Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Аннотация В учебном пособии изложены общие сведения о геологии, приведены данные по минералам и горным породам, тектоническим явлениям, гидрогеологии. В соответствии с программой курса освещены вопросы инженерно-геологических изысканий для промышленногражданского строительства и прогнозирования изменения геологической среды. Особое место занимают вопросы изучения геологических и инженерно- геологических процессов и явлений. Аnnotation The textbook provides general information about geology, data on minerals and rocks, tectonic phenomena, and hydrogeology. In accordance with the course program, the issues of engineering and geological surveys for industrial civil construction and forecasting changes in the geological environment are highlighted. Special attention is paid to the study of geological and engineering- geological processes and phenomena. 4 K I R I SH Mustaqillikka erishib, yuksalish sari olg’a intilayotgan mamlakatimiz - O’zbekiston Respublikasining hududlarida biri - biridan chiroyli binolar, sanoat korxonalari, muhandislik inshootlari qad ko’tarmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotini o’stirishda chet el investitsiyalarini kirib kelishi sababli ko’plab binolar va sanoat inshootlari jahon andozalariga javob bera oladigan darajada qayta qurilmoqda. Tabiiyki inshootlarning mustahkamligi, chidamliligi, bino qurilayotgan maydonning geologik tuzilishiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Geologiya yunoncha so’z bo’lib, o’zbek tilida geo - yer, logos - fan ma’nolarini berib, yerning qattiq qatlamlari haqidagi fandir. Geologlar - yerning qattiq qismi bo’lgan litosferani tashkil etuvchi tog’ jinslarini o’rganish bilan bir qatorda, undagi bo’ladigan jarayonlarni tekshiradi. Geologiyadan olgan bilimlarimiz xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’l kelmoqda. Neft, gaz, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qidirib topib, qazib chiqarish shular jumlasidandir. Geologiya fanining rivojlanib borishi bilan, unda turli ilmiy yo’nalishlar mustaqil bo’lib, ajralib chiqa boshladi. Geologiya hozirgi taraqqiyot davrida quyidagi fanlar bilan uzviy bog’langandir. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling