Muhandislik texnologiyalari” fakulteti “sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi


II-BOB MEHNAT BOZORINI TARTIBGA SOLISH 2.1. O’zbekiston mehnat bozorini tahlili


Download 276.12 Kb.
bet7/14
Sana05.02.2023
Hajmi276.12 Kb.
#1168460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
KURS ISHI Makro MUNISA S

II-BOB MEHNAT BOZORINI TARTIBGA SOLISH 2.1. O’zbekiston mehnat bozorini tahlili
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikva mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflari ma'qullandi vazirlik tarkibidagi “Mehnat.uz” Axborot-kompyuter markazi mas'uliyati cheklangan jamiyati “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” markazi etib qayta tashkil etildi, uning asosiy vazifalari sifatida:ishsizlikni kamaytirish, mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish, norasmiy band bo‘lganlarni rasmiy mehnat munosabatlariga jalb etish, ishsizlarni, ayniqsa yoshlar va ayollarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni tashabbus qilish;mehnat sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, loyihalarni amalga oshirish uchun, bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari va boshqa idoralar va tashkilotlar vakillaridan iborat ekspert guruhlari tuzish; loyihalarning pasportlarini ishlab chiqish va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay'atiga kelishish uchun kiritish, loyihalarning rejalashtirilgan natijalariga erishish yuzasidan monitoring yuritish; mehnat va aholini ish bilan ta'minlash masalalari bo‘yicha axborot-рma'lumotnoma tizimlari va interaktiv xizmatlarni rivojlantirish, Bandlik va mehnat munosabatlar sohasida yagona axborot texnologiyalari siyosatini olib borish belgilangan edi.
Birlashgan Arab Amirliklarining Mehnat resurslari vazirligi huzuridagi “TWA-FOOK” markazlari tajribasi asosida mehnat munosabatlari sohasidagi ishchilar va ish beruvchilarning murojaat va shikoyatlarni “bir darcha” tamoyili asosida tezkor ko‘rib chiqish va davlat mehnat inspeksiyasi vakolatlari doirasida hal qilish tizimini yaratish; mehnat munosabatlari sohasidagi har bir murojaat va shikoyatni ko‘pi bilan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqish, shundan 2 kun - mehnat nizolarining ish beruvchi va ishlovchi o‘rtasida o‘zaro hal qilinishini rag‘batlantirish (mediatsiya qilish), nizolar hal qilinmagan taqdirda keyingi 2 kunda davlat mehnat inspektori vakolati doirasida huquqiy maslahat berish, masala yechilmagan taqdirda 5-chi kuni mehnat qonunchiligi doirasida tegishli chora ko‘rish yoki materiallarni sud organlariga kiritish; lozim bo‘lgan hollarda mehnat munosabatlari sohasidagi murojaat va shikoyatlarni hal qilish jarayoniga kasaba uyushmalari va ish beruvchilarning uyushma tashkilotlari vakillarini jalb etish.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish ofisi” va “Mehnat ” markazlarining ta'mirlash va saqlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilanadi.
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida joriy yil uchun O‘zbekiston mehnat bozorining holati to‘g‘risida ma’lumot berilgan edi.Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 14,9 million iqtisodiy faol aholi mavjud. Ularning 13,6 million nafari ish bilan ta’minlangan. Ishsizlar faqat 1,3 million nafarni yoki umumiy aholi sonining 8,9 foizni tashkil etadi. Bu 2018 yilga nisbatan 0,4 foiz kam degani. Rasmiy sektorda aholi bandligi 2018 yil yakunlariga ko‘ra birinchi marta 5,7 foizga oshdi: o‘tgan 10 oyda respublikada 300 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi, bu esa 119,7 foizga prognoz bajarilganini ko‘rsatgan edi.
O‘zbekistonda 2020 yilda norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi 2001 yilganisbatan 52,6 foizga oshgan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlik 3,3 foizga kamaygan.
Iqtisodiy faol aholining jami mehnat resurslariga nisbati 2001 yilda 71,6foiz va 2020 yilda 77,3 foizni tashkil qilgan. Hisobot davrida respublikadan chet elda ishlash uchun ketganlar soni 8martaga, ishsizlik darajasi 42 martaga, iqtisodiy faol aholi esa 62 foizga oshgan .
Tadqiqot natijalari norasmiy mehnat bilan bandlikni butunlay bartaraf etib bo‘lmasligini, balki uni iqtisodiy xavfsizlik darajasida ushlab turish muhimligi hamda ushbu sohada davlatning samarali mexanizmlarini qo‘llash lozimligini ko‘rsatmoqda .

Download 276.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling