Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


-modda. Tabiat bog‘larining hududlari


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

24-modda. Tabiat bog‘larining hududlari
Tabiat bog‘larining hududi tabiat bog‘lariga foydalanishga berib qo‘yiladigan yer
uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bog‘lari chegaralari
doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.


Tabiat bog‘lari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga bo‘linadi.
Tabiat bog‘larining hududida qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar, rekreatsiya, xo‘jalik
maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalari ajratib qo‘yiladi.
Aholini sog‘lomlashtirish uchun sharoit bo‘lgan taqdirda tabiat bog‘larida kurort tabiiy
hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalar ajratib qo‘yiladi.
Tabiat bog‘lari zonalarining o‘lchamlari va chegaralarini o‘zgartirish, ular qaysi davlat
organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu organlar tomonidan, davlat ekologiya ekspertizasi xulosasini
inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
25-modda. Tabiat bog‘larining rejimi
Tabiat bog‘lari hududida zonalarga bo‘linishga muvofiq tabaqalashtirilgan rejim o‘rnatiladi.
Tabiat bog‘larining qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalarida davlat qo‘riqxonalari uchun nazarda
tutilgan rejim o‘rnatiladi.
Tabiat bog‘larining rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli
rejimli uchastkalarga bo‘linishi mumkin.
Tabiat bog‘larining xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalarida aholining
istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obyektlar va majmualarga zarar
yetkazmaydigan faoliyatiga yo‘l qo‘yiladi.
Har bir zonaning rejimi tabiat bog‘lari to‘g‘risidagi nizomlarda belgilanadi.
Tabiat bog‘larining hududida quyidagilar taqiqlanadi:
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan
mustasno);
gidrologik va gidrogeologik rejimni o‘zgartiradigan harakatlar;
tuproq eroziyasini, o‘simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi
harakatlar;
tabiat bog‘larining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘l va muhandislik-kommunikatsiya
ishlarini amalga oshirish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish, oqova suvlarni oqizish;
tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish.
Tabiat bog‘larida tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
faoliyatning boshqa turlari ham cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Tabiat bog‘larining faoliyat ko‘rsatishi uchun yo‘llar, boshqa kommunikatsiyalar va inshootlar
qurilishi zarur bo‘lgan hollarda buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, barcha tabiatni muhofaza
qilish yo‘nalishidagi tadbirlarni amalga oshirish albatta nazarda tutiladi.

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling