Multimedia vositalari
Download 286.42 Kb. Pdf ko'rish
|
lecture 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O‘qitishning ekranli va ko‘rgazmali vositalari. 3. Ekranli statistik proyеksiyaning tеxnik vositalari .
4-MAVZU: O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI SIFATIDA MULTIMEDIA VOSITALARI (O‘QITISHNING TOVUSHLI VA EKRAN-TOVUSHLI VOSITALARI. VIDEOKAMERALAR VA O‘QUV-TARBIYA JARAYONIDA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI) Rеja: 1. Multimеdia vositalari va ularning tasnifi. 2. O‘qitishning ekranli va ko‘rgazmali vositalari. 3. Ekranli statistik proyеksiyaning tеxnik vositalari . 4. Vidеokamеralar va o‘quv-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish istiqbollari. Tayanch so‘z va iboralar: multimedia, distant uslub, interaktiv va nointeraktiv texnologiya, CD-ROM, DVD-ROM, tovush platasi, sintezator, audiograber, videograber Multimedia — gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy ahborotlar tehnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: • ahborotning hilma-hil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya ahborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musikiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi; • muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqdi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oraligida ko‘rib chiqiladi. Video va audio ahbo rotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks etgirish uchun marI kaziy prosessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish| shinasining o‘tkazish kobiliyati, operativ (tezkor) va video-hotira katta sig‘imli tashqi hotira (ommaviy hotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini tahminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; • "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama ahborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yahshilashga imkon beradi.
tayyorlashni yo‘lga quyish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida hayotimizga kirib keldi. Uning o‘zi nima degan savol tug‘iladi? Ko‘pgina mutahassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia — bu infor-matikaning dasturiy va tehnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animasiya (ob’ektlarining fazodagi harakati) effektlari asosida o‘quv materiallarini o’quvchilarga etkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda o‘qitishning bu usuli, hozirgi kunda ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha tatbiq qilinmoqda. Hatto, har bir oila multimedia vositalarisiz hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp’yuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo‘llash yo‘lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog‘liq edi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa hotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish (video) asosida qabul qilsa, ahborotni hotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni hotirada saqlab qolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida set tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil qildik. Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor; b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; g) olingan bilimlar kishi hotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo‘lida Jahon Valyuta Fondi, Umumjahon banki, Evropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katga tajribaga egadirlar. Viz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarnint ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch hosil qildik. Avvalombor, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter tehnologiyalaridan foydalanish tahsinga sazovordir. O‘z o‘rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim ob’ektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi — o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo‘llash esa, kompakt dikslarni (lazer disklari) qo‘llashni talab qiladi. hozirgi kunda bunday ko‘riniùdagi kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo‘qdir. Bular ma’lum bir miqdordagi mablag‘ni oldindan jalb etishni talab qiladi. Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter tehnologiyalaridan o‘quvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutahassislarni kamol toptiradi. Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo bo‘lishi, shubhasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Multimedik tizimlarni qurish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash quvvatini oshirishigina etarli emas, buning uchun qo‘shimcha apparatli qo‘llab-quvvatlash analogli audio va videosignallarni raqamli ekvivalentga qo‘shish va uning teskarisi uchun zarur bo‘lgan analogli-raqamli (ARU) va raqamli-analogli o‘zgartirgich (RAU) videoprosessorlar, dekoderlar mahsus integral chizmalar va boshqalar . Odatda, yuqorida ko‘rsatilgan qo‘shimcha apparatli vositalar kompyuterlarning video va audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar ko‘rinishida shakllanadi: Ko‘chmas video tasvirlar bilan ishlash uchun TAKSA platasi; * harakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish platalari; Video va audio ahboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi va ularni uzatishning yuqori tezligi bilan bog‘liq, ko‘plab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio- video ahborotning siqiq tehnologiyalarini rivojlantirish va katta sig‘imdagi jamg‘aruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi bo‘ladi. Multimedia uchun zamonaviy CD-ROM tehnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada bo‘lib o‘tdi va bu sana video va audioaxborotli tulaqonli multimedianing paydo bo‘lishi boshlanishi deb hisoblanadi. IBM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va multimedia tizimlari qurilishi uchun foydalaniladigan texnologiyasi to’rt bazaviy unsurdan tashkil topgan: • videotizimning asosi bo‘lgan ihtisoslashgan mikroprosessor turkumi (masalan, tasvirlar kompressiyasi va dekom-pressiyasi uchun Intel firmasining 182750 RV piksel prosessori; tasvirning videohotirasida joylashgan ifoda uchun Intel firmasining 182750VV displeyli prosessori va boshqalar); ohirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda; • galma-gal paydo bo‘luvchi audio va video ahborot saqlovchi, ma’lumotlarni SD ROM jamg‘aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta’minlovchi mahsus shaklli fayllar; • sub’ektiv qabul qilishga yo‘naltirilgan va ba’zi yo‘qotish yoki bo‘zib ko‘rsatishlarga yo‘l qo’yuvchi ahborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. Harakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun produktiv kodlash algoritmlaridan foydalaniladi. Bu guruh algoritmlari orasida zamonaviy algoritmlarini ajratib ko‘rsatish mumkin, ular 25-50 marta siqish koeffisentini ta’minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli va 30 kadrlar/s.li 640h480 ulchamli siqilmagan raqamli televizion tasvir uchun 27 Mb/s ma’lumotlarni uzatish tezligi talab etilsa, unda MRE01 algoritmi talab etilayotgan uzatish tezligini 550kb/s.gacha kamaytiradi. MRE01 algoritmi, shuningdek siqish koeffisenti 5...10 marta bo‘lgan audioaxborot kompressiyasi uchun ham qo‘llaniladi. Multimedia tehnologiyasida foydalaniladigan video siqish algoritmlarini ikkiga bo‘lish mumkin: * MREO rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular SD-ROMga yozish uchun mahsulotni bozorbop yo‘sinda yaratishda foydalaniladi va multimedianing tizimida videoni faqat aks ‘ttirishni ta’minlaydi. Bunda videoni siqish darajasi 100-160 martaga etadi, videomagnitafon yozuviga yaqin sifat saqlanadi. Audioaxborot yomon siqiladi (mumkin bo‘lgan siqish koeffisenti 1,9-2,5), bu hol tinglash a’zolarining buzib ko‘rsatishlarga befarq emasligi bilan izohlanadi. Shunday qilib bu tehnologiyalar video va audioni aks et-tirish uchun zarur bo‘lgan ahborot hajmini keskin qisqartirishga imkon beradi, bu hol ma’lumotlar umumiy hajmini kamayishiga va multimedianing fan, ta’lim, biznes va aloqa sohalariga keng kirib borishiga olib keladi. Bunda foydalanuvchiga interaktiv lazerli videodisklar tayyorlovchilari hizmatiga murojaat etmay, o‘z amaliy multimedianing tizimlarini yaratish, ahborotning barcha turlarini saqlash uchun oddiy vinchesterdan foydalanish imkoniyati beriladi. Bundan tashqari, hozirdayoq multimedia ovoz berilgan, tasvirli hujjatlarni tarmoqli plata orqali kompyuter tarmog‘iga jo‘natish mumkin. Biroq videotasvirli, to‘liq tarmoqli multimedianing tizim-lar uchun tahminan 200:1 siqish koeffisenti zarur. Bunday ko‘rsatkichga hozirdayok erishish mumkin va bu boradagi ishlar muvaffakiyatli amalga oshirilmoqsa. Multimedia asr ohirigacha kompyuter tehnikasini tako-millashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishi qutilmoqda. Hozirgi paytda kompyuter tehnikasi va dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi ko‘pgina etakchi firmalar bu ahborot tehnologiyasini hayotga quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha tadbiq qilmoqdalar: • Ohirgi avlod shahsiy kompyuterlarda multimediani professional va tijoriy maqsadlarda qo‘llash; • Yuqoridagi kompyuterlar uchun o’yinli va ta’lim beruvchi ilovalar yaratish; • ishchi bekatlardagi UNIX muhitida professional va tijoriy ishlanmalarni tayyorlash. Bu barcha tayyorlanayotgan vositalar asosida assosiativ aloqa-larning umumiy ob’ektli yo‘naltirilgan uslubiyatni o‘z ichiga olgan "gipermatn" konsepsiyasi yotadi. Rasman gipermatn deganda foydalanuvchiga boshqa mavzuga o‘tishga imkon beruvchi ichki o‘zaro murojaat qiluvchi matnli, tuzilmaviy ahborot tushuniladi. Gipermatn avval materialga kiritilgan assosiasiyalar bo‘yicha interaktiv rejimdagi so‘zlar, fayllar va paragraflarni jadal birlashtirish uchun foydalanilgan. Gipermatn vositalari foydalanuvchi istalgan tartibda varaqlab ko‘rishi mumkin bo‘lgan multimedianing hujjatlarni yaratishga imkon bergan. Foydalanilayotgan kompyuterlarning hisoblash qobiliyati oshib borgan sari bu assosiativ aloqalarning ishlashi mualliflik tizimlarining yangi avlodlarida kengayib bordi. Bunda mualliflik tizimi deganda ishlab chiquvchilarga dasturlarni ko‘p mehnatli jarayonsiz yaratishga
imkon beruvchi ta’minot tushuniladi. Bugungi kunda raqamlashgan statik tasvir, audio va video ma’lumotlarga muallifning istagi bo‘yicha tanlangan ob’ektlar sifatida qaralishi mumkin. Ko‘p yillar mobaynida App1e Computer multimedia ishlanmalari sohasida yetakchi o‘rin tutadi. Avvalboshda ishlanmalar audioni o‘z ichiga olgan multimedia mahsulotlarini kurish uchun gipermatn firma dasturi imkoniyatlarini kengaytirish va yuqori sifatli audioaxborot bilan bog‘liq edi. So‘ngra multimedia tizimiga fotoga yaqin bo‘lgan yuqori sifatli statik tasvirlarni kiritish va aks ettirish imkoniyati qo‘shildi. Natijada Macintosh kompyuterlari platformasi multimedianing aniq bir ilovalarida etakchi o‘rinni egalladi. Biroq videoni qo‘llab-quvvatlash nisbatan yaqin paytda, MAS 6.07 va 7.0 imkoniyatlarini kengaytiruvchi tizimining kiritilishi bilan ta’minlandi. Hozirda yuqorida ko‘rsatilgan kengaytirishlarni birlashtiruvchi multimedianing tizimlar ishlanmasi ustida ish olib borilmoqda. Bu tizimning asosiy komponentlari dasturiy ta’minoti, fayllar shakllari, kompressorlar va foydalanuvchi interfeyslaridir. Tizimning eng muhim unsuri — Mou1e Too1boh — tasvirlarni siqishni boshqaruvchi va animasiyalar, statik tasvirlar hamda video algoritmlarini amalga oshiruvchi dasturlardir. Foydalanish jihatidan oddiy bo‘lgan mualliflik tizimi yaqinda Michigan Universitetida Macintosh kompyuterlari uchun ishlab chiqildi. Foydalanuvchi o‘z dasturiy mahsulotini audio, grafika va animasiyaga kiritishi hamda ularni har bir bosqichda sichkonning ikki chiqillashidan oshirmagan holda bajara borib boshqa fragmentlar bilan birlashtirishi mumkin. Bir qancha firmalar multimedia ishlanmalari sohasida ancha faol ish olib boryaptilar. Konferensiya ishtirokchilariga umumiy ahborotlarni ekranda taqsimlashga imkon beruvchi kompyuterli videokonferen-siyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun R2R moduli Turli manbalardagi audio va video ahborotlar yuqori si-fatini kafolatlagan holda videoni 30 kadr/s chastotali qamrab olish, siqish va aks ettirishni ta’minlovchi modul. UNIX. Ishchi stansiyalar uchun ham multimedianing mahsu-lotlarini yaratish tizimlari ishlab chiqilmoqda, lekin firma-larning harakatlari shahsiy kompyuterlar uchun tizimlarni ishlab chiqish kabi birlashmagan. Mavjud tizimlar ishchi stansiyalarning aniq bir rusumlarida foydalaniladi. Biroq umumiy foydalaniluvchi ishlanmalar ham mavjud. MBBT moduli matnli fayllar, fayl turkumlari, raqamlashgan tovush va tasvirlar o‘rtasidagi aloqani o‘rnatadi. Ob’ektlarni birlashti-ruvchi Arr1e firmasining yaratgan tili foydalanuv-chiga multimedia ma’lumotlari bazasida yo‘nalish topishga yor-dam beruvchi 30 modulli kutubhonalar turkumini o‘zida namoyon etadi. Tizim kompyuterli ishchi stansiyaga moslashishga imkon beruvchi amaliy dasturlarning portativ interfeysini ham o‘z ichiga oladi. Aftidan, ishchi stansiyalari uchun eng oddiy mualliflik tizimi Standford universitetida yaratilgan va elektron pochta buylab bepul tarqatiladigan MAE tizimidir. Hozirgi jamiyatimiz uchun multimedianing ahamiyatini tasdiqlovchi — 1987 yilda Vashingtonda AQSH kongressi kutubhonasida Interaktiv ahborot tehnologiyalari milliy namoyishlar laboratoriyasi va original multimedia — ilovalar va dasturlarning doimiy ko‘rgazmasi ochilganligi diqqatga sazovordir. Multimedia va distant uslublari asosida ta’lim berish yildan-yilga ortib, takomillashib bormoqda. Ta’lim muassasalarida o’qitishning texnikaviy vositalari muhim ta’limiy tarbiyaviy ahamiyat kasb etib, didaktik mazmuniga ega. Zero o’qitishning texnika vositalari o’quvchi-talabalarni axborot, ma’lumotlar bilan ta’minlash, bilimlarni mustahkamlash va nazorat qilish jarayonini boshqarishda o’qituvchiga ko’maklashidagi qurilmalardir. O’qitishning bu qurilmalari axborotlarni uzatadi tasvirlaydi va nazorat qila oladi. Shuning uchun ularni o’quv ma’lumotlarini tasvirlari (kadaskop,diapozitiv,proyektor) tovush uzatuvchi(radio, audio magnitofon va h.k.) larga bo’linadi.Ularni ba’zan pedagogik adabiyotlarda audiovisual qo’llanmalar yoki vasitalar deb ham ataydilar. O’qitishning texnikaviy vositalarning tasniflashdan oldin, ularning funksiyalari va vazifalarini bilib olish maqsadga muvofiq Pedagogik jarayon va o’qituvchilar faoliyatida o’qitishning texnikaviy vositalari quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 1. O’qitishning shakllarini har xillashtiradi va turli axborotlarni qo’lga kiritishni osonlashtiradi. 2. Zamonaviy iqtisodiy tafakkurni egallashga ko’maklashadi va o’z faoliyatini tejamli boshqarishni malakasini hosil qilioshga yordam beradi. 3.
Ta’lim oluvchilarning umummadaniy, umumtexnik saviyasini oshiradi va ularni estetiik jihatdan tarbiyalanishini ta’minlaydi. 4. Insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’lishda dunyoqarash va xulq odob sifatlarini tarkib topishiga ko’maklashadi hamda jamoada tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yish asoslari bilan qurollantiradi. 5. Kasbiy va bilish faoliyatlarini, metodologik jihatdan tartiblashtirishni osonlashtiradi va ijodiy kamolot yo’llarini belgilashga yordam ko’rsatadi. 6.
Kun sayin oshib borayotgan axborotlar va o’zlashtirishdagi vaqt o’rtasidagi qarama- qarshliklarning kamayishiga yordam beradi. Ushbu vazifalarni hal etish nuqrai nazaridan o’qitishning texnika vositalari bir necha turlarga, tiplarga bo’linadi. Didaktik vositalar majmui tizimini, ularning texnik xossalari va ta’limiy-tarbiyaviy asoslarini tadqiq qilgan olimlar, ularni turlashga turli xilda yondashadilar. Masalan, “Didaktika” kitobining avtorlari o’qitishning texnikaviy vositalariga didaktik texnik kinoproyektorlar, televiziorlar, videomagnitafonlar, elektrofonlar, audiovizual vositalar ekranli statik proyeksion qo’llanmalar (diafilmlar, diapozitivlar transpararlar) dinamik proyektsiyasining ekranli va simolari (kino filmlar, kinofragmitlar, kinokatsavyalar)ga va fonovositalar (grmmafon yozuvlari, magnitofon yozuvlari, videoyozuvlar, radio va television ko’rsatuvlar)ga ajratadilar. G.V.Karpov. V.A.Ramaninlar o’qitishning texnikaviy uzatuvchi texnika vositalarini fotografiya asoslari, o’qitishning statik fotografiya asoslari, o’qitishning statik ekran vositalari, o’quv kinolari, ovozli o’qitish texnikasi, o’quv televidiniyasidan iborat deb bilsalar, L.S. Fridman, V.A.Vadyushin,B.V.Polchevskiylar diapozitivlar, diafilmlar, kinofilmlar axborotlarni uzatuvchi texnika vositalari, bilimlarni nazorar qiluvchi va dasturlashtiruvchi o’quv materiallarini o’qitishning texnika vositalari deb biladilar. V.I. Xlopovskix o’zining “Texnicheskiye sredstvo obucheniya” risolasida o’qitishning texnikaviy vositalarini vizual (statik proyeksion vositalar), tovushli ( radio, grammafon, magnitofon), vizual nazorat (tovushli kino, videoyozuv, televidiniya va h.k.)va mashqlar bajaruvchi vositalarga bo’ladi.O’qitishning texnika vositalarini turlash har xil bo’lsada, mazmun jihatdan axborotlarni uzatish(turli ko’rinishda), tasvirlash va o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilishdan iboratdir. Shuning uchun o’qitishning texnikaviy qurilmalari didaktik vositalar majmui tizimida muhim mavqega ega. Fan texnikaviy rivojlanishi mamlakatda ta’lim mazmunini yangilash zaruriyatini keltirib chiqardi va “Ta’lim to’g’risidagi” qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning yaratilishga sabab bo’ldi. Bu hujjatlar mamlakat ishlab chiqarishi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash dasturining yaratilishiga asos soldi. Dasturga asosan har qanday mutaxassis ishlab chiqarishning zamonaviy texnikasi va uning ishlash texnalogiyasi qurollanishi zarur. Bundan ta’lim muassasalari xodimlari ham mustasno emas. Shuning uchun o’qituvchi tarbiyachilarni ta’limning texnikaviy vositalari bilan yaqindan tanishtirish, o’qitish jarayonida ulardan foydalana olishni zaruriy ijtimoiy-pedagigik hodisadir.Zero, bugungi texnikaviy vositalar axborotlarni uzatish, tasvirlash, mustahkamlash, nazorat qilishni to’laqonli bajara oladi. Bu imkoniyat o’quv axborotlarni o’quvchiga mukammal qilib yetkazishga da’vat etadiganligi sababli, o’rganiladigan ilmiy-nazariy, amaliy metodik ma’lumotlar puxta, ongli va hajmli o’zlashtiriladi. Shularni inobatga olib ta’lim jarayonida o’qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish davr talabi deb bilamiz va uni muhim pedagogik muammo sifatida qabulqilamiz. Amaliyotda foydalaniladigan o’qitish vositaqlarning xususiyati, bajaradigan vazifalari hamda yuqoridagi yondashuvlarga asoslanib, o’qitishning texnika vositalarini quyidagicha guruhlash mumkin. Jadvalda ko’rsatilgan o’qitishning texnik, tovushli texnik, tasvirli-tovushli texnik vositalari hajm jihatdan katta bo’lgan o’quv ma’lumotlarini aniq va puxta qilib uzatish, axborotlarni tasvirlashning turli shakl va uzatish imkoniyatlariga ega bo’lganligi sababli o’qitish jarayonini nazmundor, o’zlashtirishni samarali qiladi. Texnika vositalaridan samarali foydalanishning ta’lim muassasalarida imkoniyatlar katta. O’qitishning audio vizual vositalari tizimida video magnitofon va video yozuvlar muhum pedagogik didaktik ahamiyat kasb etadi.Bu o’quv televidiniyasi o’quv tarbiyasining jarayoniga qollashning yangi bosqichidir. Vidio magnitofon va vidiyoyozuvlar bular magnit plyonkalarda yozib olingan va tasvir hamda tovushni qayta qurish eshitishga moslashgan qurulmalarda. Vidio yozuvlar plyonkani qayta ishlash montaj qilish imkoniyatlariga ega bo’lganligi sababli darslarda o’quv teleko’rsatuvlarni qo’llash metodikasi takomillashtira oladi va o’quv tarbiya ishlari sifatini yaxshilash samaradorligini oshirishga xizmat qila oladi. U muhim hodisalar voqealar televizion dasturlarni (o’quv ko’rsatuvlarni) aslidek yoki televizor ekranidan yozib olib qayta ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Vidio magnitafonlar video plyerlar va bir blokli bo’lishi mumkin. Ta’lim muassasasi ish faoliyatini ommalashtirish samaradorligini oshirish ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirishda videomagnitofaon va vediokamera texnikasining ahamiyati kattadir. Vediomagnitofon va vediokamera ishlash ixcham va ko’p mehnat talab etilmaydigan vosita hisoblanadi. Masalan, birorbir o’quv tarbiya jarayonini ilgarigidek kinofilm olish ehtiyoji paydo bo’lsa, juda ko’p mehnat kuch mablag’ talab qiladi. Birinchidan hamma o’quv yurti ham kinofilmni suratga olish imkoniyatiga ega emas ikkinchidan suratga olingan kinofilm plyonkasi qayta ishlash montaj qilish uchun vaqt va mablag’ albatta kerak bo’ladi. Uchinchidan suratga oilngan kinofilmni qayta ishlash yoki montaj qilish uchun mutaxassis va montaj qilish vositalari zarur bo’ladi. Bu hamma o’quv yurtida ham bo’lavermaydi. Shuning uchun ko’p mehnat talab qiladigan audiovikual vositalar bilan kinoni suratga olish va qayta ishlash o’rniga videokameradan foydalanishni faoliyatini soddalashtiradi va ishni osonlashtiradi. Chunki hozirgi kunda hamma ham ayniqsa o’qituvchi pedagoglar videokameradan va videomagnitofaonlar bilan qiynalmay ishlay oladilar. Shunga ko’ra ilg’or pedagogik tajribalarni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ishlab chiqarishning dolzarb jarayonlarni vediomagnitofan lentasiga yozib olish osongina videomontaj qilish va namoyish etish imkoniyatlari katta. Keyingi davrda shunday vediokameralar yaratiladiki ularning o’zlari vediomagnit lentasiga yozib olingan voqealar qayta ishlash talab etilmayda natijada ulardan foydalanish qulay va oson hisoblanadi. Kodoskop bilan ishlash. Kodoskop (kod franstuzcha-ayrim so’z, raqam, harflar tarzidagi shartli belgilar sistemasi va “skop” grekcha-ko’rish, kuzatish ma’nosini bildiradi)-maxsus shaffof plyonka yoki shishaga tushirilgan yozuv rasm, sxema, chizmalar, shuningdek maxsus yirik o’lchamli diopozitivlarni ekranda ko’rsatadigan asbob.
Kodoskopda ko’rsatishga mo’ljallangan tekst rasmlarni o’qituvchi darsgacha, shuningdek dars jaryonida ham tayyorlashi mumkin. Yozuvlar va rasmlar stillofan lentaga avtoruchka, siyoh, flamastir va tish bilan yoziladi. Ko’rsatilgan lentalar esa maxsus galtakka uralaveradi. Dars tamom bo’lgach, yozuvlar uchirib tashlanishi yoki qayta ko’satish uchun saqlab qo’yilishi mumkin.
Kodoskopda, mazkur apparat uchun tayyorlangan yirik o’lchamdagi diopozitiv- transporantlar ko’rsatish, ayniqsa qiziqarli. Odatda bir mavzuga oid bir necha transporantlar navbat bilan birining ustiga ikkinchi qo’yib ko’rsatiladi, bu esa biron jarayon yoki hodisaning izchilligini ko’zatish imkoniyatini vujudga keltiradi. Kodoskop, odatda sinfda o’qituvchi stoli ustiga o’rnatiladi. Tasvirni katta o’lchamda ko’rsatish ehtiyoji tug’ilganda kodoskop sinf o’rtasiga (ekrandan biroz uzoqqa) o’rnatiladi. Kodoskop uchun tayyorlagan maxsus diopozitiv-transporatlarning o’lchami 140x104 mm bo’lib, apparatga o’rnatish uchun chekka tomonida ikkita teshigi bo’ladi. Transporantlarni sinfni qorong’ilatmasdan ham ko’rsatish (demonstrastiya qilish) mumkin. Bu qulaylik ekrandagi zarur va karta bilan bog’lab o’rganish imkonini beradi. Transporantlarni ko’rsatish vaqtida obyektlarning murakkab formalari va elementlarini izohlash obyekt va hodisalarning o’zgarishini bosqichlar bilan ko’rsatish mumkin. Kodoskopni to‘g‘ri ulash. Kodoskopni ekrandan 1,5-2 mеtr masofada stol ustiga joylashtirish Kodoskopning orqa tomonida elеktr tarmogiga ulash simi joylashgan. Uni elеktr tarmogiga ulang. YOkish kaliti (vklyuchatеl)ni «O» holatidan «1» holatiga qo‘ying Kodoskop oynasining ustiga tasvir tushirilgan slaydni qo‘yib, akslantirii: oynasini ochib, linza fokusini boshkaruvchi surgich yordamida tasvirning tiniqligini sozlang. Buning uchun surgichni o‘ng yoki chap tomonga sеkinlik bilan surib, ekrandagi tasvirning tiniqligiga erishing. Kodoskop bilan ishlashda tеxnika xavfsizligi va unga xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etish. Kodoskopning oynasiga ogir yukni ko‘ymang. Akslantiruvchi oynani maxsus yumshoq muloyim artkich (baxmal mato yoki duxoba, mo‘yqalam) bilan tozalang. Kodoskop oynasini, akslantiruvchi oynani spirt, bеnzin yoki boshqa moylar bilan tozalash mumkin emas. Kodoskopning issik havoni chikaruvchi tirqishlarini birog buyum bilan to‘sib qo‘ymang. Ulash simlarini ho‘l qo‘l bilan ushlash mumkin emas Kodoskop simlarini yuqori haroratli joyda ishlatmang. Kodoskopning yorug’ligini rostlash. Kodoskopning old tomonida ikkita buragich joylashgan bo‘lib (rasmdagp pastki ikkita buragich tugma), uning chap tomonidagisi yoruglik ravshanliginn (kontrastini) to‘g‘rilaydi. agar xona qorongilashtirilmagan bo‘lsa. ushbu buragichnn o‘ng tomonga burash yordamida nur ravshanligi oshiriladi. Kodoskopning lampasn yuqori quvvat bilan ishlaganligi uchun har 3 minutda o‘ng tomondagi buragich yordamida ularni navbatma-navbat ishlatib turilishi kеrak, aks holda lampalag tеzda ishdan chiqadi. Kodoskop lampasini almashtirish. Kodoskop lampasini almashtirish uchun avvalo uni elеktr tarmogidan uzish zarur. Kodoskopning qopqog‘ini ochish uning o‘ng tomonida joylashgan ustki qopqog‘ini ochuvchi tugma yordamida bajariladi. Ichki old tomonida lampalar ustini yopib turuvchi infraqizil filtr joylashgan. Uning pastki tomonidagi--tugmani bosib yoruglik filtri ochiladi. Kеyin kuygan lampa almashtiriladi. Videoproyekor yordamida kompyutеrdagi ma’lumotlarni ekranda kattalashtirilgan holda o‘quvchilarga namoyish qilish mumkin. Bunda kompyutеr ekranidagi kabi sichqonchadan ham foydalanish mumkin. Sichqoncha ko‘rsatkichini katta ekranda kеrakli «tugma» ustiga kеltirib bosish orqali tugma aktivlashtiriladi. Videoproyekor va kompyutеrning ulanish tartibi. Kompyutеrni o‘chiring. Kompyutеrdan monitorni ajrating. Suratdagi RAB kabеli orkali proеktorning ulanish panеli chap pastki burchagidagi ulanish joyi bilan kompyutеrning monitor ulanadigan joyini ulang. Kompyutеrni va proеktorni elеktr tarmogiga ulang. Bunda kompyutеrdagi ma’lumot ekranda namoyon bo‘ladi. Ekranning pastki chap burchagidagi «Pusk» tugmasiga sichqoncha ko‘rsatkichini kеltirib bosing va kеrakli dasturni topib ishga tushiring. Videoproyekor portlari, tugmachalari va indikatorlari Videoproyekorning ulanish porti uning chap tomonida joylashgan bo‘lib, quyidagicha tuzilgan; Chap tomondan birinchi S-VIDEO . VIDEO-vеbkamеra, AUDIO (L-chap, R-o‘ng - ovoz kuchaytirgichga, pastda chapdan birinchisi - kompyutеrga, ikkinchisi – ovoz kuchaytirgichga. Proеktorning tugmalari uning ustki qismida joylashgan bo‘lib. quyidagi vazifalarni bajaradi: » STAND-BY | - Elеktor ta’minoti indikatori POWER-ON - Proyеktorning o‘chirilgan yoki yoqilganligii to‘g‘risida ma’lumot bеradi
Download 286.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling