Muhit harakati tartibi turli reaktorlar Kimyoviy reaktorlarga qo'yiladigan talablar


Uzluksiz harakatlanuvchi reaktorni ish maromi


Download 248.77 Kb.
bet7/7
Sana11.11.2023
Hajmi248.77 Kb.
#1767101
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kimyoviy reaktorlar

Uzluksiz harakatlanuvchi reaktorni ish maromi

Davriy harakatlanuvchi reaktorni ish tartibi: Со, Сғ - boshlang'ich va ma'lum bir t vaqtdagi reagentlar konsentrasiyasi, Т, Р-reaktorni temperatura va bosimi.


Reaktorlar unumdorligi quyidagicha aniqlanadi
П =
bu erda: т - reaktorni ish vaqti davomida olingan mahsulot massasi;
τp +τю + τT - reaktorga komponentlarni yuklash, reaktordan mahsulotni chiqarib olish
kimyoviy jarayonlari uchun ketgan vaqt.
Kimyoviy reaktorni ish unumdorligi kinetikaga ta'sir etuvchi issiqlik rejimiga, muvozanat holatiga, jarayon selektivligiga bog'liq. Kimyoviy reaktorlar issiqlik rejimiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
- adiabatik rejimli reaktorlar, bunday tartibda ishlaydigan reaktorlarda atrof-muhitga issiqlik almashmaydi hamda kimyoviy reaksiya issiqligi to'liq ravishda reaktor temperaturasini o'zgartirishiga sarf bo'ladi;
- izotermik rejimli reaktorlar, bunday tartibda ishlaydigan reaktorda temperatura doimiy xarakterga ega bo'ladi, bu holat reaktordan issiqlikni chiqarishi yoki kiritish yo'li bilan hosil qilinadi;
- politermik rejimli reaktorlar, bunday tartibli reaktorlarda issiqlik chiqarib yoki kiritib turiladi. Ana shunday holatda reaktorda issiqlik berilgan tartibda ushlab turiladi. Bunday tartibli reaktorlar kimyoviy ishlab chqarishda keng qo'llaniladi.
Uzluksiz harakatlanuvchi reaktorlar komponentlarni harakatlanish tartibiga ko'ra: ideal siqib chiqaruvchi (RIS- N) hamda oqar turli reaktorlar ( RPT- N) ga bo'linadi..
Ideal siqib chiqaruvchi reaktorlarda laminar gidrodinamik rejim amalga oshiriladi. Bu rejimda reagentlar uzunligi bo'ylab bir yo'nalishda harakatlanadi. Jarayonni harakatlantiruvchi kuchi va jarayon tezligi reaktor uzunligi bo'ylab o'zgaradi.
I deal sikib chiqaruvchi reaktorlar da (...T) xarakatlantiruvchi kuchni o'zgarishi: Тs - jarayonda erishish mumkin bo'lgan chegaraviy xarorat, Tb- reaktordagi reagentlarni boshlangich xarorati, ТС - reaktordagi so'nggi xarorat, ..Т -jarayonni o'rtacha xarakatlantiruvchi kuchi, Ь - reaktor uzunligi.

Ideal aralashtiruvchi reaktorlarda turbulent gidrodinamik rejim amalga oshiriladi. Reagentlar oqimi bir-biri bilan va mahsulot bilan aralashadi. Jarayonni harakatlantiruvchi kuchi va jarayon tezligi reaktor hajmi bo'ylab o'zgarmasdir.


Oraliq turli reaktorlarda parametrlarni o'zgarish harakteriga, jarayonni harakatlantiruvchi kuchini o'zgarishiga ko'ra oraliq holatda bo'lishi mumkin.



  1. XULOSA

Kimyo sanoati korxonalarida ishlatiladigan reaktorlar tuzilish jihatidan turlicha bo‘ladi.
Reaktorlarda faqatgina kimyoviy emas, balki fizik jarayonlar ham: reagentlaming bir fazadan ikkinchisiga o‘tishi, issiqlik al¬mashish bilan bog‘liq turli usullar bilan aralashtirish va boshqa jarayonlar sodir bo‘ladi.
Reaktorlarning turi va gidrodinamik holati ularni sinflashda qiyinchilik tug‘diradi.
Sinflash kriteriysi har doim ham maqsadga muvofiq kelaver- maydi. Bir reaktorni turli sinfga bo‘lish mumkin. Biroq reaktorlarni sinflashda ba’zi bir kriteriylar va belgilardan foydalanish mumkin. Bunday belgilangan reaktor tuzilishi, reagentlar va mahsulotlar agre¬gat holatlari, davriylik yoki uzviy xarakteri, reaktorda gidrodi¬namik tartib va issiqlik holatlarini kiritish mumkin.
Gomogen, geterogen va geterogen-katalitik jarayonlar o‘tkazishga muvofiqlashtirilgan reaktorlar turlari (tiplari)ni ko‘rib chiqamiz. Bunda eng muhim ko‘rsatkichlar reaktordagi gidrodi¬namik tartib va issiqlik holatlari e’tiborga olinadi.
Odatdagiday barcha mulohazalar ekzotermik sharoitga taalluqli bo‘lib, olinadigan natijalar endotermik jarayonlarga ham taalluqli bo‘ladi.
Kimyoviy reaktor – bu kimyoviy ishlab chiqarishning asosiy qurilmasidir iqtisodiy va ekologik samara ko‘p hollarda uning tuzilishi va ishlash ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Kimyoviy reaktorlar nazariyasi – bu kimyoviy texnologiyaning shunday bo‘limiki, bunda kimyoviy reaksiyalarni muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A.A. Lashinskiy, A.R.Tolchinskiy. «Osnov konstruirovaniya i raschyot ximicheskoy apparatur. L: Mashinostroenie 1970.


2. A.M.Kutepov, T.N.Bondaryova, M.G. Berengorten «Obgsaya ximicheskaya texnologiya» M. Vgsshaya shkola 1990.
3. R.S. Sokolov «Ximicheskaya texnologiya» t.1 i II M. 2000.
4. I.P. Muxlenov "Obshaya ximimcheskaya texnologiya". t.1 i II M. 1985.
5. A.F.Tubolkin., YE.S. Tumarkina i dr. «Raschyot ximiko-texnologicheskix prosessov» L., «Ximiya» 1982.
Download 248.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling