Mulkchilik shakllarini o'zgartirish yo’llari va usullari
Oila mulki ham individual xususiy mulkdan ajrab chiqib, alohidalashadi. Korporativ mulk
Download 86.5 Kb.
|
4.Mulkchilik shakllarini o\'zgartirish yo’llari va usullari
Oila mulki ham individual xususiy mulkdan ajrab chiqib, alohidalashadi.
Korporativ mulk shakli hissadorlikka asoslanadi, ya`ni bunda birgalikda ish ko`rish uchun guruhlarga qo`shi. Bunda, albatta mulkdor boylikni yakka o`zlashtirish huquqiga ega bo`ladiyu, lekin bu ma`lum guruhlarga birlashuv sharoitida yuz beradi. Korporativ xususiy mulkning tub mazmuni individual mablag`larni birlashtirish tufayli paydo bo`luvchi jamiyatlarning korporativ mulkidan iboratdir. Korporativ xususiy mulk xo`jalik yuritish zaruriyatidan kelib chiqib, katta mablag`lar ishlatish va kapitallarni birlashtirish orqali yuzaga keladi. Shu bilan birga mayda xususiy mulk mas`uliyati o`rniga korporativ mas`uliyat paydo bo`ladi. Korporativ xususiy mulk monopolistik mulkni ham yuzaga keltiradi. Bular korporativ mazmundagi yirik xususiy mulk birlashmalaridan iborat va ular juda katta hajmdagi boylikdir. Bu boylik esa ozchilik ixtiyorida bo`ladi. Tub xususiy mulkdan keyin mikdor jihatdan ko`p shaklli mulk turi xisoblangan birlashma mulki turadi. Birlashma mulkning korporativlik mazmuni bo`lsa ham u bir necha mustaqil mulk shakllaridan, ya`ni aktsio-nerlik, jamoa, kooperativ, qo`shma tashkilotlar mulki kabilardan iborat bo`ladi. Shu bilan birga korporativ xususiy mulkdan farqli o`laroq bunda davlat va chet mamlakatlar mulklari ham ishtirok etadi. Bundagi ko`p tarqalgan bu mulk shakli avvalo jamoa mulkidir. Bu mayda xususiy mulkchilarning birlashmasi sifatida yuzaga kelib, bir qancha ustunliklarga ega. Bundagi muhim tomon asosan sarmoyalarni kuchaytirish imkoniga ega bo`lish, mulkchilarning monopollik harakatiga bardosh bera olish imkonini yaratishdir. Bu xil jamoa mulki turli tarmoqlarda harakatda bo`ladi, ya`ni bu mulkchilik ishlab chiqarish, muomala sohalari, infrastrukturalarda faol qatnashishi mumkin. Jamoa mulki, ayniqsa bevosita iste`mol buyumlari ishlab chiqarish va iste`mol qilish tarmoqlarida katta o`rin egallaydi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, ta`minlash, qurilish kabilarda uning ta`siri juda katga. Rivojlangan mamlakatlar ayniqsa, YAponiyada bevosita iste`mol va umuman, inson hayoti sharoitida bu mulk shaklining o`rni katta. U erda minglab jamoa korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Bizning sharoitimizda asosan qishloq xo`jaligida bu mulk shakli keng quloch yoygan. Bular asosan jamoa, guruh mulki asosida harakatdagi xo`jaliklardir. Bundan tashqari savdoda, qishloq xo`jalik mahsulotlarini xarid qilish va qayta ishlashda ham bu xil mulk keng tarqalgan bo`lib, bular matlubot jamiyatlari, xarid-savdo bir-lashmalaridir. Jamoa mulki mayda mulkchilar faoliyatida ahamiyatli-dir. Chunki alohida holda mayda mulk samara keltirishi u yokda tursin, hatto raqobatga bardosh bera olmasligi va arzigulik ish ko`ra olmasligi mumkin, mayda mulkdorlar esa o`zaro birlashib, kattaroq hajmda tijorat ishlarini amalga oshirish imkonini tug`diradi. Shuning uchun ham xaqiqiy demokratik asosda yuzaga kelgan jamoa mulki va bu asosdagi xo`jalik juda ahamiyatlidir. Har bir bunday birlashma ma`lum darajada erkin harakatni chegaralashi sababli bir-lashuv faqat ixtiyoriylikni talab etadi. Shuni e`tirof etish zarurki, jamoa mulkiga davlatchilikni singdirish faqat zarar keltiradi: jamoa mulkidan kutilgan samara bo`lmaydi. Jamoa mulkining qo`llanilishidagi yana bir xususiyat shundan iboratki, boylikning o`zlashtirilishi uchun ish faoliyatida birgalikda qatnashish talab etiladi. Chunki, jamoa mulki mehnatsiz o`zlashtirishni inkor etadi va kor-porativ xususiy mulkdan farqlanib, ham mulkka, ham mehnatga hissa qo`shishi zarur hisoblanadi. Bu asosda tashkil etilgan xo`jalikdagi asosiy ish kuchi shu mulk egalarining o`zidir. Shu bilan birga zaruriyat talabi bilan yollanma mehnat jalb etilishi hollari ham mavjud bo`ladi. Mayda mulk bo-zorda ta`sirli kuchga ega bo`la olmasa, uning birlashuvi natijasida yuzaga keladigan jamoa mulki katta o`rin egallaydi va bozor iqtisodiyotining muhim ishtirokchisiga ay-lanadi, uning rivojida faol qatnashish imkonini tug`diradi. Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling