Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk obyektlari va subyektlari


) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlatning ixtiyoriga oʼtkazilishi


Download 0.74 Mb.
bet3/6
Sana14.05.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1462347
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-мавзу2007 мулк (1)

1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlatning ixtiyoriga oʼtkazilishi;
2) davlat mablagʼlari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yoʼlida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va maʼnaviy boyliklarni hamjihatlik bilan oʼzlashtirishni bildiradi.

Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki boʼlib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila aʼzolarining mehnati asosida koʼpayadi va rivoj topadi.
    • Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, oʼz xoʼjaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va koʼpayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan olinadigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga asoslanadi. Shaxsiy mulk obʼektlari – bu turar joylar, bogʼ-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamgʼarmalari, uy-roʼzgʼor va shaxsiy isteʼmol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xoʼjalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar boʼlishi mumkin.

Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli boʼlib, yollanma mehnatga asoslangan holda foydalanadigan mulkdir.
    • Oʼzbekiston Respublikasining mulkchilik toʼgʼrisidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk oʼz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb koʼrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʼlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.

Oʼzbekistonda mulkchilikning turli-tuman shakllari rivojlanib bormoqda. 2018 yilning 1 yanvarь holatiga
Mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida nodavlat sektorining ulushi ham sezilarli darajada oshib bormoqda

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling