Mulkchilik shakllari


Mulkchilik munosobatlari va tarkibi


Download 84 Kb.
bet3/5
Sana27.03.2023
Hajmi84 Kb.
#1300451
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mulk shakllari

2.Mulkchilik munosobatlari va tarkibi
Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Hamisha avlodlar mehnati yaratgan va tabiat in'om etgan boyliklar mulk bo'lib kelgan. Mulk egasi bo'lish yoki bo'lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, aniqrog'i ularning sotsial maqomi yuzaga keladi. Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo'lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari bironta mulk ko'rinishida bo'lib harakatga keladi. Yaratilgan mahsulotlar ham muayyan mulk doirasida o'zlashtiriladi.
Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo'lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi »1. Kim mulkdor hisoblanadi va uning mulkiga nimalar kiradi? Bu savolning javobiga nafaqat narsalarning taqdiri, balki odamlar taqdiri ham bog'liq bo'ladi. Mulk - iqtisodiy jarayonlar va munosabatlarning boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi, shuning uchun masalani bir muncha chuqurroq o'rganib chiqamiz.
Bizning atrofimizdagi olam evolyutsion jarayon natijasida paydo bo'lganmi yoki Olloh taollo tomonidan yaratilganmi, bunga bog'liq bo'lmagan holda ravshanki yerda odam paydo bo' lmaguncha, xo'j alik ham, mulk ham bo' lmagan.
Yer yuzida odam paydo bo'lishi bilan manzara tubdan o'zgardi. Odam tayoqni qo'liga olishi bilan u nafaqat mehnat quroli, balki odamning shaxsiy cho'qmoriga, uning buyumi, shaxsiy ashyosi, mulki bo'lib koldi. Shaxsiy yoki guruhiy, qabilaviy buyum bo'lib himoya va hujum qurollari, mehnat qurollari va buyumlari, turar joy, kiyim, uy jihozlari paydo bo'lishi bilan ularda ham mulkchilik shakllana boshladi. Ovchilik va yerga ishlov berishni o'rganish natijasida odamlar, oilalar va qabilalar tomonidan yerlarni mulk tariqasida o'zlashtirish boshlanadi.
Mulkchilik munosabatlari - jamiyatdagi boyliklarni o'zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlarning ikki xilini farqlay bilish kerak.
Birinchidan, bu munosabatlar mulkdorning mulk ob'ektiga bo'lgan, ya'ni moddiy ashyoviy buyumlarni o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlardir. Ularni «sub'ekt-ob'ekt» munosabatlari deb atashadi, chunki ular mulk sub'ekti bilan mulk ob'ekti o'rtasidagi munosabatlardir.
Ikkinchidan, bu munosabatlar mulkdorlar orasida mulkka ya'ni mehnat natijalarini o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlardir.
Mulkning ob'ekti va sub'ekti mavjudligi tufayli mulkdorlar o'rtasida ularning ashyoviy o'zaro aloqalarini aks ettiruvchi iqtisodiy munosabatlar paydo bo'ladi. Bunday munosabatlar «ob'ekt-sub'ekt» munosabatlari deyiladi.
Odamlar o'z ishlab chiqarish faoliyatlarida va kundalik hayotida koplab predmetlarni, buyurtmalarni oladilar, o'zlashtiradilar va unga mulkdor sifatida egalik qiladilar, bu ashyoviy munosabatlardir. Bundan tashqari odamlar va odamlar guruhi predmet va narsalarni o'zaro bo'lishish uchun janjallarga kirishadilar, davlat mulkini xususiylashtiradilar va hatto ashyoviy boyliklarni o'g'irlaydilar. Bularning hammasi mulk tufayli mulkdorlar orasidagi munosabatlardir.
Sub'ekt ob'ekt munosabatlari, ya'ni ashyoviy mulkdor bilan mulk ob'ektlari o'rtasidagi munosabatlar haqida birmuncha to'laroq to'xtalamiz.
Qadimgi Rim huquqi bunday munosabatlarning uch turini - egalik qilish, boshqarish va foydalanishni farqlay olgan edi.
Egalik qilish - ob'ektning huquqiy jihatdan muayyan sub'ektga tegishli ekanligini ifodalovchi birinchi boshlangich mulk munosabati shaklidir. Egalik qilish mulkdorning hamma vaqt ham to'la amalga oshirmaydigan, ba'zan qanday amalga oshirishini bilmaydigan, nominal huquqdir.
Ba'zi Turkiston boylari mulkka ega bo'lib, ular haqida noaniq tasavvurga ega bo'lishgan, mulkni boshqarish bilan ish boshqaruvchilar shug'ullangan. Umumxalq mulkiga egalik huquqini moddiy tomondan qanday amalga oshirish mumkinligini hamma odamlar ham bilaveramaydi.
Mulk ob'ekti - mulkiy munosabatlarning passiv tomoni bo'lib, tabiat predmetlari, moddalar, energiya, ma'lumot butunlay yoki qisman mulkdorga tegishli bo'ladi. Umuman mulk ob'ekti bo'lib, mulkdor, mulk sub'ekti egalik qiladigan hamma narsa hisoblanadi.
Muhimi shundaki, mulk bir vaqtning o'zida ham iqtisodiy, ham huquqiy tushunchadir.
Mulkning iqtisodiy tomoni shundan iboratki, xo'jalik yuritishning usullari, mulk ob'ektlaridan iqtisodiy maqsadlarga foydalanish, mulk ob'ektini samarali, foydali, tejamli qo'llash, uni saqlash, ko'paytirish haqida mulk sub'ektining g'amxo'rlik qilishi ko'p jihatdan mulkning shakli va munosabatlariga bog'liq bo'ladi.
Mulkning huquqiy tomoni mulk sub'ektida shu mulkka egalik qilish, boshqarish va ulardan o'z hohishicha foydalanish imkoniyatlarini kafolatlovchi muayyan huquqiy imkoniyatlarning mavjudligi ko'rinadi.
Mulk huquqi mulkni boshqa shaxslarning tajovuz qilishidan saqlaydi, mulkni taqsimlash, bo'lib olish, bir ob'ektga bir necha kishi egalik qilish hollarida paydo bo'ladigan munosabatlarni tartibga solib turadi.
Tabiiy savol tug'iladi: «Deyarli barcha olam mulkining qaysidir belgilarga qismlarga ajratilgani, yaxshimi yoki yomonmi?». Bu ham yaxshi, ham yomon, yaxshi tomoni shundaki, narsa ular haqida g'amxo'rlik qilishi, ularni saqlashi, extiyotlashi, oqilona foydalanishi kerak bo'lgan xo'jayinga ega bo'ladi, buning yomon tomoni esa mulkka egalik qilish uchun tortishuvlar, janjallar, hatto urushlar ro'y beradi. Bundan tashqari odamda yoqimsiz yulg'ichlik hissiyoti, mulkni «o'z tomoniga og'dirishga» intilish paydo bo'ladi. Biroq mulksiz amalda iqtisodiyotni tashkil etish, tartib o'rnatish, iqtisodiy munosabatlarni boshqarish mumkin emas.
Umuman olganda boshqaruvchi mulkdor mulk ob'ektini boshqarish huquqini mulk egasidan olishi kerak, lekin bu qoida doim ham bajarilavermaydi: ba'zi hollarda boshqaruvchi mulkdor mulk egasining o'rnini vaqtincha egallaydi va go'yo uning nomidan harakatlanadi.
Masalan, juda ko'p hollarda davlat organlari xalqdan vakolat olmagan holda umumxalq mulkini boshqaradilar.
Foydalanish mulk ob'ektini belgilangan maqsadga foydalanuvchining ixtiyoriy va hohishicha mos ravishda qo'llashni anglatadi. Agar mulkdor foydalanuvchi uning egasi yoki mulk ob'ektini boshqaruvchi bo'lmasa u foydalanishni faqat mulkning egasi qo'ygan shartlarga mos holda amalga oshirilishi lozim. Masalan, siz mehmonga kelgach, stul yoki divanga o'tirishga taklif qilishlarini kutib turasiz.
Shunga o'xshash, begona narsalardan foydalanish uchun, uning egasi ruxsat berishini so'rash kerak bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda, masalan, tokar stanokdan foydalanishi uchun mulkni boshqaruvchisi sifatida ishtirok etayotgan ustaning ko'rsatmasini kutadi.
Egalik qilish, boshqarish, foydalanish bilan bir qatorda mulk munosabatlariga mulk ob'ektini saqlash va oqilona qo'llash uchun javobgarlikni ham kiritish kerak.
Boshqaruvchi - mulk egasi oldida, foydalanuvchi esa boshqaruvchi yoki mulk ob'ekti egasi oldida javobgar bo'lishi kerak.
Mulk munosabatlari avval aytib o'tganimizdek, faqat odamlar va mulk ob'ekti orasidagi munosabat bo lmasdan, balki predmetga mulkchilik tufayli bo linadigan odamlar orasidagi munosabat hamdir. Bunday munosabatlarning ikki turi mavjud.
Birinchi turi - mulkchilikning birgalikda kuchga kirishi tufayli paydo bo'lgan yangi yaratilgan mulkni taqsimlashdir. Mahsulotning o'zi taqsimlanadimi yoki uning qiymatimi yoki unga olingan pulmi - bulardan qat'iy nazar hamma hollarda mahsulotning qismlarini mulkdorlarga berkitish yuz beradi. Natijada, yangi yaratilgan mahsulot qismiga da'vogarlik qiluvchi hamma shaxslar mulk sababli o'zaro munosabatga kirishadilar. Munosabatlarning ikkinchi turi allaqachon mavjud bo'lgan mulkni qayta taqsimlash, mulkdorni almashtirish tufayli vujudga keladi. Masalan, mulk ob'ekti meros qoldirilishi, sovg'a qilinishi, xaridorga sotilishi, boshqaruvchining hohishi bo'lgan qayta taqsimlanishi mumkin. Bunda ko'pincha mulk shakli ham o'zgaradi. Oldingi va bo'lajak mulkdorlar orasidagi munosabat bu holda mulk munosabatlaridir.

Download 84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling