Muloqot psixologiyasi. Shaxsning hissiy-irodaviy sohasi


Download 123.16 Kb.
bet21/25
Sana04.01.2023
Hajmi123.16 Kb.
#1076990
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
7-ma\'ruza TT (1)

V.I.Selivanov irodaning psixologik jabhalarini yoritayotib, u shunday g`oyani ilgari suradi, insonning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o`zida mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u yoki bu ongli harakati o`zining tuzilishiga ko`ra bir davrning o`zida ham aqliy, ham hissiy, ham irodaviy hisoblanadi.
Tadqiqotchi V.I.Ivannikov esa irodani motivatsiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi. Shuningdek, harakat ma`nosining o`zgarishi hisobiga tarmoqlovchi yoki qo`shimcha turini yaratuvchi imkoniyat yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi, yoinki vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqaruv esa harakatni "ixtiyoriy boshqaruv ko`rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, bunda boshqaruv motivatsiyaning ixtiyoriy o`zgarishi orqali amalga oshirilishi sifatida qaraladi.
P.M.Yakobson bo`lsa, irodaning muhim sifatlari sifatida mustaqillik, qat`iylik, tirishqoqlik o`zini uddalashni ko`rsatadi. Insonda namoyon bo`ladigan irodaviy sifatlar sarasiga A.I.Shcherbakov quyidagilarni kiritadi: sobitqadamlik va tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va qat`iyatlilik, chidamlilik va o`zini uddalashlik, botirlik va jasoratlilik.
Iroda borasidagi tadqiqotlarda "ishonch" atamasi qo`llanilishi kamdan-kam hollarda qo`llaniladi. Shunga qaramasdan ishonch, iroda sifati tariqasida tadqiq etilishga haqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tomonidan quyidagicha tadqiqot ishi amalga oshirilgan. Tadqiqotchining ta`kidlashicha, bir talabaga qisqa vaqt (fursat) ichida insititutni tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu ishni uddasidan chiqa olmaslikni oshkora bildirgan. Shundan so`ng tadqiqotchi talabada o`z kuchiga ishonch uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan va unda irodaviy zo`r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. Buning natijasida talaba o`z maqsadiga erishishga musharraf bo`lgan.
Irodaviy akt va uning tuzilishi. Ixtiyoriy harakatning dastlabki boshlang`ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o`rtaga qo`yilishidir va uning tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin.


Maqsad-kishining shu paytda ma`qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish demakdir.
Istak paytida kishi qanday maqsadga intilayotganini bu maqsadga erishishning yo`l-yo`riqlarini anglab yetmas ekan, demak, istakni bevosita amalga oshirish ham mumkin emas.
Ehtiyoj ko`ngildan kechib, mudom kuchaygan shu ehtiyojni qondirishga intilish maqsadi ham anglanila boshlaydi. Bunday anglanilgan ehtiyojlar tilak-havaslar deb ataladi. Ammo odam o`z intilishlarining maqsadini tasavvur qilganda ham shu maqsadga yetishish yo`llari va vositalarini hali tasavvur qila olmasligi mumkin. Bunday to`la anglanilmagan intilishlar (tilak, havas) ba`zan zo`r xayol surish bilan, ba`zan esa cheksiz orzu bilan bog`liq bo`ladi. Ba`zan (xayolparast insonlarda) bunday tilak havaslar ko`ngildan kechirish orqali orzu (fantaziya) doirasida qolib ketaveradi.
Rejalashtirish murakkab aqliy faoliyat bo`lib, aniq, muayyan va ravshan maqsadni belgilash, shuningdek shu maqsadga yetish uchun eng to`g`ri usul va vositalarni qidirib topishdan iborat. Rejalashtirish jarayonida mumkin va zarur bo`lgan hamma harakatlar, mumkin bo`lgan qiyinchiliklar va to`siqlar hisobga olinadi, ish-harakat natijalariga dastlabki baho beriladi. Odam asosiy rejaga ega bo`lgan bir qarorga kelishi, maqsadiga yetishishi mumkin.

Download 123.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling