Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar
-modda. Suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil bo‘yi mintaqalarining, suv obyektlari
Download 198.04 Kb. Pdf ko'rish
|
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida
41-modda. Suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil bo‘yi mintaqalarining, suv obyektlari
sanitariya muhofazasi zonalarining hamda yer usti va yer osti suvlari hosil bo‘lish zonalarining rejimi Suvni muhofaza qilish zonalari doirasida cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishga yo‘l qo‘yiladi. Bunday zonalarda quyidagilar taqiqlanadi: daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno); zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish; zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar omborlarini qurish; harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish; chiqindilarni saqlash va ko‘mish; kanalizatsiya-tozalash inshootlari va oqova suvlar to‘planadigan inshootlar qurish; chorvachilik va parrandachilik majmualarini joylashtirish, shuningdek sug‘orish uchun “sharbat” (suyuq go‘ng) ishlatish; avtomobil transportini qo‘yib turish, ularga yonilg‘i quyish, ularni yuvish va ta’mirlash joylarini tashkil etish; neft mahsulotlari omborlarini tashkil etish; zig‘ir, kanop va teri yuvish. Sohil bo‘yi mintaqalarida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklashlar va taqiqlardan tashqari quyidagilar taqiqlanadi: mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llanish; chorva mollarni o‘tlatish; har qanday turdagi qurilish, suv xo‘jaligi obyektlarini qurish bundan mustasno; belgilanmagan joylarda qayiqlar bog‘lab qo‘yiladigan joylar tashkil etish. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari turli rejimli muhofaza mintaqalariga bo‘linadi. Oldingi tahrirga qarang. Daryo o‘zanlarini o‘zgartirish, foydali qazilmalar qazib olish va suv obyektlari holatiga ta’sir qiladigan boshqa ishlarni bajarishga faqat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlarining, shuningdek geologiya tashkilotlarining ruxsatnomasi bilan yo‘l qo‘yiladi. (41-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son) Oldingi tahrirga qarang. Aholi punktlari hududida xo‘jaliklararo yer tuzish va rejalashtirish o‘tkazilayotganda suvni muhofaza qilish zonalarining, sohil bo‘yi mintaqalarining va suv obyektlari sanitariya muhofazasi zonalarining chegaralarini o‘zgartirish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi organlari hamda sanitariya nazorati organlari bilan kelishib olinishi lozim. (41-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son) Suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi mintaqalari rejimi yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalariga ham tatbiq etiladi. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida nizom . Download 198.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling