarning 
fermalari ostida, chaqiqtosh o’rnida, shuningdek dinasli o’tga chidamli materiallar
sifatida ishlatiladi. 


58 
11. TOG’ JINSLARINING YOSHINI ANIQLASH 
Yer qobig’ini uzoq davom etgan geologik taraqqiyoti tarixini oydinlash-
tirishda tog’ jinslari , ularning yotish shakllari, tarkiblari va ulardagi organik 
hayotning qoldiqlari muhim rol’ uynaydi. Tog’ jinslarini to’la o’rganish orqali, yer 
qobig’ining geoxronologik shkalasi ishlab chiqilgan bo’lib, unda yer qobig’ining 
tarixiy taraqqiyoti jarayoni vaqtini va ketma - ketligini geologik yil hisobida 
ko’rsatilgan. Yer qobig’ining geoxronologiyasi Yerdagi organik hayot va yer 
qobig’ining ma’lum bir taraqqiyoti bosqichlari davrlari ketma - ketliklar 
yig’indisidan tuzilgandir. Geoxronologik bo’linish nisbiy va absolyut bo’ladi.
Nisbiy geoxronologiya - tog’ jinsi qatlamlarining eng oldin paydo 
bo’lganini aniqlash uchun qatlamlardagi o’simlik va xayvon qoldiqlarini topib, 
ularning birini ikkinchisiga taqqoslab ko’riladi. Eng oddiy xayvonlar va 
o’simliklar qoldigi bor pastki qatlam undan yuqorida yotuvchi qatlamga nisbatan 
keksa hisoblanadi. Qatlamlarning oldin yoki keyin hosil bo’lganligini - 
stratigrafiya deb ataladi.
Stratigrafiyada petrografikaviy va palentologik uslublar mavjuddir. 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling