Muloqotchanlik sifatlarini takomillashtirish
Download 1.06 Mb.
|
Muloqotchanlik sifatlarini takomillashtirish
Muloqotchanlik sifatlarini takomillashtirish Kishilar bir-birlari bilan muloqotga kirishar ekan, ulaming asosiy ko'zlagan maqsadlaridan biri — o'zaro bir-birlariga ta ’sir ko'rsatish, ya’ni fikr-g'oyalariga ko'ndirish, harakatga chorlash, ko'rsatmalarni o'zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta ’sir — bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xattiharakatlariga ta ’sir ko'rsata olishdir. V. Karimovaning fikricha, psixologiyada, psixologik ta’siming uch vositasi farqlanadi: 1. Verbal ta ’sir — so'z va nutqimiz orqali ko'rsatadigan ta ’sirimiz. Asosiy vosita bu yerda so'zlardir. Nutq — so'zlashuv, o'zaro muloqot jarayoni bo'lib, uning vositasi so'zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham kishi o'zidagi barcha so'zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta ’sirchan so'zlami topib, sherigiga ta’sir ko'rsatishni xohlaydi. 2. Paralingvistik ta’sir — nutqning atrofidagi uni bezovchi, kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to'xtashlar, duduqlanish, yo'tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, do'stim iz bizga biror narsani va’da berayotgan bo'lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. 3. Noverbal ta’siming ma’nosi “nutqsiz”likdir. Bunga suhbatdoshlarning ttiakonda bir-birlariga nisbatan tutgan o ‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantom im ika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko'ra, birinchi m arta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo'lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harakatlar 58% gacha ta ’sir qilarkan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko'proq ta’sirga ega bo'lishi sheriklaming rollariga bog'liq. Ta’sirning tashabbuskorida ataylab ta ’sir ko'rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o'm idan turib kutib oladi, quyuq so‘rashadi, keyin maqsadga o'tadi. Ta’siming adresati — ta ’sir yo'naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskoming suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo'lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo'lsa, u tashabbusni o'z qoiiga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo'ladi. Kommunikativ jarayonda o'zaro aloqa to'rt bosqichni bosib o'tadi: 1-bosqich: muloqot ishtirokchilarining bir-biriga yo'nalishi. 2-bosqich: muloqot ishtirokchilarining bir-birini aks ettirishi. 3-bosqich: muloqot ishtirokchilarining bir-biriga axborot uzatishi. 4-bosqich: muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi aloqaning tugatilishi. Masalan, avtobusda kelayotgan A ning oldidagi bo'sh o'rindiqqa В o'tirish uchun tayyorlanmoqda. В aw al A ga qaradi. A o'z navbatida В ga razm soldi (tom onlar bir-biriga yo'naldi). A esa В ning tashqi ko'rinishida hech qanday xavotirga soladigan belgilar yo'qligini ko'rdi. В ham A ning hech qanday yoqimsiz belgilari yo'qligini payqadi (tomonlar bir-birini aks ettirdi). В o'tirdi. A o'z navbatida В ning unga xalaqit bermayotganligini yuz ifodasi yoki so'z bilan bildirdi. В ham A ning biroz surilganligiga yuz ifodasi yoki so'z bilan tashakkur bildirdi (tom onlar axborot almashdi). A o'qib kelayotgan kitobiga e ’tiborini qaratdi. В o 'z xayollariga berildi (aloqa tugatildi). Biror sabab tufayli aloqani tugatishga hali erta bo'lsa, individ ikkinchi bosqichga qaytadi, undan uchinchi bosqichga o'tadi. Aloqa tugatilmaguncha bu jarayon davom etaveradi. 1. Primitiv daraja — asosiy belgisi suhbatdoshga shunchaki bir buyum sifatida munosabatda bo'lish. Bu buyum primitiv darajada muloqotga kirishgan inson uchun kerak bo'lgan buyum yoki xalaqit berayotgan buyum bo'lishi mumkin. Agar kerak bo'lsa, uni egallashga harakat qiladi, xalaqit berayotgan bo'lsa, uni uloqtirib tashlashga intiladi. 2. Manipulativ daraja — unda muloqot ishtirokchisi suhbatdoshini raqib deb biladi va uni yengishga harakat qiladi. Manipulator ongli yoki ongsiz ravishda moddiy yo psixologik manfaatni ko'zlab, turli maxsus usullar bilan suhbatdoshi ustidan g'alaba qozonishga urinadi. M anipulativ darajaning m uhim belgisi shuki, unda suhbatdosh shaxsining zaif tomonlariga qiziqish kuchli bo'ladi. 3. Standartlashgan daraja — unda suhbatdoshga nisbatan qiziqish mavjud bo'ladi. Bu qiziqish suhbatdoshning muayyan ijtimoiy rolga egaligi bilan xarakterlanadi. Standartlashtirilgan darajada muloqot ishtirokchilari o'rtasida «niqoblar aloqasi» amalga oshadi. Niqob turlari: «nol niqob» — «men sizga tegmayapman, siz ham menga tegmang», degan befarqlik niqobi, «ylbars niqobi» — «menga tegib ko’ringchi» degan m a’noni anglatuvchi qo'rqitishga qaratilgan niqob, «quyon niqobi» — «menga tegmang, men juda kuchsizman» degan m a’noni anglatuvchi niqob, «masxaraboz niqobi» — «men hech narsani bilmayman, menga tegishning hojati yo'q» degan m a’noni anglatuvchi, o'zini anqov, go'l qilib ko'rsatishga harakat qiluvchilar niqobi Muloqotning o'rta darajasi quyidagidan iborat: Konvensional daraja — bu daraja quyi va yuqori darajalar oralig'idadir. Unda ilk bor suhbatdosh shaxsiga nisbatan qiziqish qisman bo'lsa-da ochiqlik (suhbat ro'y berayotgan vaziyatdagina) paydo bo'ladi. Konvensional darajadagi muloqot to'laqonli, suhbatdosh haqida qayg'urish, uning o'rniga o'zini qo'yishga tayyorlik vujudga keladigan muloqotdir. Muloqotning yuqori darajalari quyidagilardan iborat: 1. Ishchan daraja — unda suhbatdoshning asosan ishchanlik xususiyatlariga nisbatan qiziqish bo'ladi. Ishchan darajada suhbatlashib insonlar o 'z munosabatlarining moddiy natijalariga ega bo'ladilar, ular o'rtasida ancha barqaror ishonch va bog'lanish hislari shakllanadi. Yoki juda kuchli antipatiya ham shakllanishi mumkin. 2. O‘yinli daraja — ushbu darajada suhbatdosh shaxsining xususiyatlariga jonli, simpatiyaga asoslangan, hech qanday g'araz maqsadlami ko'zlamaydigan qiziqish mavjud bo'ladi. 0‘yinli darajada muloqot ishtirokchilarining bir-biriga bo'lgan qiziqishi ancha yuqori bo'ladi, tom onlar o‘zini juda ochiq tutadi, suhbatdoshlar bir-birining «rolini» o'yngydi. Bu daraja pedagogik muloqot uchun ancha samarali. Ma’naviy daraja — inson muloqotining eng yuqori darajasidir. Unda suhbatdosh shunchaki bir inson emas, balki yuksak hurmatga sazovor xislatlar egasi, betakror ruxiyot sohibi sifatida talqin etiladi. Ana shu xislatlar suhbatdoshga nisbatan iliqlikni uyg'otadi, u bilan bo'lgan muloqot unutilmas darajaga yetadi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling