Mulk shakllarining bozorga ta`siri


Download 93.5 Kb.
bet2/5
Sana14.03.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1267589
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mulk shakllarining bozorga ta`siri

Хususiy mulk

Eng qadimgi va keng tarqalgan mulk xususiy shakldagi mulk bo`lib, u asosan ayrim shaxslar bilan bog`liqdir.


Хususiy mulkning asosiy xususiyati shuki, mulk bir kishining ixtiyorida bo`ladi va mulkka nisbatan to`la mustaqil ish tutish imkoniyati tug`iladi. Хususiy mulkning chegarasi uning egasidagi imkoniyat va qobiliyatga bog`liq. Bozor iqtisodiyoti rivojida bu tur alohida o`rin egallaydi. Хususiy mulk bir shakldagi mulk, lekin har bir xususiy mulk o`ziga xos alohida mulk bo`lganligi tufayli, ular mustaqil mulklar, ya`ni juda ko`p miqdordagi, ming-minglab sonli mulklardir. Ularning har biri bozorning alohida ishtirokchisi va raqobat kurashining qatnashchisidir. Bundan xususiy mulk raqobatni kengaytiruvchi, kuchaytiruvchi mulk shakli ekanligi yana bir bor oydinlashadi.
Shunga ko`ra xususiy mulk bozor sharoitiga juda tez moslashadigan, xaridor talabini tez e`tiborga olib ish tutish va faoliyat ko`rsatish uchun eng qulay sharoitga ega bo`lgan mulk shaklidir. Bunday xususiyat bozor iqtiso-diyotida xususiy mulkning ahamiyatini kuchaytiradi va etakchilik rolini belgilab beradi. Demak, bozor rivoji uchun birinchi navbatda, xususiy mulk keng quloch yozmog`i, iqtisodiyotda asosiy o`rinni egallamog`i talab etiladi. Zero, xususiy mulk taraqqiyotisiz bozor iqtisodiyotini tasavvur etib bo`lmaydi. Хususiy mulk asosiy o`rinni egallamaguncha va davlat mulki ustunligi yo`q qilinmaguncha iqtisodiy taraqqiyotning ob`ektivligiga nisbatan sun`iylikning ustunligi sharoiti mavjud bo`laveradi.
Хususiy mulk turlicha: kichik, o`rta, katta va juda katta hajmlarda bo`ladi va xuddi shunday xo`jaliklarni ifodalaydi. Albatta ular to`xtovsiz ravishda kattalashish va kengayish xususiyatiga ega. Shunga ko`ra xususiy mulk, ayrim shaxslar mulki bo`lishiga qaramay, juda katta hajmda million, milliard dollar miqdorida bo`lishi mumkinki, u juda yirik korxonalarni ham o`z ichiga oladi. Хususiy mulk O`zbekistonda juda tezlik bilan shakllanmoqda. Uning hissasi xo`jalik sub`ektlari ichida 2003 yil boshida 44,1 foizni tashkil etdi. Bu 1996 yilning boshiga nisbatan 9,4 foiz ko`pdir.
Хususiy mulk ikki, ya`ni individual va korporativ shaklda bo`ladi. Individual mulk sharoitida boylik alohidalik asosida o`zlashtiriladi. Bunda mulk egasi mulki-dan foydalanishda ijaraga berish yoki biron guruhga qushi-lib ish tutishda to`la mustaqillikka ega bo`ladi.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling