Multimediali tarmoqlar uchun xizmatlarni


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.74 Mb.
#1029450
1   2   3   4
Bog'liq
multimediali-tarmoqlar-uchun-xizmatlarni-ta-minlash

__________________________________________________________________________________ 
 
10 
Operatorda tranzit haqida katta miqdorda ikki tomonlama muvofiqlik bo‘lgan holda operator tarmog‘i 
asosidagi ma’lumotlar almashish markazi bo‘lishi mumkin. Bu holda Markaz xizmatlaridan foydalanadigan 
operatorlar boshqa operatorlar bilan o‘zaro ma’lumot almashish to‘g‘risida ikki tomonlama muvofiqlik 
tuzmaydilar. Umuman olganda ular ma’lumot almashish uchun Markaz tomonidan yetkazilib berilayotgan boshqa 
operatorlar bilan tranzit xizmatlaridan foydalanishadi. Tabiiyki, bunday turdagi Markazni tashkil etish har biri bir 
biri bilan ikki tomonlama muvofiqlik bitta muvofiqlikga qaraganda kamroq foydaliroq bo‘ladi. Bu infrastruktura 
va umumiy harajatlarni kamaytirish hisobiga yuzaga keladi va bu qo‘shimcha xizmat turlarini yuzaga keltiradi.
Agar o‘zining ofislarini birlashtirib turadigan va bu yerda sotali, uy foydalanuvchilari turli xil foydalanish 
texnologiyalarini ishlatadigan korporativ mijoz uchun ma’lumotlar almashish Markazi xizmatini ko‘rib chiqadigan 
bo‘lsak, bu holda bu xizmat turi mijozning virtual hususiy tarmog‘i xizmatini namoyon etadi.
Asosiy va qo‘shimcha xizmatlar. Katta foyda keltiruvchi va marketing funksiyasini amalga oshiruvchi 
xizmatlar. Asosiy xizmatlar bilan birga beriladigan qo‘shimcha xizmatlar asosiy xizmatlardan keladigan foyda 
bilan bir xil, ba’zi hollarda ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda qo‘shimcha xizmatlar foyda keltirmasligi 
ham mumkin, ba’zi hollarda esa, ya’ni asosiy xizmatlarni hisobga olmagan hollarda zarar keltirishi ham mumkin. 
Bu holni asosan mijozlarni asosiy xizmatga jalb qilishda ishlatilishida ko‘rish mumkin.
Bir necha bunday qo‘shimcha xizmatlarni keltirib o‘tamiz.
- O‘zining tarmog‘ida Internetga kommutatsiyalanadigan ulanish serverini o‘rnatish. Bu xizmat turi 
operatorlar uchun foydali bo‘lib, tarif turiga qarab Internetdan foydalanuvchilardan qo‘shimcha foyda olishadi. 
Biroq UFTT ning barcha foydalanuvchilari tomonidan operator tarmog‘ida amalga oshirilayotgan qo‘ng‘iroqlar 
operator tarmog‘ida terminlashtiriladi. Shuning uchun har bir shunday qo‘ng‘iroq uchun operator qo‘shimcha 
“terminlashtirilgan minut” iga ega bo‘ladi. Bu “terminlashtirilgan minut” operatorlar orasida muvofiqlik asosida 
bo‘lib, buning uchun qaysi operator bilan muvofiqlik amalga oshirilganiga qarab operatorlar to‘lovlarni amalga 
oshiradilar. Shuning uchun Yevropa va AQShda hozirda “Internetga bepul ulanish” xizmati mashhur bo‘lib 
ketgan. Bu shunchaki bepul emas, balki ular qo‘shimcha xizmatlardan foydalanganlari uchun bu operatorlar to‘lovi 
asosida amalga oshiriladi.
Intellektual xizmatlarni taqdim etish xizmati ikki barobar foyda keltiradi. Birinchidan, bu xizmat turlari 
yaxshigina foyda keltiradi, shuningdek bunday har bir qo‘ng‘iroq avvalgi misolimizda ko‘rganimizdek 
qo‘shimcha foyda keltirgan holda operator kirish trafigidan oshib ketadi.
- Xosting xizmati, masalan, mijozlarning Web serverlari unchalik katta foyda keltirmaydi. Biroq katta 
kontent provayderning Web sahifasi ma’lum bir ma’lumotga murojaat qiluvchi boshqa operatorlar mijozlari 
hisobiga chiquvchi IP – trafigi oshib ketishi mumkin. Bu esa boshqa Internet (Internet Service Provider - ISP) 
provayderlari bilan tuzilgan axborot almashish shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha foyda keltirishi mumkin. 
Shuning uchun odatda bepul Web hosting ham katta foyda olib kelishi va trafikni oshishiga olib kelishi mumkin. 
MRK qo‘shimcha xizmatlarni ham foyda keltiruvchi zahira sifatida, ham mijozlarni jalb qiluvchi sifatida, ham 
asosiy xizmatlardan foyda kelishini ta’minlovchi sifatida keng ishlatishi mumkin.
Telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar. MRK ning eng ko‘p ishlatiladigan xizmatlaridan bo‘lib 
individual mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardir va bu xizmat turlariga ko‘proq e’tibor ajratish kerak bo‘ladi. 
Shu bilan birga aloqa operatorlari va korporativ mijozlar uchun xizmatlar bozori xizmatlarni umumiy sonda sotish 
hisobiga katta foyda olib kelishi mumkin. Shunday qilib MRK barcha uchta mijoz segmentlari uchun xizmatlar 
to‘plamini aniqlashi lozim.
Ma’lumot uzatish xizmatlari. Yuqorida aytib o‘tilganidek, aloqa xizmatlarini tizimlashtirish bir muncha 
qiyinchiliklar yaratadi. Bunda ma’lumot uzatish xizmatlarini tartiblash ham oson bo‘lmaydi, chunki ularni turli xil 
sinflanishi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Aloqa xizmatlari sinflashning turlaridan biri axborot uzatish turi bo‘yicha 
xizmatlarni ajratish (kontent): 
- ATM protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati; 
- FR protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati; 
- IP va boshqa protokollar bo‘yicha ma’lumotlar uzatish xizmati. 
Biroq yuqoridagi ro‘yxat telekomunikatsion tarmoq va qurilmalar bilan amalga oshiriladigan asosiy, formal 
funksiyani tavsiflaydi. Hozirda xizmatlarni axborot almashish turi bo‘yicha tizimlashtirish taklif etiladi. Bu holda 
xizmatlar nomenklaturasi yuqorida ko‘rsatilgan asosiy xizmatlarni kombinatsiyalashni amalga oshiradi va u 
quyidagi asosiy xizmatlardan tashkil topgan:
- resurslarga va aloqaning IP, ATM, FR, X.25 protokollari asosidagi MRK magistral tarmog‘i xizmatlariga 
ulanishni ta’minlab beradi; 
- IP, ATM, FR, X.25 protokollari bo‘yicha ma’lumotlar trafigi almashish; 
- IP, ATM, FR , X.25 trafigining tranzili; 
- IP, ATM, FR, X.25 protokollar asosidagi shaxsiy virtual tashkilotlar. 
Bundan tashqari ma’lumotlarni uzatishga asoslangan xizmatlar: 
- ajratilgan kanal xizmatlari, N*64 kbit/s, E1, E3 tezlikda raqamli kanallarni ijaraga berish; 


ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127) 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling