Mulkchilik shakllarini o'zgartirish yo’llari va usullari


Download 86.5 Kb.
bet4/5
Sana16.11.2023
Hajmi86.5 Kb.
#1778289
1   2   3   4   5
Bog'liq
4.Mulkchilik shakllarini o\'zgartirish yo’llari va usullari

Kooperativ mulki jamoa mulkining ko`p uchraydigan shaklidir. Kooperativ xillari ko`p, ular shu xil mulkka asoslangan va keng tarqalgan korxonalardir. Kooperativlarga birlashganlarning mulki umumiy va daromadi asosan sarf etilgan mehnat bilan belgilanadi. Bu guruh asosidagi birlashma bo`lib, hissadorlik mazmunida tashkil topadi. Kooperativlarda qo`shilgan mulk bilan bir qatorda shaxsiy qatnashuv hal qiluvchi rol o`ynaydi. Har bir kooperativ bozorda mustaqil ishtirokchi sifatida faoliyat ko`rsata oladi.
O`zbekiston sharoitida mahalla mulki ham rivojlanib, uning ahamiyati o`sib bormoqtsa.
Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu - qo`shma mulkdir. O`z nomi bilan bu — mulklarning bir-biriga qo`shilishi tufayli yuzaga keladi. Ikki usulda barpo bo`lishi mumkin bo`lgan bu xil mulk mamlakatning ichki va tashqi imkoniyatlariga borliqdir. Chunki qo`shma mulk ichki yirik mulklarning bir-birlari bilan qo`shilib ish ko`rishga asoslanadi, shu bilan birga mamlakatlararo qo`shilish tufayli ham shakllanadi. Shuning uchun ham boshqa xil mulk shakllaridan farqli o`laroq, bu mulk xalqaro ahamiyat kasb etadi. Avvalo, mamlakat ichida turli mulklarning qo`shilishi orqali paydo bo`lib, bunda davlat asosiy rolni o`ynaydi. Aytaylik, davlat mulkiga xususiy va jamoa mulklarini tortish tufayli xo`jaliklar tashkil etish yoki ayrim xo`jalik faoliyati turi bo`yicha qo`shilib ish ko`rish mumkin va bunda turli mulk sarmoyalari jalb etilgan bo`ladi. Bunday sharoitda faoliyat imkoniyatlari kengayadi, samara-dorlik darajasi ortadi. Ayniqsa, bunday mulk shakli ishlab chiqarishni kengaytirish, investitsiya sohasi, yangi tarmoklar yaratishda juda ahamiyatlidir.
Ma`lumki, bozor munosabatlariga o`tishda chet sarmoyalarni jalb etish alohida ahamiyat kasb etadi. Mulk nuqtai nazaridan olsak, bu chet kapitalini jalb etgan holda qo`shma mulkni avj oldirishdir. Mamlakatimizda, ayniqsa Turkiya, Koreya Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi, AQSh kapitallari ishtirokida qo`shma mulklar ko`paymoqtsa. 2002 yilga kelib chet investitsiyasi bilan ish ko`rayotgan korxonalar soni 3061 ga etdi va shulardan 985 tasi shakllanish darajasidadir. 2001 yilning o`zida bunday qo`shma korxonalarda ishlab chiqarish 6,7 marta o`sdi va mahsulot 41,6 mlrd so`mga etdi. Qisqa vaqt ichida barpo etilgan bunday korxonalar miqdorining shunday darajaga etishi katta muvaffaqiyatdir, albatta. Lekin bu jarayon yana ham tezlashishi zarur.
Chetki kapital asosidagi qo`shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda ortib boradi. Katta mablag`lar talab etiladigan sharoitda qo`shma mulk orqali chet kapitalini jalb etish zaruriyatdir. Zero, yuqorida aytganimizdek, respublikamiz oldida xalq xo`jaligi tizimini tubdan o`zgartirish, yangi tarmoqlar yaratish, zamonaviy texnologiyani o`zlashtirish kabi yirik iqtisodiy vazifalar turibdiki, ular nihoyatda katta sarmoyalarni talab etadi, qo`shma mulk esa bu muammoni echishda katta rol o`ynashi turgan gap.
Qo`shma mulk tufayli jalb etilgan chet kapitali yangi texnologiyani olib kirmokda. Chunonchi, Koreya Respublikasi, Germaniya Federativ hukumati kapitallari asosida yuzaga kelgan qo`shma korxonalar respublikamiz uchun yangi zamonaviy avtomobil sanoatini yuzaga keltirish imkonini bermoqda.
Хomashyoviylik yo`nalishini bartaraf etib, paxtadan kiyim-kechak tayyorlashgacha bo`lgan texnologik ishlab chiqarishni yaratishda Turkiya, Koreya Respublikasi kabilar bilan yuzaga kelayot-gan qo`shma mulk juda ahamiyatlidir. Bunday jarayonlar kundan-kunga rivojlanib, turli mamlakatlar ishtirokida qo`shma mulkni kengaytirish yanada avj olmokda. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad qo`shma mulkning shakllanish jarayoniga chetdan yirik kapitallarni jalb etish, uni miqdori va hajmini kengaytirish yo`li bilan yangi tarmoqpar barpo etish, zamonaviy texnologiyani qo`llash kabi hajmli sarmoyalarga bog`liq masalalarni muvaffaqiyatli bajarishni tezlashtirishdir.
Keyingi vaqtlarda tashkilotlar mulkining mavqei ham oshmoqtsa. Chunki, ularning xo`jalik — tijorat faoliyatlarining o`sishi mulkni badal puli chegarasidan allaqachon chiqarib yubordi. Bular turli partiyalar, kasaba va yoshlar uyushmalari, turli fondlar kabilarning mulklaridir.

Download 86.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling