Muhandislik va kompyuter grafikasi


-rasm. 1.6 – rasm. 1.7 – rasm


Download 0.66 Mb.
bet5/6
Sana17.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1706332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

1.5-rasm. 1.6 – rasm. 1.7 – rasm.


Chizmada zanjirsimon joylashgan o’lchamlar qo’yish uchun joy yetarli bo’lmasa, strelkalarni o’lcham chizig’iga 45o burchak ostida o’tkazilgan 3 mm li shtix chiziqlar 1.8,a-rasm yoki yaqqol ko’rinib turadigan nuqtalar bilan almashtirish mumkin. (1.8,b-rasm).
Agar o’lcham chiziqlari kontur chiziqlari bilan kesishsa, unda kontur chizig’ining kesishgan joyi uzilib chiziladi. (1.8,c-rasm).

а) b) c)


    1. rasm.

O’lcham sonlari. O'lcham raqamlarini qo'llashda ba'zi qoidalarga rioya qilish kerak. Agar o'lcham chizig'i gorizontal bo'lsa, o'lcham raqami o'qning ustiga qo'yiladi, agar o'lcham chizig'i frontal bo'lsa, unda o'lcham raqami undan chap tomonda yoziladi. O'lchov raqamlari chizilgan boshqa chiziqlar bilan kesishmasligi kerak. Agar kerak bo'lsa, o'lcham raqamlari bilan kesishgan chiziqlar uzilib chiziladi. (1.9-rasm).

    1. – rasm.


O’lcham soni o’lcham chizig'idan taxminan 1 mm masofada yoziladi.
Agar o'lcham chizig’i ustidagi joy son yozish uchun yetarli bo'lmasa, o'lcham sonini o'lcham chizig'ining davomida yoki ingichka chiziq bilan chiqarib ko'rsatish ruxsat etiladi (1.10,a-rasm).
Agar rasmda bir nechta parallel o'lchamli chiziqlar mavjud bo'lsa, unda o'lcham raqamlari tartib bilan shaxmat tarzida yoziladi (1.10,b,c-rasm).

а) b) c) 1.10-rasm.


Diametrlarning o'lchamlari. Diametr o’lchamlarini ko’rsatishda o’lcham soni oldiga Ø belgisi qo'yiladi 1.11-rasm. Belgining balandligi o’lcham soni raqamining balandliliga teng bo’lib, aylanasi diametri balandligining 5/7 qismiga va chiziqchasining qiyaligi 65o teng bo’ladi. Bu belgi aylanish sirtidan iborat bo’lgan buyum yoki uning elementi shaklini aniqlashda qo’shimcha vositadir.
Agar aylananing diametri 10 mm dan katta bo'lsa, o'qlar aylananing ichiga joylashtiriladi va o'lchamli raqamlar aylananing ichida va tashqarisida ko'rsatilishi
mumkin. Aylana diametri 10 mm dan kam bo'lsa, o'qlar doiradan tashqariga chiqariladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling