Xavf – biror ko’ngilsiz xodisa yoki falokat yuz berishi ehtimolligi; xatar; qo’rqinch.
Xatar – biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo’lgan sharoit; xavf; tahlika.
Xavf – xatar – xavf va xatar, biror narsadan qo’rqish.
Ko’rib turibmizki, xavf tushunchasi ehtimollik bilan bog’lanayotgan bo’lsa, xatar iborasida esa asosiy urg’u sharoitga, vaziyatga berilyapti. Uchinchisida har ikkala tushuncha bir xil ma’noda talqin qilinyapti.
Tavakkalchilikda sug’urta bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan xavflar
Sug’urta bilan bog’liq b’lmagan xavf turlari:
Menejerlar xatosi.
Tijoratchilikdagi xavf.
Resurslarni noto’g’ri taqsimlanish xavfi.
Iqtisodiy beqarorlik va talabning o’zgarishi.
Raqobatdoshlarning harakati .
Moliyaviy xavf.
Narx, talab, daromadlar darajasining o’zgarish xavfi.
Kutilmagan iqtisodaiy va tabiiy falokatlar, ekologiya ofatlari xavfi.
Loyihani tanlashda hato qilish xavfi.
Mazkur biznes uchun og’ir oqibatlar keltiruvchi kutilmagan siyosiy voqealar.
MIlliy va millatlararo ko’tarilish xavfi.
Hukumatning kutilmagan qarorlari (qonunlardagi, narx va soliqlardagi o’zgarishlar).
Hodimlar noroziligi.
Firma boyligi nuqtai nazardan uncha ulkan bo’lmagan molk mulklarning nobut bo’lish xavfi.
Ko’p sonli, bir tipli mol-mulkning nobut bo’lishi xavfi.
Sug’urta – bu inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo’ladigan tabiiy ofatlar, favqulotd hodisa va boshqa voqelar natijasida yetkazilgan zarar hamda talofatlarning jismoniy va yuridik shaxslar to’lagan sug’urta badallari(sug’urta puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to’liq va qisman qoplash bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari sug’urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlar, demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |