Multipleksor va demultipleksor. Kombinatsion sxemalarda chiqishdagi signal mazkur vaqtda kirishga berilayotgan mantiqiy signallar kombinatsiyasiga aynan mos keladi. Shu sababli, bu turdagi sxemalarga xotira zarur emas
Download 29.3 Kb.
|
Multipleksor va demultipleksor
Tayanch so’z va iboralar: Raqamli qurilmalar, kombinatsion sxema,
multipleksorlar, demultipleksorlar. Multipleksor tushunchasi Kombinatsion turdagi mikrosxemalarning keyingi guruhini multipleksorlar tashkil etadi. Ular bir necha manbadan berilayotgan ma’lumotlarni bitta chiqish kanaliga uzatishni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Multipleksorda, masalan to‘rtta ma’lumot kirishi va bitta chiqish bo‘lishi mumkin. Demak, multipleksorga 4-ta datchik - ma’lumot manbai ulanishi mumkin. Sxemada bitta chiqish bo‘lganligi sababli, multipleksorga ulangan qabul qilgichda ma’lumotlar faqat ketma-ket qayta ishlanadi. Ma’lumotlarni qayta ishlash ketma-ketligi, multipleksorning boshqaruv kirishlariga berilayotgan signallar bilan belgilanadi. Multipleksorlar avtomatika, telemehanika va aloqa qurilmalarida keng qo‘llaniladi. Masalan, fazoda tarqalgan bir nechta manbadan kelayotgan ma’lumotlarni bitta telefon kanalidan uzatishda. Bunday amal multipleksiyalash deb ataladi, ya’ni bitta liniyadan bir necha manbadan berilayotgan ma’lumotlar uzatiladi. Shunday qilib, multipleksor bir nechta kirishdan kelayotgan ma’lumotlarni faqat bittasini chiqishga ulab berishni ta’minlashi kerak ekan. Buning uchun multipleksorda ikki guruqga mansub kirishlar mo‘ljallangan: ma’lumotlar uchun va adres uchun (boshqaruvchi). U yoki bu Ai kirish liniyasini tanlash berilayotgan So, Si, ... adres kodi bilan belgilanadi. Boshqaruv kirishlari n - ta bo‘lsa, Si boshqaruv signallarining M=2 n ta kombinatsiyasini amalga oshirish mumkin. Agar multipleksor 2 ta boshqaruv kirishiga ega bo‘lsa, 4 ta liniyadan birini, agar boshqaruv kirishlari 4 ta bo‘lsa, 16 ta kirish liniyasidan biriga ulanishni ta’minlaydi. Birinchi multiplksor «4 dan 1 ga», ikkinchisi esa, «16 dan 1 ga» deb ataladi. «4 dan 1 ga» multipleksorining haqiqiylik jadvalidan foydalangan holda, bunday amalni bajaruvchi multipleksorning MAFni ifodalaymiz. bu yerda qovuslar ichiga S 0 , S 1 adres oʻzgaruvchilarining bir konstituentalari joylashtirilgan. 3-jadval «4 dan 1 ga» multipleksorining haqiqiylik jadvali «4 dan 1 ga» multipleksori mantiqiy sxemasining sxemotexnik yechimi 9-rasmda keltirilgan. 9-rasm. «4 dan 1 ga» multipleksori sxemasi (a) va uning shartli belgilanishi (b). O‘rta integratsiya darajasidagi TTM mikrosxemasi ko‘rinishida ishlab chiqarilayotgan multipleksorda murakkab invertorli chiqishga ega bo’lgan HAM- YOKI-EMAS elementi ishlatiladi. Bu element N ≥ 10 bo’lgan yuqori tarmoqlanish koeffitsiyenti va uncha katta boTmagan yuklamada yuqori tezkorlikni ta’minlaydi. Mikroprotsessor multipleksorlari taktlovchi qurilma qisoblanadi. Ularda tanlangan kanal kombinatsiyasi boshqaruv kirishlarida ma’lum kod kombinatsiyasi mavjud bo’lgan vaqt mobaynida emas, balki takt signali davomiyligiga teng bo’lgan vaqt mobaynida kommutatsiya amalga oshiriladi. 10-rasm. «8 dan 1 ga» multipleksorining shartli belgisi (M=8, n=3). Multipleksor (155 seriya mikrosxemasi) shartli belgisi 11-rasmda keltirilgan. U sakkizta A Download 29.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling