Muhandislik qurilish infrastrukturasi


Download 356.5 Kb.
bet3/3
Sana22.02.2023
Hajmi356.5 Kb.
#1221961
1   2   3
Bog'liq
Saribaev Aydos geografiya.docx

O`zbekistonda qo`shma korxonalarni tashkil qilishda jahonning ko`pgina mamlakatlari ishtirok etmoqda. Ular orasida AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Hindiston, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlar yetakchi o`rinni egallab kelmoqda. Respublikada vujudga kelayotgan qo`shma korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. 1994 yilda bunday korxonalar soni 900 tani tashkil etgan bo`lsa, 2001 yilda 1958 ta, 2002 yilda 2087 ta, 2005 yilda 2627 taga yetdi. 1994 yilda xorijiy investitsiya hisobidagi korxonalar YAIMdagi ulushi 2,6 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilga kelib mazkur ko`rsatkich 15,1 foizga yetdi. Ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 1994 yilda 2 mln dollardan 2004 yilda 785,2 mln dollargacha, mamlakat jami eksportidagi ulushi 1,0 foizdan 16,2 foizgacha o`sdi. Bunday korxonalarning respublika importdagi ulushi esa 1994 yilda 6 foizdan 2004 yilda 30,5 foizgacha ko`paygan


.

Mustaqillik yillarida O`zbekiston hududida barpo etilgan qo`shma korxonalar orasida "O`zDEU avto ", "Zarafshon-Nyumont", "Kabul-O`zbek", "O`zBAT", "DEU Tekstil komponi" kabilar shuhrat qozongan. Mamlakat ma`muriy mintaqalari doirasida tahlil qiladigan bo`lsak, O`zbekistondagi qo`shma korxonalarning 68,5 foizi yoki 1800 tasi Toshkent shahriga to`g`ri keladi. Shuningdek, ularni soni Samarqand (125 ta) va poytaxt viloyatlarida (193 ta) ham nisbatan ko`p. Ayni vaqtda qo`shma korxonalar Sirdaryo (37 ta), Navoiy (36 ta), Xorazm (29 ta) va Jizzax (25 ta) viloyatlarida yetarlicha rivojlanmagan. Kelajakda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda uning har bir ma`muriy rayoni (viloyat, tuman) hamda turli mulk shaklidagi korxonalar ishtirokini ta`minlash vatanimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqning turmush sharoitini yaxshilashga ma`lum hissa bo`lib qo`shiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi. -T.: O`qituvchi, 1994. 2. Axmedov E.A. O`zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. –T., 2002. 3. Axmedov E.A., Boltayev M.J. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Ma`ruzalar matni. Toshkent, 2000. 4. Axmedov E.A. va va boshqalar. Mustaqil O`zbekiston. T., 2001.


Download 356.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling