Multiservis tarmoqlarning ishonchliligi va yashovchanligini


Multiservisli tarmoqlar ishonchliligini oshirish


Download 473.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.03.2023
Hajmi473.81 Kb.
#1279854
1   2   3   4
Multiservisli tarmoqlar ishonchliligini oshirish: 
Berilgan punktlar orasida aloqa ishonchliligini oshirishga quyidagi choralar qabul 
qilish orqali erishiladi: 
- apparatura yoki yuqori ishonchli liniyalar (masalan, havo liniyalaridan kabelliga o‗tish) 
tanlash, bu tarmoqning ayrim tugunlarini (uchastkalar) ishonchlililigini oshirishga imkon 
beradi; 
- tarmoqning ayrim uchastkalarida kanallar, traktlar va liniyalar bo‗yicha rezervni qo‗llash,
bu qovurg‗alar mustaxkamligini oshirishga olib keladi; 
- rezerv aylanma yo‗llarni (issiq rezervi rejimida) qo‗llash, bu aloqada ishlatilishi mumkin 
bo‗lgan mustaqil yo‗llar sonini ko‗payishiga olib keladi; 
- mavjud yo‗llar orasida ―ulagich‖ deb nomlangan ko‗ndalang ulanishni tashkil qilish, bu 
qaram yo‗llar sonini ko‗payishiga olib keladi;
- nazorat qilish va tiklash xizmatlarini tashkil qilish, shu jumladan qisman hajmda aloqani 
vaqtincha tiklash imkonini beruvchi, shikastlangan uchastkalarni aylanib o‗tish, 
krossirovkani almashtirish (marshrutni o‗zgartirish) va boshqa choralarni tashkil qilish uchun 
xarakatchan yoki sun‘iy yo‗ldlosh aloqasini ishlatish, bu tiklash vaqtini kamaytiradi, 
binobarin qovurg‗alar ishonchliligi ko‗payadi; 
- kanallar va traktlarni amaliy qayta ulash, xabarlar oqimini qayta taqsimlash va 
chegaralashni ta‘minlovchi xar xil darajalarning muvofiq tizimlarini tashkil qilish; [3] 
NGN (keyingi avlod tarmoqlari) ko‗p servisli aloqa tarmoqlari bo‗lib, ularning yadrosi 
ovozli, ma‘lumotlar va multimedia xizmatlarining to‗liq yoki qisman integratsiyasini qo‗llab-
quvvatlaydigan asosiy IP-tarmoqlardir. [4] 


1.2-rasm.NGN tarmoq tuzilishi. [5] 
NGNlarning ishonchliligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan yana bir muhim omil 
– chaqiriqlarni xizmat ko‗rsatish jarayonlarini boshqarishni markazlashtirilishidir. 
Strukturaning xal qiluvchi asosiy elementi shlyuzlar kontrolleri yoki chaqiriqlar serveri 
bo‗ladi. 
Bunda, shunday bitta kontroller yoki server bir nechta shlyuzlarni boshqaradi, 
shuning uchun uning raddiyasi katta hududdagi tarmoqni ishlashini to‗xtashiga olib kelishi 
mumkin. O‗xshash vaziyat nafaqat tarmoq ishonchliligiga, shuningdek tarmoq 
yashovchanligia ham salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ushbu holat va u bilan bog‗liq xatarlar aloqa 
operatorlari tomonidan e‘tiborga olinmoqda. 

Download 473.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling