Muhandislik geologik tadqiqotlar


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/192
Sana20.10.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1713802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Bog'liq
-qullanma

Muhandislik geologiyasi - fanning vazifasi qurilish maydonining
geologik sharoitini hisobga olib, inshootning chidamligi va mustahkamligini 
ta’minlashdir. Muhandislik geologiyasi fani quyidagi bo’limlarga bo’linadi: 
Gruntshunoslik - gruntlarning tarkibi va xossalarini o’rganadi; gruntlar 
mexanikasi - gruntlar mustahkamligi va bardoshligini o’rganadi; geologik - 
jarayonlarni 
o’rganuvchi 
maxsus 
muhandislik 
geologiyasi, 
muhandislik 
gidrogeologiyasi; muhandislik gidrodinamikasi - tabiiy geodinamik jarayonlar 
(surilishlar, jarliklar, sellar, eroziya, muzli gruntlarni o’rganish) shuningdek 
odamlarning ish faoliyatlari tufayli qurilishda hosil bo’ladigan jarayonlarni 
o’rganadi.
Muhandislik geologiyasi rivojlanishi XIX asr oxirida boshlanib, bu vaqtda 
ko’plab yirik muhandislik inshootlari qurilishi boshlangan edi. XX asrning 20 - 30 
yillariga kelib, muhandislik geologiyasi maxsus ilmiy yo’nalish bo’lib shakllandi. 



Muhandislik geologiyasi fanining rivojlanishida, murakkab tabiiy sharoitda 
bo’lgan, Volxov, Dnepr, Svir, Quybishev, Kaxov elektrostantsiyalarining,
Baltika - Belomor, Volga - Don kanallari, shuningdek Moskva, Leningrad, Kiev 
va Toshkent shahri tonnellarining qurilishi asos bo’lib xizmat qildi. Mazkur o’quv 
qo’llanmada geologik jarayonlarga muhim o’rin berilgan bo’lib, quruvchilar buni 
bilishlari kerak, chunki hozirgi sharoitlarda geologik jarayonlar shaharlarda, suv 
omborlari va qazilmagohli hududlarda faollashib bormoqda. Yer osti suvlari 
bosgan hududlar kengaymoqda, qirg’oqlarda surilishlar, o’pirilishlar ro’y 
bermoqda.
Neft va gaz sanoati yo’nalishi bo’yicha bitirgan bakalavrlar muhandislik
tarmoqlari inshootlari quriladigan maydonning geologik - litologik tuzilishini, 
gruntlarning turlarini, tarkibi, fizik - mexanik xususiyatlarini bilish bilan bir 
qatorda yer osti suvlari, ularning paydo bo’lishi, harakat qonuniyatlarini va ular 
bilan bog’liq bo’lgan geologik jarayonlar va hodisalar turlarini bilishi kerak. 
Bo’lajak neft va gaz sanoati mutaxassislari qurilish maydonining geologik 
sharoitlarini quriladigan inshoot mustahkamligi va chidamliliga ta’sirini taxlil qila 
olishi shartdir.




Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling