Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Konlarni razvedkasi. Boshlang’ich va mufassal razvedka bo’ladi.
Boshlang’ich razvedkada quyidagi ishlarni bajarish lozim: 
- foydali qazilmani yotishini geologik sharoitlarini (yotish chuqurligi, ustini 
qalinligi, ya’ni foydali qatlamni qalinligi va formasi, foydali suvlarni xususiyatlari 
va x.k.) belgilanadi; 
- foydali qazilmani tarqalish chegaralarini aniqlash, ya’ni konni chegara-
lash, ekspluatatsiya (qazib olish) uchun eng yaroqli uchastkalarni ajratish; 
- kondagi materialni zaxirasini (miqdorini) hisoblash; 
- foydali qazilma materialini sifatini o’rganish; 
- konni ishlatish sharoitlarini va qurilish materialini transportirovka imko-
niyatlarini aniqlashtirish. 
Konni ishlab chiqarishni maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy taxlil 
asosida belgilanadi va ustki jinslarqalinligi (N) bilan foydali qazilma qatlamini 
qalinligi (h) nisbatidan aniqlandi. N/h nisbat geologik koeffitsient nomini olgan. 
Bu koeffitsient qiymatini kamayishi bilan konni qimmati oshib boradi. Iqtisodiy 
jihatdan 2:1 nisbat yaxshi, linzasimon konlar uchun 1:1 mumkin, agar faqat foydali 
qatlam 3-5 m dan katta bo’lmagan chuqurlikdayotgan bo’lsa (yer yuzidan). 


238 
Konni tarqalish chegaralari tog’ laxmlari (shurflar, burg’ilash quduqlari) 
yordamida belgilanadi, ular to’g’ri setka chiziqlari kesishgan nuqtalarda 
joylashtiriladi. Laxmlar orasidagi masofa ko’pincha 50-100 m va joyni 
sharoitlariga bog’liq. Qoyali jinslarni razvedkalashda mavjud ochiq joylarni 
o’rganish va chuqur bo’lmagan (2-5 m) shurflar qazish (ustki qatlam va elyuviy
qatlami qalinligi aniqlash uchun) bilan cheklanadi. Cho’kindi jinslarni 
razvedkalashda tog’ laxmlari chuqurligi foydali qazilmani to’liq qalinligigacha 
yoki qatlamni qazishga mo’ljallangan qismigacha o’tiladi. 
Razvedka tog’ laxmlari geologik kesimlar tuzishga imkon beradi, ular 
bo’yicha foydali qazilmani yotish tuzilishi, ustki va foydali qatlam qalinligini 
bilish, konni ishlatishda grunt suvlarini ta’siri haqidagi masalani yechish mumkin.
Foydali qazilmani sifatini razvedka laxmlari yordamida o’rganish uchun 
o’ziga xos namunalar olinadi. Laboratoriya sinovlari o’tkazilish uchun quyidagi 
miqdorda namna olish lozim: qum – 2-3 kg, graviy – 10-158 kg, tosh – 15-20 kg 
va x.k. 
Mufassal razvedka uchun texnik topshiriqni talablariga to’liq javob 
beradigan bitta yoki bir nechta uchastka tanlanadi. Bu razvedkaning asosiy 
vazifalari: zaxiralarni aniqlashtirish, qo’shimcha geologik va gidrogeologik 
ma’lumotlar to’plash va foydali qazilmani yaxshilab namunalash. 
Mufassal razvedkani o’tkazish jarayonida konni qazib olishni texnik 
sharoitlari aniqlanadi, qazib olishni uslubi belgilanadi, tog’ ishlarini o’tkazishga 
texnika aniqlanadi, foydali qazilmani qazib olishni texnologik sxemasi belgilanadi 
va x.k. 
Zaxiralar tasnifi va qurilish materiali miqdorini hisoblash. Zaxira deganda 
geologik tanani hajmi, tuzilishi, xususiyatlari, yotish sharoitlari va tog’ qazib 
olish ishlarini o’tkazishbo’yicha kompleks ma’lumotlar tushuniladi. Rossiyada 
foydali qazilmalarni zaxiralari A, V va C kategoriyalari bo’yicha tasniflanadi, ular 
o’z navbatida C
1
va C
2
ga bo’linadi. Har bir bo’limga (kategoriyaga) quyidagi 
mazmun beriladi:


239 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling