Multisim dasturida turli qiyinchilikdagi sxemalarni yig’ish va modellashtirish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1449316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Multisim dasturida turli qiyinchilikdagi sxemalarni yig’ish va m



Multisim dasturida turli qiyinchilikdagi sxemalarni yig’ish va 
modellashtirish 
Multisim 
komponentlar 
ibazasiga 
passiv 
elementlar, 
tranzistorlar, 
boshqariladigan energiya manbalari, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar
indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, raqamli va analogli elementlar, 
maxsus kombinatsion sxemalar mavjud.
Faol elementlar modellari ideal va real holatlarda berilgan. O’lchashlarni olib 
borish uchun ampermetr, voltmetr, osillograf, multimetr, Bode-plotter (sxemalarni 
chastota xarakteristikalarini grafik tasvirlagich), funktsional generator, mantiqiy 
analizator, mantiqiy o’zgartirgich kabi asboblar mavjud. 
Multisim sxema tahlili o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda amalga oshirilishi 
mumkin.
Multisim dasturi turli murakkabliklardagi sxemalarni quyidagi harakatlar 
yordamida yig’ish imkonini beradi:
1) elementlar bazasidan o’lchov asboblari va elementlarni tanlash; 
2) elementlarni ishchi oynaning istalgan joyiga olib borish
3) elementni yoki elementlar guruhini muntazam 90 gradusga burish; 
4) elementlar va elementlar to’plami yoki sxemani ko’chirib olish, o`rnatish 
va o’chirish; 
5) o’tkazgichlar rangini o’zgartirish; 
6) bir vaqtning o’zida bir qancha o’lchov asboblarini ulash; 
7) elementlar parametrlarini keng diapazonda o’zgartirish ; 
Barcha amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi.
Multisim dasturi oynasi ikki qismga ajratilgan: bular komponentlar paneli va 
komponentlar maydoni.


1.15-rasm. Multisim dasturi ko’rinishi. 
Multisim dasturida sxema yig’ishni 2 bosqichda olib borish mumkin: 
1-bosqich. Asboblar panelidan elementlarni ishchi sohaga o’tkazish va ularni
joylashtirish. Buning uchun element tasvirining ustida sichqonchaning chap tugmasi 
bosiladi va zarur element ishchi sohaga surib o’tkaziladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling