Multimediali tarmoqlar uchun xizmatlarni


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1029450
1   2   3   4
Bog'liq
multimediali-tarmoqlar-uchun-xizmatlarni-ta-minlash

__________________________________________________________________________________ 
 

muvofiqlik asosida yoki kanal sig‘imi va uni ishlatish vaqtlarga bog‘liq uzatilayotgan trafikdan kelib chiqqan 
xolda amalga oshiriladi. Agar xizmat ko‘rsatishda ko‘p protokolli ma’lumot uzatishdan foydalanilganda va 
tarmoqda ko‘p turdagi trafik mavjud bo‘lganda xizmat turini aniqlash oson bo‘lmaydi, ya’ni ulardan o‘tayotgan 
trafik qismini belgilash oson bo‘lmaydi. Bularni IP – paketlari, ATM – yacheykalari, FR va X.25 kadrlar asosida 
hisoblash oson bo‘ladi. Bu hisoblashlarning natijalarini foydalanuvchiga ishlatgan pul qiymati sifatida uzatiladi. 
Keng eshittirishli xizmatlar bir vaqtda ko‘p sonli mijozlarga ma’lumot yetkazib berishi mumkin. Unga birinchi 
navbatda tele va radio eshittirishlar kiradi. Hozirda bu xizmat turlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Bu 
say harakatlar tufayli interaktiv televidie vujudga keldi.
Ajratilgan kanal orqali ma’lumot yetkazib berish tarif siyosatiga ega bo‘ladi. Bu siyosatda trafikning turi, 
qiymati va kanalni ishlatish darajasi hisobga olinmaydi. Turli xil tariflarda kanalning turi va uning o‘tkazuvchanlik 
qobiliyati bo‘yicha ajratish mumkin.
Mijozlarga ma’lumot yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlarni infrastrukturali xizmatlar deb 
atash mumkin. Bu xizmat turlariga misol tariqasida infrastruktura (qurilma yoki joy)ni ijaraga berishni va turli 
xildagi konsultasion xizmatlarini olish mumkin. Bundan tashqari bir turdagi ish ham bo‘lishi mumkin. Masalan, 
boshqa operator yoki korporativ mijozning telekomunikatsion tarmog‘ini loyihalash yoki qurish.
Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni sinflash. Mijoz turiga nisbatan xizmatlarni sinflash quyidagi xizmatlar 
guruhidan tashkil topgan: 
- boshqa aloqa operatorlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar (provayderlarga); 
- korporativ mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari; 
- individual foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan xizmat turlari. 
Bu guruhlar bir biridan xizmatlar nomenklaturasiga va operator infrastrukturasini rivojlantirish darajasiga 
bo‘lgan talabga nisbatan ajralib turadi.
Korporativ mijoz yirik va kichik bo‘lishi mumkin. Kichik korporativ mijozlar individual foydalanuvchilar 
ishlata oladigan xizmatlar (bazaviy telefon, kommutasiyalangan ulanish, DSL va boshqalar) to‘plamidan 
foydalanishlari mumkin.
Mijozning ulanishi bo‘yicha xizmatlarni sinflash. Mijozning ulanishi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi bazaviy 
xizmatlarni taqdim etish usulini aniqlashtirishga imkon yaratib beradi va ushbu xizmatni yetkazib berish uchun 
ishlatiladigan infrastruktura asosida yotuvchi tarmoq ierarxiyasining quyi sathlarini ko‘rsatadi. Ulanish usullari 
quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- kommutatsiya qilinayotgan telefon kanallari yoki ISDN (Integrated Services Digital Network) kanallari; 
- turli xil o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ega SDH (Synchronous Digital Hierarchy), FR, ATM, Ethernet 
kanallari; 
- xDSL (ADSL, SDSL, SHDSL) texnologiyalari; 
- passiv optik tarmoqlar (Passive Optical Network - PON); 
- koaksal sim va optik tola asosidagi gibrid tarmoqlar (HFC); 
- simsiz aloqa tarmoqlari. 
Yuqorida keltirilgan sinflanishilar asosida tavsiflab berilgan xizmatlarni aniqlashtirish mumkin. Masalan, 
«Internet tarmog‘iga FR kanali bo‘yicha va ADSL texnologiyasini ishlatgan holda ulanish» ikkita turli xil 
xizmatlarga bo‘linadi. Ulardan birinchisi operatorlar va korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan, ikkinchisi 
korporativ va individual mijozlarga.
Axborotlar almashish turi bo‘yicha xizmatlarni sinflash. Mijozlar va xamkorlar bilan munosabatlar teng 
xuquqli bo‘lishi va teng xuquqli bo‘lmasligi mumkin va shunga bog‘liq holda u quyidagi tuplarga bo‘linadi:
- o‘zining tarmog‘idagi resurslaridan foydalana olish (o‘zining tarmog‘idagi resurslar orqali boshqa tarmoq 
resurslaridan foydalanish); 
- ikki tomonlama axborot almashish; 
- tranzit; 
- axborot almashish markazi (hisoblash markazi bilan yoki u bo‘lmagan holda). 
Tarmoq resurslaridan foydalana olish xuquqi – korporativ va individual mijozlar bilan o‘zaro 
munosabatning asosiy formasi, biroq u xizmat operatorlarga ham ko‘rsatilishi mumkin. Shu bilan birga agar 
o‘zining tarmog‘i orqali operator boshqa tarmoq resurslariga ulanishni ta’minlasa, u xolda ulanishning hududiy, 
mahalliy va halqaro turlarida bo‘linishi mumkin.
Ma’lumot almashish uchun ikki tomonlama muvofiqlikda, operatorlar xizmatlarni taqdim etishlari yoki 
xamkor xizmatlaridan foydalana olishlari mumkin. Bunda ular trafik terminatsiyasidan yoki xizmat turiga bog‘liq 
holda trafikdan foyda oladilar. Bunday almashish muvofiqlikka bog‘liq holda mahalliy, hududiy va halqarolarga 
bo‘linishi yoki bo‘linmasligi mumkin. Tranzit muvofiqlik ikkita operator yoki bitta operator (yoki korporativ 
mijoz) bo‘lgan holda, tugunlar orasida axborot uzatish uchun operatorlar tarmog‘i resurslarini ishlatish imkonini 
beradi va hududiy prinsip bo‘yicha bo‘linishi mumkin. Uzatilayotgan trafik ta’rifikasiyasi mavjud bo‘lmagan 
holda bunday xizmat turi ajratilgan kanalni ijaraga berish bilan mos tushadi.


ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127) 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling