Muhandislik texnologiyalari


Bozor tahliliga asoslangan tavakkalchilk xavflarini analizi


Download 68.34 Kb.
bet6/10
Sana03.12.2023
Hajmi68.34 Kb.
#1806206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
nooooo111

2.1 Bozor tahliliga asoslangan tavakkalchilk xavflarini analizi
Bozor iqtisodiyotining tub belgilaridan biri tadbirkorlik erkinligidir. Tadbirkorlik erkinligi muomala doirasida cheklanmagan har qanday fuqaro yoki ularning uyushmasi, guruhi qonun yo‘li bilan ma’n qilinmagan har qanday sohada istalgan iqtisodiy unumli faoliyat turini, uni yuritish usulini tanlash va shug‘ullanish erkinligini anglatadi. Demak, erkin tadbirkorlik turli-tuman tanlashlar erkinligini bildiradi. Ammo bu tanlashlar niqoyatda murakkab bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlari ularga bog‘liqdir.
Tadbirkorlik bu tavakkalchilik demakdir. Ammo chuqur, har tomonlama o‘ylab, imkoniyat darajalarida qilingan tavakkalchilik muvaffaqiyat keltiradi. Aksincha, tasodifiy, oqibati hisobga olinmay qilingan iqtisodiy tavakkalchilik inqirozga olib kelishi hammaga ayon.
Har qanday tadbirkor dastavval faoliyatini, ya’ni xo‘jalik yuritish sohasining payti va vaqtini aniqlab olishi lozim. Ish boshlashdan avval respublika, viloyat, shahar va tumanda tadbirkorlik faoliyatlari uchun sharoit va bu faoliyatni boshlashning asosiy shartlari bilan tanishib olishlari darkor. So‘ngra turli tarmoq, soha va hudud (tuman, viloyat) da tadbirkorlik faoliyatini yoritish, pul qo‘yish sharoitlari va imkoniyatlari o‘rganiladi. Bunda tarmoq va hududlardagi tadbirkorlikning rivojlanish darajasi, undagi soliq va kredit stavkalari, imtiyozlari o‘rganiladi. Faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan sohaga va hududga kirib borishga to‘sqinlik qiladigan turli cheklanishlar to‘siqlarni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, faoliyat uchun zarur bo‘lgan xom ashyo va materiallarni topish, sotish qiyinchiliklari va imkoniyatlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Umuman dastlabki bosqichda tadbirkor o‘zi faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan sohasi hududidagi tadbirkorlikning sharoitlarini o‘rganishi lozim. Buning uchun ma’lumot va axborotlarni tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonun, huqumat qarorlari, me’yoriy hujjatlardan, statistik nashrlardan, iqtisodiy jurnal va gazetalardan olish mumkin. Kerakli ma’lumotlarni iqtisodchi, ekspert mutaxassislaridan, konsalting firmalaridan ham olish mumkin.
Xo‘jalik yuritish sohasi tanlangandan so‘ng, tadbirkor bozordagi o‘z o‘rnini topishi va o‘zi uchun bozor muhitini tanlashi — lozim bo‘ladi. Bu bosqichda biron bir tovar yoki xizmat bozori tanlanadi. Ushbu tanlov faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa .tadbirkorlar tajribasini o‘rganish, o‘z hissiyotiga ishonch yoki chuqur tahlil asosida amalga oshiriladi.
Bozorni tahlil qilish uchun marketolog mutaxassislarga, kon-salting firmalarga murojaat qilish mumkin. Agar bo‘lgusi tadbirkorning mablaqi yetarli darajada ko‘p bo‘lmasa, bozorni o‘zi tahlil qilishi mumkin.
Bozorni tahlil qilishda tadbirkor ishlab chiqarishi mo‘ljallangan tovar yoki xizmatni iste’mol qiluvchilarni o‘rganishdan boshlaydi. Ushbu bosqichda iste’molchilarning mikdori, ularning didi, istaklari aniqlanadi. Bu ishni bo‘lqusi iste’molchilar bilan suhbatlashish, ularga tovar namunasini ko‘rsatish orqali amalga oshirish mumin.
Iste’molchilarni aniqlagach, ular uchun tovar ishlab chiqaradigan raqobatchilarni o‘rganish, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish lozim. Bunda raqobatchilarning imkoniyatlari bilan tadbirkor o‘z imkoniyatini taqqoslashi o‘zining raqobatchidan usgunligi yoki kamchiliklarini baholaydi. Agar shu sohada va shu bozorda tadbirkor raqobatchilariga qaraganda ustunliklarga ega ekanligiga ishonch hosil qilsagina o‘z faoliyatini boshlashi kerak. Aksincha bo‘lsa, boshqa xo‘jalik sohasini va tovar (xizmat) bozorini tanlashi lozim bo‘ladi.
Bozorda doimiy o‘rinni aniqlash uchun tadbirkor o‘z tovarining hayotiy muhimligini, unga talabning chegarasini belgilab olishi kerak. Ushbu chegarani aniqlash, tovar ishlab chiqarish texnologiyasini yangilash, tanlangan soha va bozordan turib tark etish vaqtini his qilish ahamiyatlidir. Yuqorida aytilgan tanlashda tadbirkor o‘z malakasini kitoblar, jurnallar o‘qib borishi, maxsus kurslarda; o‘qish, o‘zgalarning tajribalarini o‘rganish orqali ro‘yobga chiqaradi.
Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida, odatda, tavakkalchilik har doim qoralanib keldi. Bozor munosabatlarini shakllanishida esa tavakkalchilik — tadbirkorlikning hal qiluvchi, eng muhim elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Zarur paytda tavakkal ish ko‘rgan tadbirkor ko‘p hollarda muvaffaqiyat qozonadi.
Tavakkalchilik deganda «baxtli tasodifga» ishonish, umid qilish tushuniladi. Bu tushunchani boshqacha ifodalash ham mumkin. Tavakkalchilikka xos xususiyatda — noaniqlik, kutilmaganlik, ishonch-, sizlik, taxmindan iborat.
Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida tavakkalchilik darajasi ortadi. Ommaviy matbuotda doimiy ravishda, tadbirkorlarning xabarsizligidan foydalangan holda bozor operatsiyalari hisobiga o‘z ahvollarini o‘nglab olish maqsadida mayda va o‘rtacha firmalar tomonidan o‘z takliflari reklama qilib boriladi. Tavakkalchilik oqibatlarini barataraf etish uchun nafaqat bilim va tajriba, balki yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘ ham zarur bo‘ladi. Maslahatchi firmalar, ishlab chiqarish vositalari ta’minotchilari va xatto pudratchilar ham, odatda, tavakkalchilikni kompensatsiya qilish uchun cheklangan miqdorda pul resurslariga ega bo‘ladilar. Qandaydir loyihaga taaluqli yuqori darajadagi tavakkalchilik, loyihachidan uni kamaytirish yo‘llarini izlashga majbur qiladi.
Tavakkalchilik-bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog’liq jarayonda ko’zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir.
Ko’rsatib o’tilgan elementlar, ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namoyon bo’ladi.
Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir. Unga quyidagi xislatlar kiradi.
-qarama-qarshilik (zidlik)
-alternativlik (muqobillik)
-noaniqlik (mavhumlilik)
Qarama-qarshilik-tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo’lib, u turli qarashlarda namoyon bo’ladi.
Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy ruhiy oqibatga sabab bo’ladi, chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta’minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta’sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avantyurizm, valyuntarizm, sub’ektivizmga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi.
Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to’qnashuvida namoyon bo’ladi. Masalan, u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo’lni tanlagan kishi o’zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin.
Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar yo’nalishlar harakatlar orasidan o’ziga mos - keluvchi variantni tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo’lmasligi, tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo’lmasa u yerda tavakkal harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo’lmaydi.
Tavakkalchilikning bu xislatiga e’tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iborat-ki, u noaniqlikning ob’ektiv va sub’ektiv manbalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, kolaversa gap qandaydir noaniqliklarni to’liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo’lmagan), balki ratsional alternativani tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.

Download 68.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling