Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi
Download 276.12 Kb.
|
KURS ISHI Makro MUNISA S
Mehnat kodeksi ham ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida qayta ishlandi va turli muhokamalardan o‘tib, 2021 yilda qabul qilinishi belgilangan. Unda mehnat munosabatlarini tartibga solishning zamonaviy usullari, ish beruvchi va yollangan xodim o‘rtasida, ijtimoiy sherikchilik, yakka tartibdagi mehnat munosabatlar va boshqa masalalar o‘z yechimini topgan. 1995 yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining prezidenti 28 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi [O‘RQ-798 sonli] qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmatixabar bermoqda.Kodeks mart oyida senatorlar tomonidan ma’qullangan edi. O‘shanda senatorlar 1995 yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligini ta’kidlagandi. Yangi tahrirda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari etibb quyidagilar belgilandi: mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash; mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash; mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik; mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi; xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Xususan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi. Shuningdek, davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi. Mazkur toifaga quyidagilar kiradi: -14 yoshga to‘lmagan bolalari, nogironligi bo‘lgan bolalari bor yolg‘iz otaona, shuningdek ko‘p bolali oilalardagi ota-onalar; -umumiyo‘rtavao‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega bo‘lgan yoshlar; -«Mehribonlik» uylariningbitiruvchilari, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari; -Mudofaa, Ichkiishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, -Davlatxavfsizlikxizmatiqo‘shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar; -nogironligi bo‘lganshaxslar; -pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga qadar ikki yil oldin); -jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar yoki sudning qaroriga ko‘ra o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar; -odam savdosidan jabrlanganlar. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.Qonun kuchga kirishi bilan uning avvalgi talqini o‘z kuchini yo‘qotadi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi passiv choralardan (ishsizlik nafaqalarini to‘lash) faol bandlik siyosatiga o‘tmoqda (ayniqsa, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar) va ishsizlarni kasbga, tadbirkorlikka o‘qitish, mikrokreditlar va subsidiyalar ajratish orqali ularning ish bilan bandligiga ko‘mak berishni keng yo‘lga qo‘ydi. Ilk bor mamlakatimizda norasmiy mehnat bilan bandlik va yashirin iqtisodiyot muammolari ochiq muhokama qila boshlandi va davlatimiz tomonidan uning ko‘lamini kamaytirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar qabul qilindi. Aholining norasmiy mehnat bilan bandligi hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud bo‘lib, u nafaqat salbiy balki ba’zi muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Download 276.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling