ulardan foydalanishda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat
tashkilotlari hamda fuqarolarning ishtiroki
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish
tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashadilar. Davlat organlari ana shu
tadbirlarni amalga oshirayotganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari va fuqarolarning takliflarini inobatga oladilar.
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishga aholini jalb etish maqsadida
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolar
vakillaridan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarori bilan maslahatlashuv komissiyalari tuzilishi
mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va ularning qo‘riqlanma zonalarini tashkil etish
to‘g‘risidagi, ana shu hududlarda yashovchi aholining manfaatlariga daxldor qarorlar
maslahatlashuv komissiyalarining xulosalari inobatga olingan holda qabul qilinadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar
tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida axborotlar talab qilish
hamda olish huquqiga ega.
Oldingi
tahrirga qarang.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan
foydalanilayotganda qonunchilikda belgilangan tartibda jamoat ekologiya ekspertizasini
o‘tkazishlari va jamoat ekologiya nazoratini amalga oshirishlari mumkin.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi O‘RQ-474-
son “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunining
12-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-
maydagi 73-II-son “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonunining
23-moddasi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |