Muhandislik va kompyuter grafikasi” faniga kirish. O‘zdst standartlari
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
1-амалий машғулот
Yo‘g‘on uzuq chiziq–chiziq yo‘g‘nligi 1-1,5S, uzunligi 8-
20mm. Qirqim yoki kesim yo‘nalishini ko‘rsatishda ishlatiladi. Ikki nuqtali ingichka shtrix-punktir chiziq–yoyilmalardagi buklanish chiziqlarini ko‘rsatadi. Qalinlashtirilgan shtrix-punktir chiziq–qayta ishlov berish talab etiladigan yuzalarni ko‘rsatish chiziqlari. O‘LCHAM QO‘YISH QOIDALARI GOST 2.307-81 Chizmаdа tаsvirlаngаn buyum yoki uning bir qismi kаttа-kichikligi hаqidа fikr yuritish uchun o‘lchаmlаr qo‘yilаdi. Bu esа chizmаlаr chizishdа ulаrning аsоsiy shаrtidir. Hаr bir to‘g‘ri qo‘yilgаn o‘lchаm vа yozilgаn rаqаmlаr chizmаni o‘qishni vа u hаqidа tаsаvvur hоsil qilishni оsоnlаshtirаdi. Chizmа elementlаrining o‘lchаmlаri tаkrоrlаnmаsligi kerak. O‘lchamlar tаsvirlаrgа yoki ko‘rinishlаrgа teng taqsimlanishi lоzim. O‘lchаmlаr chiziqli vа burchаkli bo‘lishi mumkin. Chiziqli o‘lchаmlаr detаlning uzunligini, enini, qаlinligini, diаmetri yoki rаdiusini ko‘rsаtаdi. Burchаkli o‘lchаmlar esа burchakning kаttа-kichikligini ko‘rsаtаdi. Chizmаlаrdа chiziqli o‘lchаmlаr mm dа berilаdi. O‘lchаmning sоn miqdоri yozilаdi, birlik belgisi esа yozilmаydi. Burchаkli o‘lchаmlаr grаduslаrdа, minut vа sekundlаrdа berilаdi, o‘lchаm birligining belgisi (mаsаlаn, 82 о ) ko‘rsаtilаdi. O‘lchаmlаr uch hil usuldа qo‘yilаdi: Kооrdinаt usul (ba’za usuli). Bu usuldа birоr chiziq yoki tekislik kооrdinаtа bоshi deb qаbul qilinаdi vа hаmmа o‘lchаmlаr shu chiziq yoki tekislikdаn bоshlаb qo‘yilаdi (ko‘proq mashinasozlik chizmachiligida qollaniladi); Zаnjir usul. Bu usuldа o‘lchаmlаr ketmа-ket qo‘yilib ko‘rsаtilаdi (ko‘proq qurilish chizmachiligida ishlatiladi); Аrаlаsh usul. Bu usuldа kооrdinаt usul bilаn zаnjir usul birgаlikdа qаtnаshаdi. 1. Cizmalarda o‘lchamlarning umumiy miqdori mumkin qadar kam, lekin buyumni tayyorlash va tekshirish uchun yetarli bo‘lishi lozim. 2. Chiqarish chizig‘i o‘lcham qo‘yiladigan kesmaga perpendikulyar, o‘lcham chizig‘i esa parallel qilib qo‘yiladi. Ba‘zi hollarda o‘lcham qo‘yiladigan kesma bilan parallelogrmm hosil qilishi mumkin. 3. Asosiy chiziqdan birinchi o‘lcham chizig‘igacha kamida 10mm bo‘ladi. 4. Parallel o‘lcham chiziqlari orasidagi masofa kamida 6mm bo‘ladi. 5. Chiqarish chiziqlari o‘lcham chizig‘idan 1-5 mm chiqib turishi kerak. 6. Parallel o‘lcham chiziqlari qo‘yilayotganda avval kichigi tasvirga yaqinroq qilib qo‘yiladi. 7. O‘lcham chiziqlari mumkin qadar kesishmasligi kerak. 8. O‘lcham qo‘yilayotgan masofa 12 mm dan kichik bo‘lsa strelka tashqariga chiqariladi. 9. Yassi detalning bir proeksiyadagi tasvirida qalinligini ko‘rsatuvchi o‘lcham soni oldiga lotincha S harfi qo‘yiladi. 10. Uzun detalning bir proeksiyadagi tasvirida, uzunligini ko‘rsatuvchi o‘lcham soni oldiga lotincha ℓ harfi qo‘yiladi. 11. Radius o‘lchamini ko‘rsatish uchun o‘lcham soni oldiga lotincha bosh R harfi yoziladi. O‘lcham chizig‘i yoy markazidan chiqariladi. 12. Diametrni ko‘rsatish uchun o‘lcham soni oldiga ø belgisi yoziladi. 13. Kvadrat elementi kattaligini ko‘rsatuvchi o‘lcham soni oldiga □ belgi qo‘yiladi. 14. Buyumda bir nechta bir xil element bo‘lsa, chizmada ulardan bittasining o‘lchami va shunday elementlar oni ko‘rsatiladi. 15. Simmetrik buyumlarning ko‘rinishi yoki qirqimi simmetriya o‘qigacha, yo bo‘lmasa uzish bilan ko‘rsatilganda simmetrik element o‘lchamlari ham uzib tasvirlanadi. O‘lcham chizig‘i simmetriya o‘qidan bir oz o‘tkazilgan holatda ko‘rsatiladi. 16. Strelka va asosiy chiziq kesishib qoladigan holatlarda asosiy chiziq uzib tasvirlanadi. 17. Hech qanday chiziq chizmadagi yozuvlarni kesib o‘tmasligi kerak. 18. Yozuvni joylashtirish uchun asosiy chiziqni uzib tasvirlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 19. O‘lchamni o‘q yoki markaz chiziqlari kesishgan joyga yozish mumkin emas. 20. Bitta konstruktiv elementga (o‘yiq, chiqiq, teshik) tegishli bo‘lgan o‘lchamlarni, shu elementning formasi yaqqolroq ko‘rinadigan joyga gruppalashtirib qo‘yish tavsiya etiladi. 21. Strelka qo‘yish uchun joy yetarli bo‘lmaganda, uni 45°li chiziqcha yoki aniq ko‘rinuvchi nuqta bilan almashtiriladi. 8-chizmada o‘lcham strelkasining to‘g‘ri qo‘yilishi va shu o‘rinda yo‘l qo‘yiladigan tipik xato, strelka o‘rniga sath belgisi yoki eski standartdagi g‘adir-budirlik belgisini qo‘yilishi ko‘rsatilgan. 8-chizma Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling