Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


-rasm Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari


Download 286.5 Kb.
bet10/11
Sana09.04.2023
Hajmi286.5 Kb.
#1345013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mulkchilik munosabatlar

3-rasm

Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi (4-rasm).
4-rasm

O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Yengil, mahalliy sanoatga, trans’ort va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rolg’ o’ynaydigan ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan tahminlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’’lab o’rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari Respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari bar’o etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini ‘asaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni tahkidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil koo’erativlar, shirkatlar, mashuliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obhektlar ro’yxatiga kirmagan barcha obhekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi.
XULOSA
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o’zlashtirish va foydalanish borasida subyektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida biznes yuritish tartib-taomillarini sezilarli darajada soddalashtirish, infratuzilmani yaxshilash va moliyaviy manbalarni kengaytirish, mulkdan foydalanishni erkinlashtirish, xususiy mulkni daxlsizligini ta’minlash orqali tadbirkorlikning izchil o’sishi ta’minlanmoqda.
Mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo’lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni, shu jumladan, avval xususiylashtirilgan mulkni olib qo’yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g’ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o’zboshimchaliklarga yo’l qo’ymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yganligi uchun ushbu mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar kompleks va tezkor hal etishni, barcha darajadagi davlat organlarining yagona uslubiy rahbarlik ostida o’zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik qilishini, xususiy mulkning ishlashi, yer uchastkalarini realizatsiya qilish, tender savdolarini o’tkazish hamda davlatga tegishli bo’lmagan bino va inshootlarni buzishga oid aniq va lo’nda huquqiy normalarni yaratishni, tadbirkorlik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlashni, aholining keng qatlamlarini biznes bilan shug’ullanishga faol jalb etishni talab etadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini yanada kuchaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha turtki berish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, joylarda ijtimoiy qamrov darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Mulkiy munosabatlarni takomillashtirish quyidagi usullarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • Tub uzgarish uchun real shart-sharoit yaratish- mulkni xakikiy mulkdorlar kuliga berish;

  • Kup ukladli iqtisodiyot hamda raqobat muxitini yaratish.

2012-2014 yillar mobaynida xususiy mulk mavqeini mustahkamlash, uning daxlsizligini tahminlash, biznes yuritish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g’risida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida (yangi tahrirda)», «Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to’g’risida», «Raqobat to’g’risida», «Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida»gi kabi o’nlab qonunlar qabul qilingan.
2017-yildan O’zbekiston Respublikasida mulkning turli shakllarini himoya qilish borasida qonunchilikni rivojlantirib borish natijasida mulkchilik tuzilishida tub o’zgarishlar ro’y berdi, ko’pukladli iqtisodiyot, uning tarkibida xususiy mulk ustuvor ahamiyat kasb etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hal qiluvchi o’rin egalladi, bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirish, odamlarning daromadlari va farovonligi oshib borishining asosiy manbai, aholi bandligi usishining eng muhim omiliga aylandi.

Download 286.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling