Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi
-chizma . O’zbekiston Respublikasida jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari uzgarishi
Download 276.12 Kb.
|
KURS ISHI Makro MUNISA S
2.1-chizma . O’zbekiston Respublikasida jami aholi soniga nisbatan mexnat resurslari uzgarishi
Iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi boʻlgan bozorni boshqarish (tartibga solish) siyosati uch asosiy maqsadga erishishni nazarda tutadi Tarkibiy qayta qurishnin rag‘batlantirish va boʻshab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish; ishsizlarni mehnat jarayoniga tezlik bilan jalb qilish; ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’min etish. Mehnat taklifini rag‘batlantirish, mehnatga boʻlgan talabni rag‘batlantirish, talab va taklifni muvofiqlashtirish chora-tadbirlari (axborot, maslahat xizmati koʻrsatish, kasbiy sohada maslahatlar berish, aholinnng kamroq raqobatbardosh guruhlari uchun bandlik dasturlarini ishlab chiqish va hokazolar). Bu shuni anglatadiki boshqa boblarda aytganimizdik mehnatga bulgan talab taklifdan oshib ketsa taqchillik buladi dedik agar mehnatga bulgan talab va taklif teng bulsa mehnat bozorida muvozanatga erishamiz. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnat bozorini boshqarishda bir qator yoʻnalishlar mavjud boʻlib, ular aholi bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu xizmatning asosiy vazifasi mehnat bozori haqidagi axborotni tarqatish hisobiga mehnat bozorining faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishdan iborat. O‘zbekistonda davlat banddik xizmati 1991-yilda tashkil etilgan edi. Respublika aholi bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillari xalqaro amaliyotga muvofiq keladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholi bandligi xizmati mintaqalarda (viloyatlar, shahar va tumanlarda) ishlab turibdi. Aholining bandligiga koʻmaklashish bilan bog‘liq xizmatlar bandlik xizmati organlari tomonidan bepul koʻrsatiladi.Bozor munosabatlarining rivojlanishi bandlikning nodavlat xususiy xarakterdagi tuzilmalari ham tashkil etilishiga imkon bermoqda. Bular xodimni tanlash boʻyicha tijorat agentliklari, oʻquv yurtlari huzuridagi muassasalar, diniy idoralar huzuridagi va hokazo muassasalardir. Tajribalarning koʻsatishicha, bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bozorining toʻla ma’noda tartibga soluvchi ta’sirchan vositasi boʻlib qolishi mumkin. Bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bozori haqidagi, uning ahvoli va istiqboli toʻg‘risidagi axborotlarni toʻplaydi. Bozor tuzilmasi sifatidagi mehnat birjasi xilma-xil vazifalarni bajaradi.Aholi bandligini nodavlat darajasida tashkil etish sohasidagi tijorat tuzilmalarining boshqa shakllari ham mavjud. Aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va uning taklifi oʻrtasidagi muvozanatga erishishni bildiradi. Aholining ish bilan oqilona bandligiga ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishilgan, mulkchilikning turli shakllari rivojlangan, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlar yuzaga kelgan, yashash va mehnat qilish joylari erkin tanlangan, mahalliy kadrlar safarbarligining har qanday ma’muriy cheklanishlari bekor qilingan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ishga joylashish kafolatlari mavjud boʻlgan, eng kam ish haqi darajasini minimal iste’mol budjetigacha oshirishga muvaffaq boʻlingan va mehnat daromadlaridan soliqlar asta-sekin qisqartirilgan sharoitlardagina erishish mumkin. Aholining ish bilan ta’minlanishi davlat tomonidan turli iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy tadbirlarni amalga oshirish asosida tartibga solinadi. Aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishishni bildiradi. Bunday holda ishsizlikning yoʻl qoʻyilishi mumkin (tabiiy) darajasi vujudga keladi. Bunday muvozanat ish beruvchilar va «mehnat qobiliyati» kishilarining iqtisodiy manfaatlari eng muqobil darajada amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bunda ishchi kuchiga kasb-malakali tayyorgarligi boʻyicha mos narxlar belgilanadi. Xuddi shular tufayli, aholining oqilona bandligi ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi kuchining qiymati asosida “mehnat qilish qobiliyati”ni bozorda sotish uchun taklif qilganlarning turmush darajasi shakllanishi ham ta’minlanadi. Yuqorida taklif etilgan tushuncha nuqtayi nazaridan qaraganda respublikamizda aholining oqilona bandligini shakllantirishga hali toʻla erishilgani yoʻq. Bunga quyidagilar asosiy toʻsiq boʻlmoqda: davlat mulkini xususiylashtirish samaradorligining past darajasi; iqtisodiyotda tubdan tarkibiy islohotlar va ishlovchilar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ozod boʻlishining sekinligi; mehnat haqi uning yakuniy natijalaridan uzilib qolishi; ish joylarining past sifatli moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlanishi; mehnatga qobiliyatli oʻsmirlar, koʻp bolalik ayollar, pensionerlar va nogironlar faoliyatining yetarlicha rag‘batlantirilmaganligi; ishchi kuchi taklifini unga boʻlgan talabga nisbatan koʻproq oʻsayotganligi; boʻsh ish joylari haqida ishonchli axborotlarning kamligi va mehnat bozorini samarali tartibga solish mexanizmining takomillashmaganligi. Ular orasida davlat mulkini xususiylashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini tarkibiy isloh qilish yetakchi oʻrin egallaydi. Bu jarayonlarni amalga oshirish koʻproq rasmiy xarakterga ega boʻlib qolmoqda. Vaholanki, ijara, hissadorlik, shirkat, xususiy va qoʻshma korxonalarni tashkil qilish aholining oqilona bandligi shakllanishiga ijobiy ta’sir qilib, ishchi kuchiga talabning oshishiga va uning taklifi kamayishiga olib kelishi mumkin. Ammo respublikamizning ayrim joylarida ishchi kuchiga talabning kamayshi va uning taklifi oshishi kuzatilmoqda. Noqishloq xoʻjaligida ish joylari soni yetarli emasligi va ishlovchilarning kasbiy bilimlari pastligi respublikaning barcha hududlarida mavjud 41 boʻlgan ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nomutanosiblik ishsizlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Masalan, Samarqand viloyatida ishchi kuchiga talab uning taklifiga koʻra 2 marta kam va ishsizlik darajasi respublikaning oʻrtacha koʻrsatkichidan 1,8 marta kata. O‘zbekistonda davlat bandLik xizmati 1991-yilda tashkil etilgan edi. Respublika aholi bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillari xalqaro amaliyotga muvofiq keladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholi bandligi xizmati mintaqalarda (viloyatlar, shahar va tumanlarda) ishlab turibdi. Aholining bandligiga koʻmaklashish bilan bog‘liq xizmatlar bandlik xizmati organlari tomonidan bepul koʻrsatiladi.Bozor munosabatlarining rivojlanishi bandlikning nodavlat xususiy xarakterdagi tuzilmalari ham tashkil etilishiga imkon bermoqda. Bular xodimni tanlash boʻyicha tijorat agentliklari, oʻquv yurtlari huzuridagi 50 muassasalar, diniy idoralar huzuridagi va hokazo muassasalardir. Tajribalarning koʻsatishicha, bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bozorining toʻla ma’noda tartibga soluvchi ta’sirchan vositasi boʻlib qolishi mumkin. Bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bozori haqidagi, uning ahvoli va istiqboli toʻg‘risidagi axborotlarni toʻplaydi. Bozor tuzilmasi sifatidagi mehnat birjasi xilma-xil vazifalarni bajaradi.Aholi bandligini nodavlat darajasida tashkil etish sohasidagi tijorat tuzilmalarining boshqa shakllari ham mavjud. Download 276.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling