Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi


Download 276.12 Kb.
bet5/14
Sana05.02.2023
Hajmi276.12 Kb.
#1168460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KURS ISHI Makro MUNISA S

1.2. Mehnat bozorida talab va taklif


Talab va taklif - bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir.
Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi, barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi
Ishchi kuchi bozori – bu xo’jalik faoliyati jarayonida ishchi kuchi tovari egalari va uning asosiy istе’molchilari – davlat korxonalari, tashkilotlari va turli xil tadbirkorlar o’rtasidagi oldi-sotdi munosabatlaridir. U mеhnat sharoitlari va unga haq to’lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intеnsivligi va mas’uliyat darajasi bo’yicha tarkib topuvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning Murakkab tizimni namoyon etadi.
Har qanday bozor singari ishchi kuchi bozorida ham ikki qarama-qarshi tomon talab va taklifning o’zaro ta’siri amal qiladi. Ishchi kuchi talabi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish bеruvchilar tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab. Odatda ish bеruvchilar bo’lib davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.
Ishchi kuchi taklifi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida ishga yollanishga tayyor bo’lgan mеhnatga layoqatli ishchi kuchi miqdori.Ishchi kuchi taklifi mеhnat qilish yoshidagi turli kasb va mutaxassislikka ega bo’lgan kishilarning ishlashga bo’lgan layoqatini namoyon etadi.
Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq xoʻjaligi tarmoqlarida yanglish joylarini yaratish, mehnat qoʻllaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar koʻrsatish va shaxsiy mehnat faoliyati koʻlamini kengaytirish, kichik va oʻrta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda, ishchi kuchi taklifini pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi: shaxsiy yordamchi xo‘jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o‘z-o‘zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflatsiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning raqobatbardoshligi, safarbarligi va malakasini oshirish va boshqalar.
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga koʻmaklashadi. Bundan tashqari, mazkurhududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar, xususan, kadrlarning malakasi va safarbarligi darajasining pastligi, mehnat resurslari soni oʻsish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xoʻjaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etish hollarining koʻpayishi, mehnatni qoʻllash mintaqalarining yetishmasligi va boshqalar mavjud. Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur boʻlgan mablag‘lar jamg‘armasi, yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxoʻrlar va bolali ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati boʻlgan shaxslarni 25 mablag‘lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xoʻjaligida va yollanmasdan «uy mehnati»da band boʻlganlarning soni; qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va h.k.lar.
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining oʻzgarishi bilan aniqlanadi: mavjud boʻlgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar; mulkchilik shakllarining turlitumanligi; korxonalar va tashkilotlarning toʻlovga qodir emasligi (bankrotligi) va h.k.lar.
Mehnat talabi va taklifi egri chiziqlari iqtisodiyotni o’rganishda muhim tushunchadir. Ishchi kuchiga nisbatan taklif bozorda mavjud ishchilar soni, mehnatga nisbatan talab esa ma’lum bir kompaniya, sanoat yoki butun iqtisodiyot ishga olmoqchi bo‘lgan ishchilar sonidir. Xodimlar taklif, ish beruvchilar esa talabdir.
Mehnat taklifi egri chizig’I va mehnat talabi egri chizig’I turli ish haqi bo’yicha mehnat bozoridagi talab va taklifning grafik ko’rinishidir. Ushbu ikki egri chiziqni va ularning bir-biri bilan o’zaro ta’sirini tushunish mehnat bozorini yoki ishchi kuchiga talab va taklifni tushunish uchun juda muhimdir. Ushbu kurs ishida batafsilroq muhokama qilinadigan turli omillar mehnat talabi va taklifining ko’payishi yoki kamayishiga olib keladi, natijada grafikdagi egri chiziqlar siljiydi.
Xodimlar va iste’molchilarning afzalliklari mehnat bozorining ikkala tomoniga ham ta’sir qilishi mumkin. Masalan, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovarga bo’lgan afzalliklar kamaysa, tovarga bo’lgan talab kamayadi va bu tovarni ishlab chiqaruvchi kompaniya ichida ishchi kuchiga talab kamayadi. Agar xodimlar ish vaqtidan ko’ra bo’sh vaqtni afzal ko’rishni boshlasa, ular bir xil ish haqi evaziga kamroq soat ishlashga tayyor bo’ladilar, bu esa ishchi kuchi taklifining pasayishiga va ishchi kuchi taklifi egri chizig’ining chapga siljishiga olib keladi. Ushbu rasimda buni ko’rishimiz mumkin .Mehnatga talab va taklif egri chizig’ini 1.2-chizmada ko’rishimizmumkin .


Download 276.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling