Multimedia aloqa tarmoqlarini modellashtirish Reja


Download 9.69 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi9.69 Kb.
#1328604
  1   2
Bog'liq
Multimedia aloqa tarmoqlarini modellashtirish Reja-fayllar.org


Multimedia aloqa tarmoqlarini modellashtirish Reja

Multimedia aloqa tarmoqlarini modellashtirish
Reja:

  • Multimedia trafigini IP-tarmoq orqali uzatish jarayonini modellashtirish.

  • Konseptual model.

  • Matematik model. Multiservis tarmoqlarini matematik modellashtirishning asosiy vazifalari.

  • Multiservis tarmoqlarini modellashtirishning matematik usullari

  • Multiservis tarmoqlarini matematik modellashtirish tizimini qurishning asosiy tushunchalari

Modellashtirish jarayoni konseptual modelning yaratilishidan boshlanadi.Konseptual model- bu tizimning tarkibini (elementlari va bog’lanishlarni) aniqlovchi abstrakt model.


Odatda konseptual modelda tadqiqot obyekti to’g’risidagi asosiy elementlar va elementlar orasidagi eng muhim bog’lanishlar og’zaki shaklda keltiriladi.Hozirgi vaqtda konseptual modelning yaratish jarayoni shakllanmagan :uning aniq yaratilish qoidasi mavjud emas.Konseptual modelning yaratilishidagi asosiy muammo – bu modelning ixchamligi va uning aniqligi orasidagi murosadir.
Konseptual model deb shunday tarkibiy modelga aytiladiki, uni, ya'ni tarkibiy modelni, shakllantirish mobaynida tadqiq etilayotgan ob’yekt sohasidagi bilim va tasavvurlardan foydalaniladi.
Konseptual modelda quyidagilar aniqlanadi:

  • original Sorg ob’yekt (tizim) tarkibi va tuzilmasi;

  • tadqiq qilinayotgan tizimga tegishli va modellashtirishning maqsadiga erishishda muhim bo'lgan elementlarning xususiyatlari va kirish-chiqish parametrlari (sabab-oqibat) orasidagi bog'liqliklar.
    Konseptual modelda, odatda, quyidagilarga e'tibor qaratiladi:

  • tadqiq qilinayotgan tizimning elementar hodisalari tabiati va parametrlari;

  • elementar xodisalarning ko'rinishi va ularning o'zarobog'liqlik darajalari;

  • tizimning umumiy ishlash jarayonida har bir elementar xodisaning o'rni va ahamiyati.

Konseptual modelga kengroq ma'noda qaraydigan bo'lsak, u holda konseptual modelni ma'lum bir mazmun yoki nuqtai nazarga asoslangan tarkibiy model deb tushunish lozim bo'ladi.


Konseptual modelni 3 ta ko'rinishi mavjud: 1) logiko-semantik; 2) tuzilmaviy-funksional; 3) sabab-oqibat.
Logiko-semantik modelda ob’yekt qaysi soha elementi hisoblansa, o'sha soha atama va tushunchalarida tasniflanadi. Mazkur tushuncha va atamalar o'z ichiga shu soha bo'yicha mantiqan qarama-qarshi bo'lmagan barcha tasdiq va dalillardan iborat bilimlarni oladi. Bunday modellarni tahlil qilish predmet sohasi bo'yicha yig'ilgan bilimlarga tayangan holda mantiq vositalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ob’yektni tuzilmaviy-funksional modeli qurilayotganda u (ya'ni, ob’yekt) yaxlit tizim sifatida qaralib, tizim alohida elementlarga yoki qism tizimlarga ajratiladi (bo'laklanadi). Masalan, tizim mantiqiy yoki vaqtga bog'liq ravishda ketma-ket hal qilinadigan alohida qism tizimlarga bo'laklanadi.
Tizim qismlari tuzilmaviy munosabatlar orqali o'zaro bog'lanadi. Bunday modellarni tasvirlashda turli hil sxemalar, xaritalar va diagrammalar qulay bo'lib hisoblanadi.
Sabab-oqibat ko'rinishdagi modellardan, ko'pincha, ob’yekt xolatini tushuntirish va bashoratlashda foydalaniladi. Mazkur modellar asosan quyidagilarga yo'naltirilgan bo'ladi:

  • tadqiq qilinayotgan ob’yektning tashkil etuvchi elementlar orasidagi asosiy bog'liqliklarni aniqlash;

  • bir omilni (biror bir xususiyatni) o'zgarishi model komponentlari holatiga ta'sirini aniqlash;

  • yaxlit holda model qanday ishlashi hamda model tadqiqotchini qiziqtiruvchi parametrlarni o'zgarishini (dinamikasini) to'laqonli (mos, adekvat) ifodalab bera olishini tushunish.

Formal (rasmiy) model deb konseptual modelni bir yoki bir necha formal tillar (masalan, matematik nazariya tillari, algoritmlash tillari va shunga o'xshash) orqali ifodalashga aytiladi.


Gumanitar fanlarda modellashtirish jarayoni, ko'p hollarda, ob’yektni konseptual modelini qurish bilan yakunlanadi.
Tabiiy fanlarda esa, odatda, formal modelni qurishga muvofaq bo'linadi. Shunday qilib, kognitiv, tarkibiy va formal modellar modellashtirishning 3 ta o'zaro bog'langan bosqichini tashkil qiladi (quyidagi chizma).
Modellashtirish bosqichlarining o'zaro ta'siri modelning potensiallik xossasi bilan bog'langan. Ixtiyoriy modelni yaratish tadqiq qilinayotgan ob’yekt haqida yangi bilimlarni paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lib, modellashtirish ob’yekti bo'yicha qarash va konsepsiyalarni aniqlashtirish va qayta baholashga olib keladi.
Mazkur holat o'z navbatida mos tarkibiy va kognitiv modellarni qayta ko'rib chiqishga olib keladi hamda modellashtirishni barcha bosqichlarini spiral rivojlanishini ta'minlab beradi.
Matematik model deganda ob’yektni kirish qiymatlariga mos chiqish parametrlarini qiymatlarini aniqlab beruvchi ixtiyoriy operator tushuniladi, ya'ni
A:X→Y, X ΩX, Y ΩX
Ma'lumki, matematik modellashtirish moddiy modellashtirishga nisbatan quyidagicha ustunlikga (afzallikga) ega:

  • tejamkor;

  • gipotetik (xayoliy), ya'ni tabiatda joriy qilinmagan ob’yektlarni, modellashtirish imkoniyati (loyihalashning turli bosqichlarida);

  • natural holda joriy qilish murakkab yoki xavfli bo'lgan rejimlarni joriy qilish imkoniyati;

  • vaqt masshtabini o'zgartirish imkoniyati;

  • kengqamrovli tahlilning soddaligi;

  • bashoratlash sababli umumiy qonuniyatlarni aniqlay olish imkoniyatini kattaligi;

  • olib borilayotgan ish texnik va dasturiy ta'minotining universalligi.

Matematik modellashtirish aniq fanlardagi turli amaliy masalalarni yechishda muvaffaqiyat bilan qo`llanib kelinmoqda. Matematik modellashtirish uslubi masalani xarakterlaydigan u yoki bu kattalikni miqdor jixatdan ifodalash, so`ngra bog`liqdigini o`rganish imkoniyatini beradi. Uslub asosida matematik model tushunchasi yotadi.


Download 9.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling