Muhandislik texnologiyalari
Tavakkalchilikni kamaytirishni asosiy usullari quyidagilardan iborat
Download 68.34 Kb.
|
nooooo111
Tavakkalchilikni kamaytirishni asosiy usullari quyidagilardan iborat:
- loyihani ishlab chiqilishi jarayoniga yuqori mavqeli sheriklar, konsultantlar va kompaniyalarni jalb etilishi; - loyihadan oldin yuzaga keluvchi muammolarni chuqur ishlab chiqib hal etilish: - bozor konyunkturasi, mazkur mahsulot yoki xizmatga talabni rivojlanishini bashorat qila olish: — tavakkalchilikni loyiha ishtirokchilari bajaruvchilari o‘rtasida taqsimlanishi: - sug‘urta: - ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun moliya zahiralarini tashkil etish. Tavakkalchilikni taqsimlanishi shundan iboratki, tavakkalchilik asosan, uni boshqalarga nisbatan yaxshiroq hisoblovchi va nazorat qila oluvchi, loyiha tshtirokchisi zimmasiga yuklatilishi lozim. Loyiha ishtirokchilari .o‘rtasida tavakkalchilikni taqsimlanishi ham miqdoriy ham sifat ko‘rinishida bo‘ladi. Miqdor jihatdan tavakkalchilik taqsimlanishida konseptual modeldan foydalanishga asoslangan «daraxti» va uning tartibini belgilovchi yechilmalar tashkil qiladi. Tavakkalchilikni sifat jihatidan taqsimlanish potensiali in-vestorlar sonini ko‘paytirish yoki kamaytirishga yo‘naltirilgan qator qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutib, ishtirokchilar tavakkalchilikni investorlar zimmasiga yuklanishini hohlaydilar. Lekin bu loyihachilar uchun tajribali investorlarni jalb etilishida qiyinchiliklar tug‘diradi. Muzokara qatnashchilari o‘z zimmalariga tavakkalchilik hissasini olinishi borasida masalalarni hal etilishida iloji boricha bilimdonlikni namoyon etishlari talab qilinadi. Tavakkalchilik quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy (kredit), investitsion va bozor tavakkalchiliklari. Ishlab chiqarish tavakkalchiligi ishlab chiqarish va mahsulot sotish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish), turli ko‘rinishdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Tijorat tavakkalchiligi tadbirkor tomonidan, sotib olingan tovarni sotish ko‘rsatilgan xizmat jarayonida vujudga keladi. Tijorat bitimida sotib olinayotgan ishlab chiqarish vositalari narxini foydasiz o‘zgarishi (ortishi), mahsulot sotilishida narxning pasayishi, muomala jarayonida tovarni yo‘qotilishi, muomala xarajatlarini ortishi kabi omillar hisobga olinishi darkor. Moliyaviy tavakkalchilik moliyaviy tadbirkorlikni yoki moliyaviy (pul) bitimlarini amalga oshirilishida yuzaga keladi. Moliyaviy tavakkalchilikka tadbirkorlikning boshqa turlari uchun xos bo‘lgan bitim ishtirokchilarining biri tomonidan to‘lov qobiliyatining yo‘qligi, pul-valyuta operatsiyasidagi cheklanganlik va h.k. omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Investitsion tavakkalchilik sabablariga xususiy yoki sotib olingan qimmatli qoqozlardan iborat investitsion — moliyaviy portfelni qadrsizlanishi kirishi mumkin. Bozor tavakkalchiligi bozorning foiz stavkalarini, mippiy pul birligini yoki xorijiy valyuta kurslarini o‘zgarishi bilan boqliq bo‘ladi. Potensial sheriklarni loyihada ishtirok etishlarini maqsadga muvofiqligi borasida qaror qabul qilinishida tavakkalchilik tahlil qilinadi. Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik oqibatida ko‘riladigan zarar moddiy, mehnat, moliyaviy bo‘lishi, vaqtni yo‘qotilishi, zararning turli ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin. Moddiy zarar — loyihada ko‘zda tutilmagan yoki natura ko‘rinishida moddiy obyektlarni (binolar, qurilmalar, uzatish materiallar, xom ashyo jamlovchi qismlar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotilishidir. Mehnat yo‘qotishlari — tasodifiy yoki ko‘zda tutilmagan holatlar, masalan avtomat stanok o‘rniga universal stanokda ishlashga to‘g‘ri kelgan taqdirda: texnik jihatdan asoslangan vaqt me’yorlari o‘rniga tajriba statistik vaqt me’yorlari qo‘llanilganda (o‘lchov birligi, odam-soat yoki odam-kun). Moliyaviy zarar to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul yo‘qotish (tadbirkorlik loyihasida ko‘zda tutilmagan to‘lovlar, jarimalar, muddati o‘tgan kredit to‘lovlari, qo‘shimcha soliq, pul mablag‘larini yoki qimmat baho qog‘ozlarni yo‘qotish) bilan bog‘liqdir. Vaqt yo‘qotilishi tadbirkorlik jarayoni loyihada ko‘zda tutilganidan sustroq kechayotganda kuzatiladi (o‘lchamlari, soat, kun, dekada, oy va h.k.) Maxsus ko‘rinishdagi yo‘qotishlarga kishilar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga, tadbirkor mavqeiga taxdid solinayotgan holatlar bilan bog‘liq zararlar kiritiladi. Download 68.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling