Muhandislik geologik tadqiqotlar
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
-qullanma
Abu Rayxon Beruniy (979-1048 yy). 11 aniqlash va tasniflashda Beruniy faqat ularning rangi va shaffofligidan emas, balki qattiqligi va solishtirma og’irligidan ham foydalangan. Beruniyning zamondoshi buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali ibn Sino ham geologiya fanining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan. Ibn Sinoning geologik dunyoqarashlari uning ilmiy qomusi «Ashshifo» (Qalbni davolash) nomli kitobining «Tabiat» degan bo’limida yoritilgan. 1445 yilda polyak olimi N.Kopernik «Osmon jismlarining aylanishi to’g’risida» nomli asarida Yer o’z o’qi atrofida va boshqa sayyoralar bilan birgalikda Quyosh atrofida aylanishini isbot etdi. Mirzo Ulug’bekning matematika va astronomiya fanlarining taraqqiyotiga qo’shgan hissasi beqiyosdir. U osmon jismlarining tarqalish qonuniyatini, harakatini va sonini aniqlash masalalarini to’g’ri talqin qilib bergan buyuk olimdir. Rus olimi M.V.Lomonosov geologiya faniga ulkan hissa qo’shgan. Uning «Yer qatlamlari haqida» nomli asari juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Uni Rossiya geologiyasining asoschisi deb bejiz ay- tishmagan. V.M.Severgin esa «Mineralogiya lug’ati» ni yaratgan. XVIII-asr oxirlarida ingliz geologi Vilyam Smit stratigrafiya va paleontologiya fanlariga asos solgan. Ingliz olimi Ch.Layel «Geologiya asoslari» nomli kapital asarini XIX- asrning 30 - yillarida yozgan. Unda aktualizm usuli yordamida o’tmishdagi geologik jarayonlarni qayta tiklash mumkinligini isbotlab bergan. SHuningdek, u fransuz olimi J.Kyuve fikriga (katastrofik ta’limot tashviqotchisi) qo’shilmasdan, geologik o’zgarishlar sekin kechadigan va uzoq davom etuvchi evolyusion jarayonlardan iborat deb hisoblagan. Jumladan, organik dunyoning taraqqiyoti shunday kechgan. Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling