Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv o’tkazuvchanligi
- Kapillyarlik
Gillarning ivishi. Gilli jinslarning suvda har - xil zarralarga ajralib
ketishi hodisasi, gilning ivishi deb ataladi. Bu hodisa, gillar va gilli jinslar uchun xarakterlidir. Ivish tezligi va xarakteri, ularning mineralogik va granulometrik tarkibiga, zichligiga, tabiiy namlikdagi zarralar orasidagi yopishqoqligiga, suvning ximiyaviy tarkibiga bog’liq bo’ladi. Sof gillar suvda sekin iviydi. Suv omborlarini, kanallarni, ochiq shaxtalarni ishga tushirishda, tog’ jinslarini ivish darajasini aniqlab olish lozimdir. Yangi qurilgan, hali ishga tushmagan kanallarning qirg’oqlaridagi jinslar quruq bo’lsa, ularni namlab shibbalab, kanalga suv ochilguncha, qirg’oq jinslarining 154 namligi oshirilib, kritik namlikdan yuqori qilib turiladi. Shunday qilingach taqdirda, qirg’oqlarning ivishi va yemirilishi sekinroq tarzda ro’y beradi. Suv o’tkazuvchanligi. Tog’ jinsining o’zidan ma’lum miqdorda suvni o’tkazishi uning suv o’tkazuvchanligi deb ataladi. Gruntlarning bu xossasi, uning granulometrik tarkibiga, strukturasi, qalinligi va zichligiga bog’liqdir. Gruntning granulometrik tarkibidagi zarrachalari, shuningdek struktura elementlari qanchalik yirik va g’ovak bo’lsa, gruntning suv o’tkazuvchanligi shuncha yaxshi, va aksincha, gruntning zarrachalari mayda va strukturasi zich bo’lsa, suv o’tkazuvchanligi past bo’ladi. Kapillyarlik. Gruntning suvni kapillyar (mayda naychalar) yo’llari orqali qatlamlarning quyi qismidan, yuqori qismi ga ko’tarilishi - uning kapillyarligi (suvni ko’tarish) xossasi deyiladi. Kapillyarlik gruntning eng muhim xossalaridan biridir. Gruntning bu xossasi, ya’ni kapillyar yo’llardagi suv harakatining tezligi va balandligi gruntlarning granulometrik tarkibiga, strukturasi va qovushqoqligiga bog’liqdir. Suv o’tkazuvchanlik tog’ jinslari tarkibida quyidagi yo’nalishda kamayib boradi; shag’al qum qumloq tuproq soz tuproq gil. Gillardan tashkil topgan jinslarning suv o’tkazuvchanligi, uning boshlang’ich namligiga bog’liq bo’ladi. Quruq gilli jinslar avval suvni o’zidan yaxshi o’tkazadi, so’ngra suv o’tkazuvchanligi keskin kamayadi. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling