Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi
Download 276.12 Kb.
|
KURS ISHI Makro MUNISA S
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................42
KIRISHI-BOB. MEHNAT BOZORIDA TALAB VA TAKLIF MVOZANATINING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorini vujudga kelishi sabablari va ahamiyati Hozirgi vaqtda oʻtish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri – mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, hammadan avval ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Mehnat bozori — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi.Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi.Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin.Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi.Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir .Mehnat bozorining boshqa muhim nazariy qoidasi – uni oʻzoʻzini hududiy ifodalash haqidagi tasavvuri. Xodim hatto yollanganda ham, oʻzining “mehnatga qobiliyatlari”ni qayta ishlab chiqarishga ehtiyojini boshidan doimiykechiraborib, bozor bilan aloqasin uzmaydi. Keyingi yillarda mehnat bozori haqida aniqroq tushunchalar paydo boʻldi. Ba’zi tadqiqotchilar mehnat bozorini ish haqi daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va ishchi kuchi taklifini oʻzini oʻzi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar . Mehnat bozori – mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band boʻlgan va band boʻlmagan qismlari va ish beruvchilar oʻrtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish – sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, koʻp aspektli, oʻsuvchi va ochiq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. Mehnat bozori, bozor tizimining ajralmas qismi sifatida faqat tovar ishlab chiqarish va muomalasi umumiy hukmron boʻlgandagina vujudga keladi. Ishchi kuchi «mehnatga qobiliyati»ning tovarga aylanishi mehnat bozori shakllanishining bosh sharti hisoblanadi. «Mehnat bozori boʻlmasa, ishchi kuchi tovarga ayantirilmasa, bozor munosabatlari toʻg‘risidagi gap-soʻzlar og‘izda qolib ketadi». Ishchi kuchi tovarga shunday holda aylanadiki, agap uning egasi – xodim – ishlab chiqarish vositalari va turmush kechirish vositalaridan yuridik erkin shaxs boʻlsa. Shaxsning fuqarolik erkinligi xodimga mehnatni qoʻllash sohasi, undan foydalanish sharoitlari va ish haqini erkin tanlash huquqini rasmiy beradi. Download 276.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling