Muhandislik qurilish infrastrukturasi
Download 356.5 Kb.
|
Saribaev Aydos geografiya.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston qo`shma korxonalar geografiyasi. Xalqaro turizm
O`zbekistonning xorijiy kompaniya va firmalar bilan hamkorligi, ularning hududimizda to`la faoliyat ko`rsatib ishlashiga kafolat berilganligi tashqi savdoga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shunday qilib, mamlakatimiz tashqi aloqasi, savdo geografiyasi juda kengayib bormoqda. O`zbekiston barcha qit`alarda joylashgan davlatlar bilan keng qamrovli savdo-sotiq aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdoda Yevropa-66,3, Osiyo-28,0, Amerika qit`asi-5,4, Afrika-0,1, Avstraliya va Okeaniya-0,2 foizni egallaydi. Keyingi yillarda O`zbekiston tashqi savdo aylanmasida MDH va xorijiy mamlakatlar hissasida birmuncha o`zgarishlar sodir bo`ldiShuni alohida ta`kidlash lozimki, MDH mamlakatlari orasida O`zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Rossiya, Qozog`iston va Ukraina hisoblanadi. 2004 yilda jami eksportning 14,9 foizi Rossiya, 3,8 foizi Qozog`iston, 2,3 foizi Ukraina hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, jami importda mazkur mamlakatlarning ulushi muvofiq ravishda 24,0; 6,3 va 4,5 foizni tashkil etdi. Uzoq xorij mamlakatlari orasida Buyuk Britaniya (7,9 %), Eron (6,9 %), Turkiya (4,1 %), va AQSH (3,1 %) mamlakatimiz eksportida sezilarli o`ringa ega bo`lsa, import tarkibida AQSH (10,3 %), Janubiy Koreya (9,2 %), Germaniya (7,1 %), Xitoy (7,0 %) yuqori salmoqqa ega.So`nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o`zgarishlar yuz berdi. Paxta tolasi mamlakat eksportida muhim o`rin tutsada, uning ulushi mustaqillik yillarida 2,6 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992 yilda 47,9 foizdan 2004 yilda 18,1 foizgacha). Istiqlol davrida eksport tarkibida yangi soha-xizmatlar paydo bo`ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2004 yilda 11,8 foizni tashkil etdi. Umuman, O`zbekistonning eksporti to`g`risida 8-chizmadan to`liq ma`lumot olish mumkin. Kelajakda O`zbekiston eksportining tovar tarkibini oziq-ovqatlar, mashina va asbob-uskunalar, shuningdek, boshqa tayyor mahsulotlar eksportini oshirish orqali mamlakat eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish mumkinO`zbekiston qo`shma korxonalar geografiyasi. Xalqaro turizmTashqi iqtisodiy aloqalar har tomonlama taraqqiy ettirishning muhim va samarali yo`llaridan biri xorijiy mamlakatlar bilan qator sohalarda qo`shma korxonalar qurishdir. Tashqi iqtisodiy munosabatlarning bu yo`nalishi jahonning ko`p mamlakatlarida keng tarqalgan. Qo`shma korxonalar tashkil etish va ularni samarali taraqqiyot yo`liga solish ishchi kuchlari ko`p bo`lgan davlatlar qatoriga kiruvchi mamlakatimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra O`zbekistonda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda Download 356.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling