Muloqot psixologiyasi. Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi


Download 123.16 Kb.
bet23/25
Sana04.01.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1076990
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
7-ma\'ruza TT (1)

Qarorni ijro etish. qaror unga muvofiq keladigan choralar ko`rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. qarordan harakatga o`tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir.
Irodaviy harakatlar ikki xil bo`ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o`yin, sport mashg`ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko`p vaqt takrorlanib, o`zlashib ketgan ko`nikma va odat bo`lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir.
Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. Shaxsning irodaviy sifatlari. Irodaviy zo`r berish. Qabul qilingan qaror to`g`ridan-to`g`ri, avtomatik ravishda amalga oshirilavermaydi. qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun ongli ravishda irodaviy zo`r berish ham kerak.
Irodaviy zo`r berish ongning avvalo nerv-muskul apparatining zo`riqishida ifodalanadi va organizmning tashqi ko`rinishlarida namoyon bo`ladi. Irodaviy zo`r berishning ana shu ifodali tomoni odamning iroda holatini tasvirlovchi badiiy asarlarda gavdalantirilganini ko`p uchratish mumkin.
Ba`zi odam irodaviy zo`r berolmagani sababligina qabul qilgan qarorni muddatida ijro etolmaydi. Bunday hollarda "bajarsammikan yoki yo`qmi" degan yangi kurash ham boradi. Zo`r berish uchun yana kuch sarflashga to`g`ri keladi. Kuch sarflay olmaslik yoki bu masalada ikkilanish irodaning shu paytdagi bo`shligini ko`rsatadi. Qabul qilingan qarorni zo`r berish yo`li bilan ijro etish irodaning muhim belgisi hisoblanadi.
Irodaning o`ziga xosligi ongli ravishda zo`r berishning biron darajasida bajariladigan harakatlardan iborat. Irodaviy zo`r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo`lida uchraydigan to`siqlarni engishda namoyon bo`ladi. Kishining irodasi juda katta to`siqlarni yengishga to`g`ri kelganda, ayniqsa yaqqol ko`rinadi. Irodaviy zo`r berish va irodaviy harakatlar yo`li bilan yengishga to`g`ri keladigan to`sqinliklar ikki xil: ichki va tashqi to`sqinliklarga bo`linishi mumkin.
"Harakat qilish o`ziga qanday o`rgatilgan bo`lsa - deydi I.M.Sechenov - harakatni to`xtatib qolishni boshqarishga ham shunday o`rganmoq kerak".
Kishi irodaviy zo`r berish yo`li bilan ixtiyorsiz faollikni batamom yo`qotib yubormaydi, balki shu faollik ko`rinishlarini faqat o`zgartiradi, yoki bosib qo`yadi. Ixtiyorsiz faollik ko`rinishlarini bosilishi vazminlik deb ataladi.
.

Iroda-avvalo kishining o`zini qo`lga ola bilishi, o`z intilishlari, hissiyotlari va ehtiroslarini bosa bilishi demakdir. Iroda kishining o`z- o`zini idora qila olishi, o`z xulqi va faoliyatini anglab, bilib tartibga solish va boshqara olish qobiliyati demakdir.


Kishining ichki to`siqlarni yenga olish, o`zini boshqarish va o`z ustidan hukmronlik qila olish qobiliyati odatda ichki iroda deb yuritiladi. Kishi irodaviy zo`r berish yo`li bilan tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydigan tashqi to`siqlarni yengishi zarur bo`ladi. Kishi o`z oldiga qo`yilgan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to`sqinliklarni yengib o`tadi, voqelikni o`z maqsadiga muvofiq ravishda o`zgartiradi va uni o`z ehtiyojlariga moslashtiradi. Insonning to`siqlarni, tashqi qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati tashqi iroda deb ataladiKishining irodaviy sifatlari ya`ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo`ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema tarzida quyidagicha ifodalanadi
Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo`yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya`ni doimiy xislatlari) bo`lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o`ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo`lishi shu kishi xarakterining xislati bo`lavermaydi.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling