Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi
- jadval .Mehnat bozorini hududlar kesimidagi tahlili (2021-yil uchun)
Download 276.12 Kb.
|
KURS ISHI Makro MUNISA S
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Mehnat bozorini muvozanatini taminlash
2.1- jadval .Mehnat bozorini hududlar kesimidagi tahlili (2021-yil uchun)
Mehnat bozorida yuz bergan muhim o‘zgarishlar qatorida 2020 yilda 644 ming so‘mni tashkil etadigan ishsizlik nafaqasini ikki barobarga oshirilishini ta’kidlash lozim. 2.1 jadvalda mehnat bozorini 2021- yildaagi hududlar kesimida statestik tahlilini korishimiz mumkin . 2021- yilda mehnat resurslari soni ham sezilarli darajada oshganini ko’rishimiz mumkin. 1- o’rinda Samarqand viloyati turganini ko’rishimiz mumkin. Mehnat bozoridagi holat turli omillarga bog‘liq va avvalambor doim milliy iqtisodiyot va inson resurslarining raqobatbardosh bo‘lishligini, xususiy mulkning daxlsizligini himoya qiladigan, tarkibiy o‘zgarishlarni qat’iy qo‘llab–quvvatlaydigan, sifatli ta’lim, soliq va ijtimoiy ta’minotning samarali tizimini taklif qiluvchi institutsional muhitni yaratishni taqozo etadi. Davlatning makroiqtisodiy siyosati ish o‘rinlarini va qulay biznes muhitini yaratish, soliq va pensiya tizimining rag‘batlantiruvchi, jozibador shaklini yaratish, yalpi talabni, samarali investitsiyalarni va tarkibiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, erkin raqobat va mehnat bozorida bandlik siyosatining faol tadbirlar turi va ko‘lamini kengaytirishga qaratilishi lozim. 2.2. Mehnat bozorini muvozanatini taminlash Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarini hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo‘yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar markaziy o‘rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda. O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat kodeksi», Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. XMT Konvensiyasining 54-bandida ta’kidlanganidek, «Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirkor, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkilot oʻrtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish; d) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarini bildiradi». Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qoʻllanishining eng muhim afzalligi shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo‘ladi, ularni na qonunchilik, na sud va na ma’muriy usullarga qiyoslab boʻlmaydi. Mehnat bozorini muvozanatini taminlashning asosiy shartlaridan biri bu – aholi bandligini taminlash. Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va koʻrsatkichlari. Oqilona bandlik shakllanishining barcha demografik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi asosiy mezonlarda oʻz aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasida bozor muvozanatiga erishish; ish joylarini koʻpaytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; mehnat unumdorligining oʻsishini ta’minlash; aholining mehnat daromadlarini koʻpaytirish; ishsizlikni kamaytirish va boshqalar. Mazkur mezonlar quyidagi koʻrsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va yangi yaratilgan joylarning soni; bajarilgan ish vaqtining miqdori; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIMning hajmi; mahalliy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni; aholining migratsion oqimi; mehnatning fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining miqdori; qishloq xoʻjaligi har bir xodimini yer yuklanmasi; oʻrtacha yillik ish haqi; aholining uy-joy bilan ta’minlanishi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; asosiy fondlardan foydalanishning smenali koeffitsiyenti; ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlmagan shaxslar va ishsizlar soni hamda ularning nafaqa miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli xil shakllari va mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va h.k.lar. Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ularning koʻrsatkichlaridan mehnatga layoqatli aholining oqilona bandligini shakllantirishni tartibga solish mexanizmlarini, tegishli maqsadli kompleks dasturini va ekonometrik modellarni hamda kompleks tahlili va istiqbolini belgilashning metodologik asoslarini yaratishda va ularni tatbiq etishda foydalanish mumkin. Shuni aytish joizki mamlakatimizd amehnat resurslari iqtisodiy faol va band axoli soni yildan yilga oshdi deya olamiz ayniqsa mustaqillik yillaridan so’ng. ( 2.1-chizma ) Download 276.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling