Muhmmad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Elektron tijorat bozorda raqobat muhitining o’ziga xos xususiyatlari


Download 129.38 Kb.
bet9/17
Sana22.01.2023
Hajmi129.38 Kb.
#1109124
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Individual Loyiha - Abbos Alimov

1.4 Elektron tijorat bozorda raqobat muhitining o’ziga xos xususiyatlari
Elektron tijorat bozori tashkiliy va boshqaruv tuzilishi jihatidan boshqaruvning tarmoq shakllariga o'xshaydi. Ushbu tuzilmaning o'ziga xos xususiyati bozor kontragentlari va ular o'rtasida uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatish imkoniyati hisoblanadi va ushbu aloqalar yuqori organlar tomonidan tartibga solinmaydi va ta'sirini o'tkazolmaydi.
Belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda makroiqtisodiy nuqtai nazardan ushbu bozor tuzilishi agentlarga asoslangan yondashuv asosida ko'rib chiqilishi lozim gegan xulosaga kelish mumkin. Shunday qilib, Internet-muhitni elektron tijoratni bozori muhitining asosi sifatida ajratish bilan birga, uning tashkiliy tuzilishi, bozor agentlarining o'zaro ta'sirining xarakteri, raqobat muhitining xususiyatlari, infratuzilmasi tahlil qilinishi kerak.
Hozirgi vaqtda "tarmoqli iqtisodiyoti" atamasi keng tarqaldi va u
bozor ishtirokchilari bitta tarmoq hamjamiyatida aloqadorligi va faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. R.I.Tsvylev fikriga ko’ra bozor iqtisodiyotida tarmoq xususiyatlarining paydo bo'lishini jamiyatning global axborotlashtirish, axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan tavsiflaydi: "... natijada gorizontal aloqalarga asoslangan tarmoq iqtisodiyoti vujudga keladi”.
Biroq, bizning fikrimizcha, elektr tijorat bozorini quyidagi nuqtai nazaridan ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir:

  • Faoliyati to’liq virtual maydonga o’tkaziladigan kompaniya nuqtai nazaridan;

  • Alohida bitimlar amalga oshiriladigan kompaniya nuqtai nazaridan;

  • Virtual muhitda ishlaydigan mijozlar, sherik firmalar bilan o’zaro aloqada bo’lgan firma nuqtai nazaridan.

Shunday qilib, elektron tijorat bozorini makro, mesa va mikro darajalarda o'rganilishi kerak. Shu munosabat bilan elektron tijorat bozorning ishlashi va rivojlanishini tashkil etish asoslari, kompaniyalararo tizimi, shuningdek tadbirkorlik faoliyati axborot muhitiga ko’chirilgan firmaning tashkiliy va boshqaruv tuzilishining xususiyatlarini ko’rib chiqqanmiz.
Elektron tijorat va kompaniyaning elektron tijorat bozorida ishlash xususiyatlarini ko’rib chiqishda bozorning boshqa ishtirokchilari bilan bog’laydigan aloqalar va axborot oqimlaridan ajratib bo’lmaydi.
Kompaniyaning marketing muhiti bo’lib o'ziga xos xususiyatlar ega Internet muhiti hisoblanadi. Internet muhitini tahlil qilib, undagi harakat qiluvchu sub’yektlar va tashqi o’zaro aloqlardan tashkil topadir.
Elektron tijorat bozorida ishlaydigan kompaniyaning mikromuhiti to'g'ridan-to'g'ri firma va uning atrofiga tegishli ta’sirlardan iborat (mijozlariga, raqobatchilar, etkazib beruvchilar va boshqa aloqador auditoriyasi).Shunday qilib, firma mikromuhitning muhim tarkibiy qismi raqobatchilik mihit hisoblanadi.
Umumiy qabul qilingan ta'rifga ko'ra, raqobatchilar marketing tizim sub'ektlari bo’lib, firma tomonidan harakatlari bozorlarni, etkazib beruvchilarni, vositachilarni tanlashga, assortimentni shakllantirishga, tovarlarning turlari, marketing faoliyatining butun majmusiga ta'sir qiladi.
Bu firma raqobatbardoshlik muhitni har tomonlama o'rganish zarurligini taqozo etadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan raqobat mahsulotlarni eng qulay sharoitlarda sotish uchun ishlab chiqaruvchilar va etkazib beruvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sir va kurashning iqtisodiy jarayoni. Demak, raqobatni bir xil maqsadga erishishdan manfaatdor sub'ektlar kurashishi deb hisoblash mumkin (iste'molchilarning to’lovga qodir talabining cheklangan hajmi va boshqalar uchun kurashish).
Elektron tijorat bozorini o'rganish sharoitida, avvalambor, bozordagi firmalarning to'g'ridan-to'g'ri o'zaro aloqani, ya'ni bozor raqobatini ko'rib chiqish lozim.
Raqobatning ikkita asosiy usulini ajratish odatiy holdir: narx va narxsiz. Nazariy tadqiqotlar va tijorat faoliyatini amalga oshirish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, zamonaviy sharoitda tijoratchi o'zi tomonidan taklif qilingan mahsulotni (xizmatni) "ajratib turish orqali " va qo'shimcha mijozlarni jalb qilish narxlarning pasayishi yo’li bilan narxlar raqobati avvalgidek samara bermay qoldi, Ayni paytda, “yashirin” narxlar raqobatining usullari keng tarqalgan.
Narxsiz raqobat mahsulotning iste’mol qiymatidagi sifat tushunchasiga asoslanadi. Narxsiz usullarga kompaniyani boshqarish marketing usullari kiradi, masalan:

  • Yangi mahsulotni ishlab chiqarshi va iste’mol qiymatining undan yuqori darajaga ko’tarish;

  • Bozorni har tomonlama o’rganish va marketingni rejalashtirish;

  • Savdo apparati ishini tashkil etish;

  • Sotishni rag’batlantirish;

  • Tashkiliy tuzilmani takomillashtirish;

  • Aylanma xarajatlarini kamaytirish;

  • Kredit va moliyalashtirish siyosatini takomillashtirish va boshqalar.

Shu nuqtai nazardan, ushbu tadqiqot doirasida, elektron tijorat bozoriga xos xususiyatlarni ajratish uchun raqobatning turli jihatlarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Shunga qaramasdan electron tijorat bozori o'ziga xos noyob xususiyatlarga ega, u raqobat muhitini tavsiflovchi umumiy xususiyatlarga ega. Ushbu bozorning to'liq tavsifi uchun raqobatning tabiati va intensivligini baholash uchun mavjud va mumkin bo'lgan modellar tahlilini o’tkazish lozim.
Mahalliy va xorijiy adabiyotlarda ishlatiladigan raqobatni tavsiflovchi eng mashhur marketing modeli bu Porterning beshta raqobat kuchlari modeli hisoblanadi.
M. Porterning tadqiqotlariga ko'ra, bozordagi raqobat holatini beshta raqobatdosh kuch bilan tavsiflash mumkin:

  1. Raqobatdosh sotuvchilar o’rtasidagi raqobat – har bir firma eng yaxshi o’rinni egallash va raqobatdosh ustunlikdan foyda olish uchun o’zining raqobatbardosh strategiyasiga amal qiladi.

  2. Narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh tovarlarni o’rnini bosadigan tovarlarning raqobati.

  3. Yangi raqobatchilar paydo bo’lishi xavfidan kelib chiqadigan

  4. Ta’minlovchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyati natijasida paydo bo’lgan raqobatdosh kuchlar va yetkazib beruvchilarning qobiliyatlari.

  5. Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari natijasida paydo bo’lgan.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning raqobatbardosh kurashi nuqtai nazaridan elektron tijorat bozori, quyidagi xususiyatlarni ta'kidlash kerak:

  • Elektron tijroat bozoridagi firmalar mijozlarning hatti-harakatlarini o’rganish uchun kuchli vositalarga ega bo’lib, raqobatbardosh strategiyani yanada oqilona va aniqroq qurish va uni amalga oshirish yo’llarini ishlab chiqadi.

  • Strategiyani yangilash muddati sezilarli ravishda qisqarmoqda, bu raqobatdosh firmalarning katta harakatchanligi va ularning raqiblarining harakatlariga tezkor javob berish qobiliyati bilan bog’liq.

  • Garchi an’anaviy tarzda firmalararo raqobat muvaffiqiyatli yoki zararli bo’lishi mumkinligi uchun yetakchi firmalarga “o’z” bozor segmentini olish uchun haqiqiy imkoniyati “sof” monopolistlar toifasiga o’tishga imkon bermasdi.

M. Porterning tadqiqotlarida kirish to'siqlaridan biri sifatida yangi texnologiyalarni rivojlantirish, nou-xau va boshqalar bilan bog'liq qo’shimcha xarajatlarni qayd etadi. Elektron tijorat bozoriga haraktlanuvchi firmalar uchun bunday xarajatlar qo’shimcha deb hisoblab bo’lmaydi, chunki ular Internet muhitida biznesni amalga oshirish imkoniyatlarini belgilaydi.
Ta’minlovchilarning raqobatbardosh ta’siri, asosan, xaridor uchun ushbu xarajatning tarkibiy qismlarining qanchalik muhimligiga bog’liq (agar ma’lum bir yetkazib beruvchilar tomonidan ta’sir darajasi oshadi).
Elektron tijorat bozoridagi ushbu turdagi raqobatni ajratgan holda, quyidagilarni ta'kidlash lozim. Biznesni yuritishning yangi sharoitlarda ta'minlovchining ta’siri amalda hech qanday cheklovlar (moliyaviy, hududiy va boshqalar) mavjud emasligi sababli ta'siri kamayadi. Ta'sirni kuchaytiradigan bu omil faqat elektron tijorat bozoridan tashqarida bitimlarning bir qismini amalga oshiradigan firmalar (an'anaviy sharoitlarda) uchun hosdir. Ushbu firmalarga
axborot xizmatlari va mahsulotlarini taqdim etadigan firmalar kirmaydi.
Xaridorlar tomonidan tovar / xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarga ta'siri va ularning savdo qilish imkoniyatlari kuchliroq quydagi holatlarda:

  • iste'molchilar soni kam va ular tovarlarni katta miqdorda sotib olishadi;

  • iste'mol hajmi sohadagi barcha savdolarning muhim qismini tashkil etadi;

  • tovarlarni bozorga etkazib beradigan sanoat juda ko'p sondan iborat nisbatan kichik sotuvchilardan tarkib topgan;

  • turli sotuvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar nisbatan yaxshi standartlashtirilgan va iste’molchilar muqobil haridni osongina topishlari mumkin, ularning yangi sotuvchiga o’tish narxi deyarli nolga teng;

  • sotib olingan mahsulotlar xaridor tarkibiy qismlarining muhimi hisoblanmaydi;

Elektron tijorat muhitida mijozni boshqa bozor ishtirokchisiga o'tkazish imkoniyat omili muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan kompaniyaning marketing strategiyasi ishlab chiqishi birinchi navbatda mavjud mijozlarni saqlab qolish va qo'shimcha mijozlarni jalb qilishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bozorda raqobatbardosh vaziyat doimiy ravishda o'zgarib boradi, shuning uchun kompaniyaning bozordagi raqobatbardosh o'zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib borishi zarur. Faqatgina ushbu sharoitlarda firma raqobatchilarning imkoniyatlarini va o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholashi va maqsadga muvofiq optimal marketing strategiyasini ishlab chiqishi, o’zlarining raqobatbardosh ustunliklarini yaratish yoki saqlab qolishi mumkin.



Download 129.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling