Munavvar Qori Abdurashidxon- o’zbek jadidchilik yo’lboshchilaridan biri Bajardi: madirimova zuhra


Download 246.79 Kb.
bet3/6
Sana04.02.2023
Hajmi246.79 Kb.
#1157432
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu.

Jadid maktablari faoliyati

  • O’lkada yuz berayotgan voqealar tufayli, xalqning ruhi tushib ketganini, ziyolilarning esa ma’naviy tanazzul tomon yuz o’girganini ko’rgan Munavvar Qori bu holatlarning ijtimoiy ildizini tekshirishga urinadi. Ushbu urinish uning maktab va madrasa faoliyatini tamoman isloh qilish fikriga olib keladi. U madrasalarda asosiy darslarni arab tilida emas, balki ona tilida olib borish, diniy sabokdar bilan birga ijtimoiy fanlarni o’qitish masalasini ko’ndalang qo’ydi. Usuli jadid maktablari faoliyatini teran o’rganib, yangi usuldagi maktablarni tashkil etish masalasini kun tartibiga chiqardi. Sababi, ongda, fikrlashda, maorifda o’zgarish qilmay turib siyosatda o’zgarish qilib bo’lmasdi. Vijdonni uyg`otmay turib, g`aflatdan qutulib bo’lmasdi. Dushmanni engish, o’zini har jihatdan himoya qilishning eng asosiy quroli ma’rifatli odamlardan tashkil topgan yangi jamkyatni tashkil qilish edi. Bunga esa maktab va madrasa tizimida inqilob yasamay turib erishish mumkin emasdi.

Munavvar Qori usuli jadid maktablarining tashkil etilishi haqida

  • Shuni yaxshi tushunib etgan Munavvar Qori 1901 yilda Toshkent shahrida ilk usuli savtiya maktabini ochadi. Zikr etilayotgan davrda Turkistonda, xususan, Toshkentda mak-tab ishiga tatarlar bilan birga qrimlik muallimlar ham o’z hissalarini qo’shganlar. «Turkestanskie vedomosti» gazetasining muxbiri G. Andreev bilan qilgan suhbatida Munavvar Qori usuli jadid maktablarining tashkil etilishi haqida to’xtalib, bunday deydi: «Shaxsan mening o’zim og`ir hayot yo’lini bosib o’tdim. Biron narsani o’rganish uchun avval Toshkent, so’ng uzoq muddat Buxoro madrasalarida tahsil olishimga to’g`ri keldi. Har holda, madrasalarda fanlarni uzoq yillar mobaynida o’qishimga qaramay, men hayot uchun zarur bo’lgan ko’p narsani ola olmadim.

Dastlabki dastur va darsliklar

  • Ana o’shanda madrasalarda yillar mobaynida o’qitiladiganlarni bilimga tez, oson va engil olib boradigan yaxshi yo’lni topish haqidagi fikrga keldim. Men yangi qo’llanmali, fundamental zamonaviy pedagogika asosida kichik maktab-madrasalarni tashkil etishni xohlardim. Bunday musulmon maktablarning tipi — ikki sinfli usuli jadid maktablari Rossiyaning Orenburg va Qozon shaharlarida mavjud.
  • Bundan sakkiz yil avval men ochgan maktabda hozirgacha ishlab kelayotgan o’qituvchilar bilan birga men Turkistonda yangi musulmon maktablarini qura boshladim. Dastlab dastur va darsliklarni tuzishga to’g`ri keldi».
  • Munavvar Qori dastlab Qrim va Tataristondagi o’qituvchilar tuzgan dastur va adabiyotlardan foydalanadi. Ammo bu «... tildagi adabiyotlarning o’quvchilar u yoqda tursin, hatto muallimlarning o’zi til jihatidan tushunishi qiyin bo’lgani uchun bu usulni tark etib, eski usullarni foyda-lik topib, anga ruju’ etdilar. Bunga sabab na o’ldi? Jumla makotibi islomiyag`a yarag`on usuli bilan savtiya Turkis-ton maktablarina yaramadimi?

Download 246.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling