Muhmmad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Download 129.38 Kb.
|
Individual Loyiha - Abbos Alimov
B2B – biznes biznes uchun modeli Internet-texnologiyalar orqali kompaniyalar o’rtasidagi o'zaro aloqani o'z ichiga oladi. Masalan, firma tijorat takliflar uchun buyurtmani joylashtirishi mumkin, etkazib beruvchilardan joriy narxlarni haqida ma’lumot olish, shartnoma tuzish, to'lovlarni olish yoki to'lash, hujjatlarni taqdim etish. Bu Internetdagi faoliyat turi mahalliy korxonalari uchun eng istiqbolli hisoblanadi Bu model ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi tijorat aloqalarni
yangi darajada va ular o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarni o/rnatish uchun qulay zamin yaratadi. Bozor yanada ochiq bo'lib, xorijdan materiallar va asbob-uskunalar importidan va hamkorlarni uzoq muddatli qidiruvdan ozod etadi. Elektron tijorat korxonaga jahon bozorida yuqori faollik uchun ko'proq imkoniyat yaratadi. B2B tizimi bir vaqtni o’zida oddiy foydalanavchilar ko’ra oladigan va kirib turadigan ochiq ham alohida hamkorlar yoki ishchi guruhlar uchun yopiq bo’lib, belgilangan texnologik vazifalarni bajaradi Funktsional jihatdan B2B resurslarida quyidagi guruhlarni ajratish mumkin: Kataloglar. B2B turdagi saytning eng oddiy turi bolib, xaridorlar belgilangan narx bilan mol sotuvchini topadi. elektron birjalar. Kataloglarga qaraganda murakkabligi bilan farqlanadi va funktsional jihatdan haqiqiy o'xshash. Don, qog'oz, metal va boshqalar kabi asosiy iste’mol tovarlari savdosi uchun ishlatiladi kim oshdi savdosi. Bunday saytlar funktsional jihatdan haqiqiy kim oshdi savdosiga va virtual B2C kim oshdi savdosiga o'xshashdir, ammo B2B modelining o'ziga xos xususiyatlari tufayli ko'pincha ortiqcha zaxiralarni sotish uchun ishlatiladi. elektron hamjamiyatlar. Biznesni yuritish uchun doimo odatiy bo'lgan biznes operatsiyalarini bajarishni bildiradi. Biznesni olib borishda ishtirok etishi mumkin bo'lgan boshqa ko'plab sohalardan sheriklar bo’lishini talab qiluvchi ko’plab yo’nalishlar mavjud. Masalan, har xil tadqiqotlar, g’oyalar almashish. Internet sa'y-harakatlar va manfaatlarga birlashish uchun nuqsonsia vosita. B2C – biznes iste'molchilar uchun bugungi kunda eng ommabop elektron tijorat shakli hisoblanadi. Bunday holda, faoliyat to'g'ridanto'g'ri oxirgi iste'molchiga sotishga qaratilgan. B2C ning eng katta namunalaridan biri bu www.amazon.com, Amerikada kitob savdosi bilan shug'ullanadigan sayt bo’lib dunyo bo'ylab 50 million mijozga ega. Aynan shu sayt bir necha yil davomida Qo'shma Shtatlardagi oddiy bukinistik bozorini barbod bo’lishiga muvaffaq bo'ldi. Internetga ulanish muammolar mavjud mintaqalarda, xavfsiz to’lov tizimlar va etkazib berish xizmatlari ishonchli ishlashi sharoitlardagina B2C modeli iste'molchi uchun tovarlar va xizmatlarni yetkazish nuqtai nazarifan yirik shaharlar va chekka mintaqalardagi korxonalar o'rtasidagi farqlarni yo'q qilish uchun samarali vosita hisoblanadi. B2C iste'molchilarga dunyoning istalgan nuqtasidan tovarlar va xizmatlarni etkazib berishni osonlashtiradigan savdoning yangi texnologiyani yaratadi. B2C-ning yana bir ijobiy tomoni - vositachilarning minimal soni ishtiroqida to'g'ridan-to'g'ri sotish. Vositachilarsiz ishlash joylarda raqobatbardosh narxlarni belgilash va hatto ularni oshirish (vositachilarning ulushi bundan istisno), bu tabiiy ravishda foydaning o'sishiga imkon beradi. Download 129.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling