Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 203.48 Kb.
bet6/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadqiqotda qo‘llanilgan tilshunoslikning turli nazariyalarini ko‘rib chiqish va zamonaviy ilmiy nutqda noaniq bo‘lgan “mansublik” tushunchalari, badiiy matnlarda so‘zlashuv nutqiga doir aktlarning mansublik xususiyatlarini aniqlash, mansublik tushunchasi, uning ta’rifi, mansublikka oid nazariyalar o‘zbek va boshqa tillar materiallari, xususan, beixtiyor muloqot matni, badiiy, publitsistik va ilmiy ommabop asarlar asosida ochib berilishi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlar ssenariysini (2021-2022-yillar) tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022-yil 7-maydagi 04/36-568-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning tinglovchilar auditoriyasiga moslanishi yaxshilangan, muloqot samaradorligi oshgan;
til tashuvchilarining moʻtadil mansublik muhitidan o‘zgaruvchan va o‘zgacha madaniy yoki ijtimoiy doiraga o‘tishi olam manzarasining boshqacha variantini qabul qilishi va unga muvofiqlashuv jarayonlarining kechishi va bu jarayonda asos muloqot vositasi bo‘lgan til muammosining hal etilishi migrantlar diskursi misolida ochib berilishi, mansublikning hududiy mansublik, yoshga xos mansublik, diniy mansublik, nasl-nasab mansubligi, etatik (davlatga) mansublik turlarining tartibga solingan diskurs, spontan diskursdagi relyatsiyasi kabi ilmiy yangiliklaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika instituti 2022-yil 29-oktabrdagi 298-son ma’lumotnoma). Natijada ta’limiy, madaniy sohadagi tadbirlar, amaliy ishlarda ilmiy asoslanganlik darajasi oshgan;
ijtimoiy, gender va boshqa mansubliklarning milliy o‘ziga xoslikni ta’minlashdagi o‘rni, mansublikning ta’rifi, matnning grammatik, leksik va semantik, shuningdek, lingvostilistik imkoniyatlarining lisoniy madaniyatni ta’minlashdagi vazifalari tahlili va mansublik xususiyatlari, tartibga solingan diskurs, spontan diskursning mansublikka oid farqlari, mansublikni ifodalash uchun maxsus va vazifadosh shakllar, eksplitsit va implitsit jihatlar bilan bog‘liq ilmiy xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universiteti 2022-yil 31-oktabrdagi 39/08-3912-son ma’lumotnoma). Natijada ommaviy muloqotning lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqishda muloqot mansubligiga doir nazariy va amaliy materiallar qo‘lga kiritilgan;
ijtimoiy, gender va boshqa mansubliklarning sud materiallarida aks etishi va so‘zlovchi tavsifini yaratishdagi o‘rni, mansublikni ko‘rsatuvchi til birliklarining ta’rifi, matnning qurilishi, mazmuniy tomonlari, lug‘aviy ta’minoti, shuningdek, lisoniy uslubiy vositalarning muloqot o‘ziga xosligini ta’minlashdagi jihatlari va mansublik xususiyatlari, sud diskursining mansublikka oid farqlari, ushbu diskursda mansublikni ifodalash uchun maxsus va vazifadosh shakllar, eksplitsit va implitsit jihatlar bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan loyihada foydalanilgan. Natijada sud lingvistikasiga oid amaliy va nazariy qarashlar yangi materiallar bilan boyitilgan. Ushbu ilmiy xulosa va natijalardan Andijon davlat universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan “PZ-20170926286. O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universiteti 2022-yil 31-oktabrdagi 39/08-3913-son ma’lumotnoma). Natijada sud va tergov muloqoti doirasida mansublikni to‘g‘ri belgilash tergov xulosalarining aniqlashtirishi ochiqlangan.

Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling