Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar
Download 198.04 Kb. Pdf ko'rish
|
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-modda. Davlat qo‘riqxonalarining rejimi
- 20-modda. Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati
III. Davlat qo‘riqxonalari
18-modda. Davlat qo‘riqxonalarini tashkil etish Tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat qo‘riqxonalari hisoblanadi. Davlat qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etiladi. Davlat qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi. LexUZ sharhi 19-modda. Davlat qo‘riqxonalarining rejimi Davlat qo‘riqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan mustasno. Davlat qo‘riqxonalarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi. Davlat qo‘riqxonalari hududida hamda ularning qo‘riqlanma zonalarida tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi. Davlat qo‘riqxonalarining yoki ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu davlat organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqarolarning davlat qo‘riqxonalari hududida bo‘lishiga ularda ana shu organlar yoki davlat qo‘riqxonasi ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 20-modda. Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar bunday qo‘riqxonalar shtatidagi ilmiy xodimlar tomonidan o‘tkaziladi. Shartnoma asosida boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Davlat qo‘riqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) tuziladi. Davlat qo‘riqxonalarida atrof tabiiy muhit monitoringi yuritilishi shart. Oldingi tahrirga qarang. Davlat qo‘riqxonalaridagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga olingan bo‘lsa, davlat mulki hisoblanadi. Yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga olingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga bo‘lgan mulk huquqi davlat qo‘riqxonalari bilan mazkur shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Davlat qo‘riqxonalari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin foydalanadilar. (20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Davlat qo‘riqxonalarining tabiiy obyektlari va majmualari holati to‘g‘risidagi ilmiy axborot e’lon qilinishi kerak. Davlat qo‘riqxonalari o‘z matbuot nashrlariga ega bo‘lishi mumkin. Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak. Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini muvofiqlashtirib borishni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi amalga oshiradi. Download 198.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling