Munavvar Qori Abdurashidxon- o’zbek jadidchilik yo’lboshchilaridan biri Bajardi: madirimova zuhra


Yangi tartib bilan o’qituvchi-muallimlar prog`romlari


Download 246.79 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi246.79 Kb.
#1157432
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu.

Yangi tartib bilan o’qituvchi-muallimlar prog`romlari

  • 1893 yildan Turkistonning Qo’qon, Samarqand kabi shaharlarida tatar muallimlari, ularning shogirdlari tomonidan ochilgan usuli jadid maktablar rivojlanmaganiga, yuqoridagi kamchiliklardan tashqari, chor hukumatining yo’l bermasligi sabab edi. Yozuvchi Mo’minjon Muhammadjonov «Turmush urinishlari» kitobida quyidagi faktni keltiradi: «Olma otada (Verniy) o’rus muallimlarining katta yig`ini bo’ldi, shul yig`inda «Tatarlar, qozoklar bilan sart bolalari o’qitulmasun!» O’qumishli tatarlarga bilim tarqatib, ko’zlarini va fikrlarini ochadirlar. So’ngra bizga emak uchun Turkistonda non qolmaydir. 2-yangi tartib bilan o’qituvchi-muallimlar, prog`romlari, o’qitadurgon kitoblari kimlarning asarlari ekanligini inspektorlarga yozib ko’rsatmaguncha bola yig`ib o’qita olmaydurlar», deb qaror berdilar.

Rus-tuzem maktabining o’qituvchilaridan S. Gramenistkiyning rus va o’zbek tillarida «Ilmning manfaati» kitobi darsligi

  • Munavvar Qori bunday ko’rsatmalarga e’tibor bermay, usuli jadid maktablari uchun suv va havodek zarur bo’lgan darslik va dastur ishlashga kirishdi. 1907 yilga kelib «Adibi avval» darsligini yaratdi. O’zbek tilining deyarli ilk alifbolaridan bo’lgan bu kitob Saidrasul Aziziyning darsligi bilan oldinma-keyin bosilib chiqdi. U tez orada Turkistondagi barcha maktab o’qituvchilari tomonidan yaxshi kutib olindi va amaliyotga tatbiq qilindi. Arxiv hujjatlariga qaraganda Munavvar Qorining bu kitobi S. Aziziyning «Ustodi avval» kitobi bilan barobar rus-tuzem maktablarida ham o’qitilgan. Shu yillarda rus-tuzem maktabining o’qituvchilaridan S. Gramenistkiyning rus va o’zbek tillarida «Ilmning manfaati» («O polze nauki»), P. A. Bitnikovning «Salim-ul-avval» (alifbo) kitoblari ham nashr etiladi. Biroq Munavvar Qorining «Adibi avval» kitobi Mahmudxo’ja Behbudiyning tojik bolalari uchun mo’ljallangan (1906) «Alifboi maktabi islomiya» va «Salim-ul-avval» kitoblaridan har jihatdan farq qilar edi. Shu bois uning darsligidan rus-tuzem maktablarida foydalanish uchun ruxsat beriladi, P. Bitnikovning asari esa Ostroumov, Nalivkin va boshqalar tomonidan yaroqsiz deb topiladi. Bu ma’lum ma’noda Munavvar Qoriga qanot beradi. U 1907 yilning oxirida ikkinchi darsligi — «Adibus-soniy»ni nashr ettiradi.

Download 246.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling