Munavvar Qori Abdurashidxon- o’zbek jadidchilik yo’lboshchilaridan biri Bajardi: madirimova zuhra


Download 246.79 Kb.
bet2/6
Sana04.02.2023
Hajmi246.79 Kb.
#1157432
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu.

Munavvar Qori ijodi

  • «Sho‘roi Islom» tashkilotining (1917 - 18) ideologi va rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 1929 yilda nohaq millatchiliqda ayblanib qamoqqa olindi va 1931 yilda otib tashlandi. Uning hoki Moskvadagi Vagankovo qabristonidadir. Munavvarqori 1903 yildan jadid maktablari ochib, dars bergan. Shunday maktablar uchun tovush usulida yozgan «Adibi avval» («Birinchi adib», 1907) alifbe kitobi, «Adibi soniy» («Ikkinchi adib», 1907. Unda «Himmatli faqir» she’ri keltirilgan) o‘qish kitoblari bir necha bor nashr qilingan. 1908 yil uning «Sabzazor» (to‘plam), «Yer yuzi» (geografiyadan), «Tajvidal Qur’on» (Quronni o‘qish usulini o‘rgatgan) kitoblari ham bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo‘llangan. 1906-1917 yillarda jadid gazetalarida muharrirlik qilgan, «Xurshid», «Najot», «Kengash» kabi gazeta va bir qancha jurnallarga asos solgan, jadidlar teatri targ‘ibotchisi bo‘lgan. Munavvarqori millatimizning ma’rifiy kelgusi va mustaqillik yo‘lini munavvar qilib ketgan zotdir. «Chor hukumatini yo‘qotish jadidlarning tilagida bor edi» deb yozgan edi 20-yildagi maqolalaridan birida u.

Munavvar Qorining ta`lim tarbiyaga oid qarashlari.

  • Munavvar Qori dunyoqarashining shakllanishida yuqorida tilga olingan voqea-hodisalardan tashqari, Turkiya va Misrdan kelgan mushavviqlar (tashviqotchilar)ning, turk, ozarbayjon, fors va rus tillaridagi adabiyotning rolini inkor qilib bo’lmaydi. Arxiv hujjatlari Turkiya bi-lan Turkiston va Buxoro ziyolilari o’rtasida mustahkam aloqa bo’lganini ko’rsatadi. Bundan tashqari, Orenburg, Qozon, Peterburgda nashr etilgan matbuot va adabiyot Ziyo Ko’kalp, Tavfiq Fikrat, Ziyo Posho kabi turk namoyandalaridan tashqari, islom va islom mamlakatlari istiqloli uchun qayg`urgan Muhammad Abdo, uning ustozi Jamoliddin Afg`oniy kabi kishilarning asarlari faqat Munavvar Qorigagina emas, balki ko’pgina musulmon mamlakatlaridagi yoshlarning ongi va dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. J. Afg`oniyning Samarqand, Shahrisabz musulmonlarini Rusiya mustamlakasidan qutqarish to’g`risida 1875 yili turk sultoniga yozgan maktubidan keyin Buxoro va Turkistonga tashviqotchilar oqimi tinimsiz kelgan va ularning har biri oxranka tomonidan maxsus ro’yxatga olingan. Bulardan tashqari, o’sha davrda badiiy va ilmiy adabiyotchilar ichida Shekspir, Shiller, Volter, Didro kabi g`arb adib va mutafakkirlarning asarlari ham Turkistonga turli yo’llar bilan kirib kelganini ham unutmaslik lozim.

Download 246.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling