Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi
Download 276.12 Kb.
|
KURS ISHI Makro MUNISA S
2.3- chizma . Norasmiy mehnat bilan bandlikni keltirib chiqaruvchi omillar
2.3-chizmaga asosan norasmiy mehnat bilan bandlik darajasiga iqtisodiy, huquqiy omillar bilan bir qatorda ijtimoiy-demografik omillar ham ta’sir qiladi. Aksariyat hollarda mehnat bozorida aholining huquqiy savodxonligi bo‘lmagan, o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli, o‘z kasbi va malakasi bo‘yicha iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan guruhlari norasmiy mehnat munosabatlariga kirishadilar. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni, 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son va 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ4804-son qarorlari yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan.Ushbu hujjatlar yashirin iqtisodiyot va norasmiy mehnat bilan bandlik faoliyatiga ma’muriy usullar, taqiqlash orqali bartaraf etishga emas, balki uning qonun doirasida iqtisodiy jihatdan afzal bo‘lgan institutsional muhit va sharoitlarni yaratish orqali shaffof faoliyat yuritishini nazarda tutadi.Yangi texnologiyalar elektron ro‘yxatga olish, integratsiyalashgan va avtomatlashgan holda xizmat ko‘rsatish sifatida inson omili, uning ishtirokini imkon darajada kamaytirib, iqtisodiy birliklarning transaksion xarajatlarini kamaytirishga, iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtirish imkonini beradi. XULOSA Mehnat bozori – ishchi kuchining «mehnatga boʻlgan qobiliyatini» sotish va sotib olish tizimi. Mehnat bozorining tarkibiy qismlari ishchi kuchiga talab, ishchi kuchining taklifi, qiymati va bahosi hamda uni yollashda raqobat hisoblanadi. Mehnat bozori asosiy vazifalarining bajarilishi talab va taklif oʻrtasidagi farqning kamayishiga va aholining ish bilan bandligi oshishiga olib keladi. Mehnat bozori shakllanishiga ishchi kuchining «mehnatga bo‘lgan qobiliyati» tovarga aylanishi, erkin taklifi, ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi, iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi, ko‘p mulkchilikning rivojlanishi kabi iqtisodiy, ijtimoiy na huquqiy shart sharoitlar bevosita ta’sir etadi. Mehnat bozori shakllanishida asosiy muammo bo‘lgan ishchi kuchiga talabning ortishi hamda uning taklifi kamayishi turli omillar, tamoyillar va cheklovchilar ta’sirida amalga oshiriladi.Aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va uning taklifi oʻrtasidagi muvozanatga erishishni bildiradi. Aholining ish bilan oqilona bandligiga ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishilgan, mulkchilikning turli shakllari rivojlangan, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlar yuzaga kelgan, yashash va mehnat qilish joylari erkin tanlangan, mahalliy kadrlar safarbarligining har qanday ma’muriy cheklanishlari bekor qilingan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ishga joylashish kafolatlari mavjud boʻlgan, eng kam ish haqi darajasini minimal iste’mol budjetigacha oshirishga muvaffaq boʻlingan va mehnat daromadlaridan soliqlar asta-sekin qisqartirilgan sharoitlardagina erishish mumkin. Aholining ish bilan ta’minlanishi davlat tomonidan turli iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy tadbirlarni amalga oshirish asosida tartibga solinadi. Mehnat bozori yaqin kelajakda rivojlanishining asosiy maqsadi – mehnat resurslari bilan koʻp ta’minlangan mintaqalarda ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish. Mehnat bozori rivojlanishi bosqichlarida qayd etilgan tadbirlarning amalga oshirilishi yaqin kelajakda ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishish, pirovardida, mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni keskin kamaytirishga olib keladi. Download 276.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling