Multimedia texnologiyalari
Download 21.26 Kb.
|
Seminar raisi: Seminarning muhokama qismiga o‘tamiz. Kimda qanday savollar va takliflar bo‘lsa marhamat.
Savol. t.f.d., professor Ravshanov N. Dissertatsiya ishining obyekti mutaxassislik shifriga mos yozilganmi, asoslab bering? Javob. Dissertatsiya ishida asosan hisoblash jarayonini g`ovak muhitli qatlamdagi neftning filtratsiya jarayonida bosimni o`zgarishi tashkil qiladi. Savol. t.f.d., professor Mo`minov B. Zamonaviy kompyuterlar bu kabi masalalarni juda tez hisoblaydi, bu ko`rinishdagi masalani parallel hisoblash bizga qanday ustuvorlik beradi? Javob. Oddiy ketma-ket hisoblashga nisbatan 2 baravar tezroq hisoblashga imkon beradi. Savol. t.f.d., professor Ravshanov N. Taqdimotning 9-slaydidagi (2.3) formula qanday soha uchun qo`yilgan shart? Javob. (2.3) formulada murakkab soha uchun qo`yilgan chegaraviy shart keltirilgan, men o`zimning ilmiy tadqiqot ishimda kvadrat soha misolida qaraganman va ushbu chegaraviy shartni kvadrat sohaga moslab to`g`irlab yozib qo`yaman. Savol. t.f.d., professor Ravshanov N. Hisoblash vaqtining asosiy qismini qanday jarayon oladi? Javob. Yadrolar va oqimlar orasidagi ma’lumot almashinishi olib qo`yadi. Savol. PhD., dotsent Baqayev I. Dasturiy majmuani ishlab chiqishda qanday arxitekturadan foydalangansiz? Javob. Dasturiy majmua “Mijoz-server” arxitekturasi asosida ishlab chiqilgan. Savol. t.f.d., dotsent Nuraliyev F. Dissertatsiya ishining yangiliklarini mutaxassislik passporti talablari bilan solishtirdingizmi? Javob. Mutaxassislik passporti talablariga qisman mos keladi. Savol. PhD., dotsent Mallayev O. Dasturiy majmuani yaratish jarayonida parallel hisoblashni tashkil qilish uchun bitta kompyuterni imkoniyatlaridan foydalanganmisiz yoki klister tashkil qilgan holda har bir Masalani alohida kompyuterlarga taqsimlagan holda yechganmisiz? Javob. Dasturiy majmuani yaratish jarayonida parallel hisoblashni tashkil qilish uchun bitta kompyuterni imkoniyatlaridan foydalanganmisiz va hisoblash samaradorligini yanada oshirish uchun klaster tashkil qilish orqali dasturiy majmua masalalarini taqsimlash muammosini keying ishlarimizda ko`rib chiqishni reja qilmoqdamiz. Download 21.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling